Kirish
Jamiyatimizning iqtisodiy hayoti tezkor o‘zgarayotgan bugungi kunda
yangicha fikrlash yuzaga kelmoqda. Har birimiz bozor iqtisodiyoti qonunlarini
nazariy va amaliy jihatlarini egallashimiz darkor. Xalqaro tajribalar shuni
ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy bilimlarning muhim tarkibiy qismi – bu menejment
asoslaridir. Menejment-zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil qilish,
tartibga solish, shuningdek zamonaviy ishlab chiqarishga rahbarlik qilish demakdir.
“Menejment” fani asosiy umumkasbiy fanlar majmuasiga taalluqli bo‘lib,
talabalarga uni IV semestrida o‘qitiladi. Bu dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida
rejalashtirilgan umummetodologik (Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, axborot
tizimlari) fanlari bilan birgalikda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab
etiladi.