1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi


Download 232.47 Kb.
bet1/22
Sana27.10.2023
Hajmi232.47 Kb.
#1728221
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Reja


Reja: 


1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi 
2. Tadqiqotning texnologik fazasi 
3. Tadqiqotning refleksiv fazasi 
 
1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi 
Ilmiy faoliyat sikli sifatida ilmiy-tadqiqot loyihasi uchta asosiy fazani o‘z
ichiga oladi: loyihalash, texnologik va refleksiv. Shunga ko‘ra, tadqiqot jarayonini
ushbu mantiqiy tuzilmada ko‘rib chiqamiz: tadqiqotni loyihalash; tadqiqotni
o‘tkazish, shu jumladan uning natijalarini loyihalash; baholash va o‘z-o‘zini
baholash, refleksiya.
Tabiiyki, tadqiqot jarayonining fazalar, pallalar va bosqichlarga bo'linishi
biroz shartli xarakterga ega. 1- jadvalga qarang (tadqiqotning muvaqqat tuzilmasi).

1-jadval.


2
Tadqiqotni o'tkazish jarayonida doimo olingan oraliq natijalarni boshlang'ich


pozitsiyalar bilan, tadqiqot loyihasi bilan taqqoslash va shunga muvofiq
tadqiqotning maqsadi va yo'nalishini ham aniqlashtirish, o'zgartirish zarurati yuzaga
kelib turadi. Ya'ni, baholash va refleksiya tadqiqotchining barcha faoliyatida doimiy
ravishda mavjuddir. Va agar biz ularni ko'rsatilgan mantiqiy zanjirning oxiriga
qo'ysak, bitta ilmiy ish tugagandan so'ng, tadqiqotchi, qoida tariqasida, navbatdagi
yangi izlanish siklini, ammo sifat jihatidan yangi bosqichda boshlaydi. Har bir
navbatdagi tadqiqot ilmiy xodimning tajribasini ortirib boradi.
Birinchi faza - tadqiqotni loyihalash - g‘oyadan tortib, tadqiqotning yakuniy
vazifalarini aniqlash va uni rejalashtirishgacha - ko'p jihatdan barcha tadqiqotlar
uchun umumiy sxema bo'yicha amalga oshiriladi: g‘oya - qarama-qarshiliklarni
aniqlash - muammoni belgilash - tadqiqotning ob'ekti va predmetini aniqlash - uning
maqsadini shakllantirish - ilmiy gipotezani yaratish - tadqiqot vazifalarini aniqlash -
tadqiqotni rejalashtirish (zaruriy ishlarning muvaqqat jadvalini tuzish). Bu
bosqichning mantiqiy tuzilishi umumiy qabul qilingan. U bilimning barcha
sohalarida ko'p asrlik tadqiqotlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan va, shubhasiz,
optimal hisoblanadi. Garchi, albatta, har bir aniq holatda, mavzuning o'ziga xosligi
va tadqiqot yo'nalishi tufayli ma'lum og'ishlar bo'lishi mumkin. Masalan, tarixiy
tadqiqotlarda mantiq boshqacha bo'lishi mumkin.
Ishning ikkinchi, xususan tadqiqot, texnologik faza mantig'ini faqat eng
umumiy shaklda tuzish mumkin - axir, u deyarli butunlay ma'lum bir tadqiqot
mazmuni bilan belgilanadi, ularning har biri o'ziga xosdir.
Ikkinchi fazaning oxirgi pallasining mantig'i alaqancha aniqroq, chunki u
ko'pchilik tadqiqotlar uchun bir xil va ko'p yillik tajriba: natijalarni tasdiqlash,
asarning adabiy rasmiylashtirilishi bilan sinovdan o'tgan. Shuningdek, uchinchi
faza- tadqiqot natijalarini aks ettirish, baholash va o'z -o'zini baholashni qurish
mantig'i alaqancha aniqroq.
Tadqiqotni loyihalash nimani anglatadi? Nimani loyihalash kerak? Javob:
tadqiqotchi olish va qurmoqchi bo'lgan ilmiy bilimlar tizimi loyihalanadi. Haqiqatan
ham, biz kitob boshida aytganimizdek, mahsulli faoliyat sikli sifatida loyihaning
asosiy nuqtalari: tuzilayotgan tizimning qurilgan modeli va uni amalga oshirish
rejasi; tizimni joriy etish; joriy qilingan tizimni baholash va uni keyinchalok yanada
tuzatish yoki yangi loyihani "ishga tushirish" zarurligini aniqlash. Tadqiqotlar bilan
bog'liq holda, bu asosiy nuqtalar quyidagicha: ilmiy muammoni shakllantirish,
anglash modeli sifatida ilmiy faraz (gipoteza)ni tuzish (bu uchta asosiy nuqtaning
dastlabki ikkitasi tadqiqotni loyihalash fazasiga tegishli); keyinchalik, navbatdagi
tadqiqotlar davomida, bu model - gipoteza tekshiriladi va baholanadi. Agar u
tasdiqlansa, u holda gipoteza tadqiqotchi tomonidan yaratilgan yangi ilmiy bilimlar
tizimiga aylanadi. Agar gipoteza tasdiqlanmasa, u rad etiladi, yangi tafakkur modeli
- yangi gipoteza (yoki gipotezalar) yaratilishi kerak.
Tadqiqotning loyihalash fazasi quyidagi pallalarni o'z ichiga oladi: 
kontseptual, gipotezani tuzish, konstruksiyalash, tadqiqotni texnologik tayyorlash 
(pallalar va loyihalash bosqichlarining nomlari asosan tizimli tahlil bo'yicha 
nashrlardan olingan). 

Download 232.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling