Izlanish, tekshirish, I t. natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravishda ilmiy idrok qilish natijasida erishiladi. K


Download 133.72 Kb.
bet1/15
Sana05.01.2022
Hajmi133.72 Kb.
#205785
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ilmiy kashfiyotlar2


Kashfiyot — izlanish, tekshirish, i. t. natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravishda ilmiy idrok qilish natijasida erishiladi. K. tufayli moddiy dunyoning ilgari insoniyatga maʼlum boʻlmagan obʼyektiv qonuniyatlari, xossalari va hodisalari maʼlum boʻladi. K. insoniyatning bilish jarayoni darajasini tubdan oʻzgartiradi. K. fan-texnika inqilobining asosini tashkil etadi, fan va texnika taraqqiyotiga tubdan yangi yoʻnalishlarni baxsh etadi. Inson bosib oʻtgan tarixiy jarayonda juda koʻp K.lar qilindi. K. bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. K. natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin. Mac, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta yangilik boʻlsa ham u ixtiro hisoblanadi, I. Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olamshumul K.dir. Hatto ichki yonuv dvigatelining yaratilishi ham ixtiro, lekin N.Kopernikning Yerning oʻz oʻqi atrofida va sayyoralar (shu jumladan, Yer)ning Quyosh atrofida aylanishi toʻgʻrisidagi gʻoyasi — olamshumul K. Avtomobil va samolyotning yaratilishini ham ilmga, tabiat krnuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Lekin Galileo Galileyning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish sxemasini yaratishi K. hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sto, Ulugʻbek yaratgan qonuniyatlar ham K.lar jumlasiga kiritiladi.

Har qanday ixtiro ham K. boʻla olmaydi, lekin ixtiro K.ga suyangan holda qilinadi. Atom va vodorod bombalarining kashf qilinishini K. jumlasiga kiritish mumkin, biroq, raketalarni yasash ixtiro hisoblanadi (yana q. Ixtirochilik).

K. ham, ixtiro ham qonunchilikda muhofazalanadi. Ilmiy K.lar va ixtirolarni roʻyxatga olish, mualliflik huquqini qonunlarda mustahkamlab qoʻyish davlat tizimi mavjud. Oʻzbekistonda K. va ixtirolarni muhofazalash ishlari bilan OʻzR Davlat patent idorasi shugʻullanadi (qarang Ixtirochilik huquqi]]).[1]

Ilm-fan bir joyda turib qolmaydi, u tinmay rivojlanadi. So‘nggi besh yilda tadqiqotchi olimlar ilm-fanda ko‘plab yangiliklar yaratdi. Mazkur kashfiyotlarning ayrimlari e’tiboringizga havola etamiz.




Download 133.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling