Ызбекистон Республикаси
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Xulosa 6. Adabiyotlar ro‟yxati
- Kirish
13 Mundarija Kirish 1. Server tomondan dasturlash Asosiy qism 2. PHP ga kirish 2.1. PHP ning asosiy imkoniyatlari 2.2. Dasturiy vositani sozlash va o‘rnatish 3. Ma‘lumotlarni tasvirlash usullari 3.1 PHP NING ASOSIY TUZILISHI 3.2. MA‘LUMOTLAR TIPLARI 4. PHP da satr va massivlar bilan ishlash 4.1 Hozirgi kunda web sayt yaratishda WordPressning o‘rni 4.2 Hozirgi kunda web sayt yaratishda WordPressning o‘rni 5. Xulosa 6. Adabiyotlar ro‟yxati 14 Kirish Hozirgi kunda internet keng ommalashgani sababli, zamon taraqqiyotini veb- texnologiyasiz tassavvur etish mumkin emas. Veb texnologiyalariga talab oshgan sari Web-dasturlash tillarini bilish har bir dasturchi uchun muhim vazifa sanalmoqda. Shularni inobatga olgan holda zamonaviy veb-dasturlash tillaridan biri hisoblangan, sodda, o‘rganishga qulay, barcha ma‘lumotlar bazasi bilan ishlay oladigan PHP haqida batavsilroq to‘xtalishga niyat qildik. Kelgusida bu til o‘zbek tilida yoritilib boriladi hamda mutaxassis va o‘rganuvchilar uchun forum tashkil qilinadi. PHP tarixi. Ko‘pgina boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, PHP qandaydir tashkilot yoki kuchli dasturchi tomonidan yaratilgan emas. Uni oddiy foydalanuvchi Rasmus Lerdorf 1994 yili o‘zining bosh sahifasini interaktiv uslubda ko‘rsatish uchun yaratgan. Unga Personal Home Page (PHP – shaxsiy bosh sahifa) deb nom bergan. 1995 yili Rasmus PHPni o‘zining HTML formalari bilan ishlaydigan boshqa dastur bilan umumlashtirib PHP/FI Version 2 (‖Form Interpretator―) hosil qildi. 1997 yilga borib PHP dan foydalanuvchi saytlar 50 mingdan oshdi. SHundan so‘ng veb texnologiya ustalari PHP g‘oyasi asosida mukammal til yaratishga Ziva Suraski va Endi Gutmans asoschiligida kirishildi. PHPni samarali deb hisoblanmagani uchun deyarli noldan boshlab, mavjud S va Perl tillaridan ibrat olib PHP3 talqinini yaratildi. 1999 yilga kelib PHP asosida qurilgan saytlar milliondan oshib ketdi. 2000 yilda esa Zend Technologies shirkati yangi ko‘pgina funksiyalarni qo‘shgan holda PHP4 sharhlovchisini yaratdi. PHP – veb texnoogiya tili. PHPni o‘rganish uchun avval HTML va dasturlash tilidan habardor bo‘lish talab qilinadi. HTML/CSS va JavaScript larni mukammal bilguvchilar uchun PHPni o‘rganish murakkablik tug‘dirmaydi. PHPning vazifasi HTML faylini yaratib berish. JavaScript yordamida bajariladigan ko‘pgina operasiyalarni PHP orqali ham amalga oshirish mumkin, ammo e‘tibor qilish lozimki, PHP – serverda; JavaScript – kliyent tomonda bajariladi. PHPda yozilgan kod serverning o‘zida bajarilib, kliyentga HTML shaklida yetib boradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling