Forum – sayt orqali muloqot qilish shakli. Forumdagi axborotlarning har biri muallifi, mavzui va o‘zining mazmuniga egadir.
Elektron aloqa – kompyuter tarmoqlari orqali foydalanuvchilarga ma’lumotlarni yetkazib berish.
Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi.
Elektron kutubxona – elektron axborot-ta’lim resurslari majmuasi.
Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari asosida foydalanuvchilar o‘rtasida elektron shakldagi matn, tasvir, ovoz, video va boshqa axborotlarni uzatuvchi va qabul qiluvchi vosita.
Chat – axborot almashish real vaqtda olib boriladigan Internetdagi muloqot.
O‘quv materiallarni saqlash texnologiyalari – o‘quv materiallarini axborot tashuvchilarda: chop etilgan mahsulot, audio va videokasetalar, disketalar, disklar, FTR va WWW- serverlarda saqlash vosita va metodlari majmui.
O‘qitishning virtual muhiti - ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari orasida interaktiv aloqani ta’minlaydigan maxsus o‘zaro aloqador va doimiy yangilanib turiladigan o‘qitish vositalarining majmuasini tashkil etuvchi ochiq tizim.
IP (Internet Protocol) manzili – kompyuterning Internet tarmog‘idagi manzili.
Internet Explorer – Internet bilan ishlashni ta’minlaydigan dastur.
ICQ – Internet tarmog‘ida muloqot uchun yaratilgan tizim.
IMAP – ma’lumotlarga kirish Internet bayonnomasi.
HTML – gipermatnli ma’lumotlarni hosil qiluvchi va ular ustida ishlovchi maxsus dasturiy til.
Netscape Navigator – Internet bilan ishlashni ta’minlaydigan maxsus dastur.
POP – aloqa xizmat bayonnomasi.
SMTP – ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi.
TCP – ma’lumotlarni uzatishni boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |