Ызбекистон республикаси


Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar


Download 149.5 Kb.
bet7/11
Sana08.01.2022
Hajmi149.5 Kb.
#247815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Lokal va global tarmoqlar

4. Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar.

Lokal tarmoqning fayl-serveriga qo‘yiladigan talablar. Novell Net Ware LHT ning asosiy bo‘g‘ini faylli server hisoblanadi. Unda tarmoq operasion tizimi, ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchilarning amaliy dasturlari joylashtiriladi. Shuning uchun fayl-server tarmoqdagi eng kuchli kompyuter bo‘lishi kerak, chunki butun tarmoqning unumdorligi va funksional imkoniyatlari unga bog‘liqdir.


Fayl- server sifatida tezkor xotirasining sig‘imi 16-32 Mbaytdan kam bo‘lmagan kompyuter bo‘lishi kerak. Fayl-server vinchesterining sig‘imi 1200-3000 Mbaytni tashkil etishi lozim.

Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq belgilagani uchun qattiq diskdagi ma’lumotlarni adashtirish va yo‘qotishdan himoya qilish uchun maxsus choralarni ko‘rish kerak.



Lokal tarmoq ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar. Ishchi stansiya vazifasini bajaruvchi kompyuter foydalanuvchiga uning hamma amaliy masalalarini yechish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Ishchi stansiyalarga talab fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini 8-16 Mbayt sig‘imli tezkor xotira va 650 Mbayt sig‘imli vinchester to‘la qondiradi.

Agar ishchi stansiya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda unga, aslini olganda, vinchester ham, egiluvchan disklar ham kerak emas. Ishchi stansiyalarni disklarsiz ishlatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday stansiyalardagi operasion tizim ishchi tizim stansiyadagi tarmoqli plataga o‘rnatilgan doimiy eslab qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi asosida masofadan turib yuklanadi. Shu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stansiyalar asosida qurilgan LHT da fayl-serverga yuklama keskin oshib ketadi va stansiyada avtonom rejimda ishlash imkoniyati inkor qilinadi.

Nazorat uchun savollar:

1. Fayl-serverning vazifasi haqida gapirib bering.

2. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning tezkor xotirasiga bo‘lgan talabni ayting.

3. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning vinchestriga bo‘lgan talabni ayting.

4. Ishchi stansiya vazifasi haqida gapirib bering.

5. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning tezkor xotirasiga bo‘lgan talabni ayting.

6. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning vinchestriga qo‘yiladigan talabni ayting




Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling