Inson a’zolarini sun’iy yetishtirish
Inson a’zosini transplantatsiya (ko‘chirish) qilish muammosi hozirgi kungacha qiyin kechmoqda. Ko‘plab insonlar xasta a’zolarini boshqasiga almashtirish uchun donor topolmasdan halok bo‘lishmoqda. Biroq Garvard universiteti olimlari muammoning yechimini topganga o‘xshaydi. Ular inson a’zolarini sun’iy yetishtirish usulini o‘rganishdi.
Hozircha faqat jonivorlardan (masalan, cho‘chqa) zarur xujayralarni ajratib olib, uni ustirishmoqda. Shuningdek, ular jonivor a’zosini, faqat teri qismi qolguncha yuvish jarayonidan o‘tkazib, unga inson xujayrasining ildizini ekishni o‘rganishdi. Natijada inson xujayrasi jonivor xujayrasi bilan o‘zaro aloqaga kirishib, yangi a’zo hosil qildi. Va, u oxirigacha shakllanib bo‘lganidan so‘ng odamga o‘rnatilishi mumkin bo‘ladi. Ularning (odam va jonivor xujayralari) DNKsi turli bo‘lishiga qaramasdan, yetishtirilgan a’zo inson organizmiga tez moslasha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |