Izboskan tumani xtb bo’limiga qarashli


Quva tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli


Download 116.5 Kb.
bet3/11
Sana14.01.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1093232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12- Maktab yigilish bayonnomasi (1)

Quva tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli
12-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil oktabr oyida
Uslubiy birlashma yig’ilish
Bayoni № 3
Yig’ilish oktabr oyining ___ sanasida bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda jami ___nafar o’qituvchidan nafari__qatnashdi.
Kun tartibidagi masalalar .
1.Maktabda tashkil etilgan fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish buyicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yicha xisobotlari
2. Fanlardan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan kundalik dars ishlanmalarining “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida ishlab chiqilganligi, dars ishlanmalarida o‘tiladigan mavzuning keng yoritib berilganligi va dars jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning mavzuga mosligi to‘g‘risida
3. 9-11-sinflar o’rtasidagi fan oilmpiadasi birinchi bosqichi maktab bosqichini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish. O’tgan o’quv yilida o’tkazilgan fan olimpiadasi qatnashchilarining olgan o’rinlari tahlili va bu yilgi qo’yilgan vazifalar.
1-masala yuzasidan MMIBDO’ A.Rayimjonov so’z olib maktabda tashkil etilgan fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish buyicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yicha xisoboti tinglandi. Shundan so’ng fan to’garaklari faoliyatini taxlil qilib barcha fan o’qituvchilarini o’quvchilar bilan induvidial ishlash fan to’garaklari bilan o’quvchining bilim salohiyati va fikrlash doirasini rivojlantirish mimkunligiga to’xtaldi. Metod birlashma a’zolari faoliyat yuritayotgan “Yosh tabiatshunos”, “Yosh kimyogar” va boshqa to’garaklarga o’quvchilarni jalb etilishi va qamrab olish haqida tushunchalar berildi. Fan to’garaklarining to’g’ri tashkilllanishi natijasida bu yil oliy o’quv yurtiga maktab o’quvchilarining 65 % yo’l olgani alohida tahsinga loyiq keyingi o’quv yilida bu ko’rsatkichni 70-80% ga yetkazish kabi ustuvor vazifani har bir fan o’qituvchisi tushinib yetishi lozim.
Qaror

  1. Maktabda tashkil etilgan fan tugaraklar faoliyatini yaxshi deb baholash va joriy yildagi barcha fan to’garaklari o’z vaqtida va qat’iy tartibda o’tkazilish belgilansin.

2-masala yuzasidan O’IBDO’ A.Yunusov Fanlardan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan kundalik dars mashg’ulotlarini tashkillanishi “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida ishlab chiqilganligi, dars mashg’ulotlarida o‘tiladigan mavzularning keng yoritib berilganligi va dars jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning mavzuga mos bo’lishligi to‘g‘risida gapirar ekan dars muqaddas tavsiyas asosida tashkilllangan dars mashg’ulotlari namunlai tashkillanishi va bundan eng avvalo sifat-samaradorlik yuqori bo’lishi hususida gapirib o’tdi.


Qaror
2. Maktabda dars mashg’ulotlarini Dars Muqaddas tavsiyasi asosida o’tkazish va tashkillanishini nazoratga olish metod birlashma rahbari O.Usmonova zimmasiga yuklatilsin.

3-masala yuzasidan metod birlashma rahbari so’z olib 9-11-sinflar o’rtasidagi fan oilmpiadasi birinchi bosqichi maktab bosqichini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish. O’tgan o’quv yilida o’tkazilgan fan olimpiadasi qatnashchilarining olgan o’rinlari tahlili va bu yilgi qo’yilgan vazifalar haqida fikr yuritdi jumladan o’tgan o’quv yilida maktab o’quvchilar fan olipiadasida maktab o’quvchilari umumiy tuman miqiyosida 7-o’rinda ekanligi maktab o’quvchilarining ikki nafari fan olipiadasining tuman bosqichida muvaffaqqiyatli ishtirok etib viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgani yaxshi natija lekin reyting bo’yicha kuchli 5 talikka kirish uchun yetarli bo’lmayotgani haqida gapirib o’tdi. Pandemiya sharoiti munosabati bilan viloyat bosqichiga yo’l olgan ikki nafar o’quvchi ishtiroki fan olipiadasi tuman bosqichida yakunlandi. Bu yil ham oldimizda katta ishlar katta natijalarga erishish uchun eng avvalo fan olimpiadasi maktab bosqichini odilona, haqqoniy, olimpiada nizomlariga qat’iy amal qilgan holda o’tkazish har bir fandan eng iqtidorlilarini tanlab olish eng katta dolzarb mavzu hisoblanadi shu sababli fan olipiadasini maktab bosqichini mutloq oshkoralik va belgilangan tartib qoidalar asosida tashkillansin.


Ko’rilgan masalalar yuzasidan yig’ilish qaror qiladi.
Qaror
3.Fan olimpiadasini maktab bosqichida g’oliblarni keying bosqichga tayyorlashda qo’shimcha mashg’ulot va to’garaklar tartibi belgilansin.
Metod birlashma raisi: O.Usmonova
Kotiba: SH.Zaynobiddinov



Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling