Novatsiya – (yangilikning sinonimi) – oldin hech qachon bo‘lmagan yangilikdir. Bu kashfiyot,ixtiro bo‘lib, u ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning yangi uslubidir. Novator – yangilik ochuvchi yoki qaysidir sohaga yangilik kirituvchi odamdir. Bu poydevorsiz innovatsiya jarayonini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu jarayon o‘zining tarixiy genezisi, rivojlanish fazasi, ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik asoslariga egadir. Yangilik, kashfiyot, ixtiro, patent, yangi tovar belgisi, ratsionallik fakliflar, yangi texnologiya, ishlab chiqarishni boshqaruv, tashkiliy strukturalar innovatsiyaning belgilovchi omillaridir.
“Innovatsiya” tushunchasi dastlab yangi tovar turlarini ishlab chiqish, tadbiq etish va foydalanishda o‘zgarish qilish, umuman ishlab chiqarish texnologiyasida yangiliklar kiritish, bozor munosabatlarini takomillashtirish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. Innovatsiya keng ma’noda yangi texnologiya va mahsulot turi, tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni ishlab chiqish, moliyaviy, tijorat xarakterlarini yangilash, ulardan ko‘proq foyda beradigan darajada foydalanishni nazarda tutadi.
Innovatsiya har qanday inson faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Fanda innovatsiya turli shakllarda namoyon bo‘ladi. U empirik tarzda vujudga kelgan yangiliklarni ob’ekt sifatida tanlab, keyinchalik ularga ratsional talqin berib, nazariy bilimning shakliga aylantiradi. Qadimdan boshlab hozirgacha bilim jamiyatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |