Izohli lug‘at (glossariy) Administrator


Download 38.5 Kb.
bet2/7
Sana13.01.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1090005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Glossary

Virtual haqiqiylik – o‘rganishga mo‘ljallangan murakkab jarayonlarda bo‘ladigan hodisalarni audiovideo tizimi orqali o‘quvchi tassavuridagi mavhum ko‘rinishi.
Gipermurojaat – tagiga chizilgan yoki qandaydir boshqa usulda ajratib ko‘rsatilgan so‘z yoki jumla bo‘lib, gipermatnli tizimning boshqa blok, hujjat, gipermuhit sahifasi, gipermatnini ko‘rsatish imkoniyatini beradi.
Gipermatn – assosiativ bog‘langan bloklar ko‘rinishida taqdim etilgan (boshqa matnli hujjatlarga yo‘l ko‘rsatuvchi) matn.
Gipermatnli tizim – elektron hujjatlar kutubxonasini yaratishni ta’minlaydigan vosita.
Gipermedia – matndan tashqari multimedia imkoniyatlarini ham o‘zida mujassamlashtirgan ma’lumotlarga yo‘l ko‘rsatuvchi hujjatlar.
Gipermuhit – bir-biri bilan assosiativ bog‘langan nisbatan katta bo‘lmagan bloklar ko‘rinishidagi axborotning ixtiyoriy ko‘rinishini taqdim etgan texnologiya.
Global tarmoq – mintaqaviy (qit’alardagi) kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq.
Grafik muharrir – tasvirlarni taxrir qilishni ta’minlaydigan amaliy dastur.
Guruhli kirish – bir qancha mijozlarni bir obyekt bilan o‘zaro ta’sir qilishi.
Didaktik material – foydalanilganda o‘quvchilarning bilim olishini faollashtirish, o‘quv vaqtini iqtisod qilishni ta’minlaydigan o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan qo‘llanmalarning maxsus ko‘rinishi.
Didaktik tamoyillar – natijaviylikni ta’minlaydigan ta’lim jarayoniga qo‘yilgan eng umumiy talablar tizimi.
Didaktik vositalar – o‘quv fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshiruvchi pedagogik vositalar.
Differensiallashgan ta’lim - o‘quvchilarning moyilligi,qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o‘quv faoliyatni tashkil etish shakli.
Dizayn – o‘quv materialni ifodalash (tavsiflash, namoyish) usuli.
Jarayon - qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan amallar yig‘indisi.
Individual (yakkama-yakka tartibda) masofaviy o‘qitish - telekommunikasiya va ta’limni ta’minlash uchun zarur dasturiy vositalariga ega bo‘lgan masofaviy o‘qitish.
Intranet – Internetning ko‘pgina funksional imkoniyatlariga ega bo‘lgan tashkilot yoki ta’lim muassasasining ichki tarmog‘i. Intranet Internetga ulangan bo‘lishi ham mumkin.

Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling