Izohli lug‘at (glossariy) Administrator


Pedagogik axborot texnologiyalari


Download 38.5 Kb.
bet6/7
Sana13.01.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1090005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Glossary

Pedagogik axborot texnologiyalari – kompyuter, tarmoq texnologiyasi va didaktik vositalarni foydalanishga asoslangan texnologiyalar.
Server – axborot-ta’lim resurslarini tarmoqda joylashtirish va uni tarqatish uchun mo‘ljallangan kompyuter qurilmalari majmui.
Sinxron kommunikasiya – real vaqt rejimidagi muloqot (chat, video-audio konferensiyalar) qilish imkoniyatini beradigan muloqot shakli.
Ta’lim maqsadi – tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, faollik va mustaqillikni rivojlantirish, butun dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish.
Tasvir –o‘quvchilar tomonidan ko‘rish orqali qabul qilishga mo‘ljallangan axborot shakli.
Ta’lim jarayonini masofaviy o‘qitish texnologiyasi – zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanib o‘quv jarayonini masofadan turib ta’minlaydigan o‘qitish usuli va vositalari hamda o‘quv jarayonlarini boshqarish majmui.
Ta’limning kompyuter texnologiyasi - kompyuter texnikasi, kommunikasiya vositalari, shuningdek, axborotlarni ifodalash, uzatish va yig‘ish, bilish faoliyatini nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘qituvchining vazifalarini modellashtiruvchi interaktiv dasturiy mahsulotlar asosida pedagogik sharotini yaratishning metod, shakl va vositalari majmui.
Teleanjuman – turli geografik joyllashtirilgan ikki va ko‘proq foydalanuvchilar guruhlarini o‘qitish maqsadida TV-texnologiyalari orqali axborotlar almashinish shakli.
Tyutor - auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning alohida turlarini o‘tkazib, o‘quvchilarning mustaqil ishlashlariga rahbarlik qiladigan, o‘quvchilar tomonidan o‘quv rejasini bajarganliklari hamda o‘quv materialini o‘zlashtirganliklarini nazorat qiluvchi o‘qituvchi – maslahatchi.
Foydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchini tizim yoki tarmoq bilan o‘zaro ta’sirini aniqlaydigan shakl.
Foydalanuvchilarni qayd etish – axborot-ta’lim resurslariga kirish huquqini olish uchun foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni kiritish jarayoni.

Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling