3D printerida yurak
Joriy yilda 3D printerlari yana bir bor odamlarni lol qoldirdi. Ya’ni, mutaxassislar ular yordamida inson yuragini yaratishning uddasidan chiqishdi.
Buning uchun tadqiqotchi olimlar inson tanasidan yog‘ xujayralarini oldi va ulardan ildizli xujayra yaratdi. So‘ng hosil bo‘lgan ildizli xujayra bog‘lovchi modda bilan aralashtirildi. Mazkur aralashmadan oddiy printerga quyiladigan, bo‘yoqqa o‘xshash printer xomashyo vujudga keldi.
Yurakning birinchi namunasini bosib chiqarishga 3,5 soat vaqt sarflandi. Barcha qon tomirlari bilan to‘liq faoliyat ko‘rsatadigan haqiqiy odam yuragini yaratish uchun ko‘proq xujayra va “bo‘yoq” kerak bo‘ladi. 3D printeridan chiqarilgan yurak birinchi sinov namunasi bo‘lsa-da, yaqin kelajakda mazkur texnologiya ko‘plab tibbiy muassasalarda keng qo‘llanilishi taxmin qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |