Izzatulloyev Suxrobning "Pul va banklar"


Download 22.92 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi22.92 Kb.
#264562
  1   2   3
Bog'liq
Izzatullayev Suxrob Pul va banklar fanidan yakuniy nazorat


Iqtisodiy xavfsizlik 50-2 guruhi talabasi

Izzatulloyev Suxrobning “Pul va banklar” fanidan

Yakuniy nazorat javoblari.

21-variant

Savollar

1. Kredit muomala vositalari.

2. Sof inkasso boʼyicha hisob-kitoblar.

3. M4 pul agregatining tarkibi.



Javoblar

1. Kredit muomala vositalari.

Tovarlar va xizmatlar bahosi, toʼlovlar, daromadlar hamda xarajatlar, moliyaviy talablaru majburiyatlar, umuman, iqtisodiy munosabatlar pulda ifoda qilinadi. Shu maʼnoda, aytish mumkinki, iqtisodiy rivojlanishda uning ahamiyati katta. Qolaversa, milliy valyuta har bir mustaqil mamlakatning asosiy ramzlaridan biri hamdir.

Biz 1994 yilning 1 iyulidan buyon O‘zbekiston Respublikasi milliy
valyutasi - so‘mdan mamlakatimiz hududida yagona cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida foydalanib kelmoqdamiz. Yaʼni ushbu sanadan boshlab, respublikamizda mustaqil pul-kredit tizimi yaratilib, o‘zimizning mustahkam iqtisodiy muomala vositamizga ega bo‘ldik. Eng muhimi, O‘zbekiston milliy valyutamizning barqarorligi va mustahkamligiga o‘z kuchiga ishongan holda erishdi.

O‘tgan vaqt mobaynida dunyo bozorida kuzatilgan iqtisodiy tebranishlarga qaramasdan, milliy valyutamiz barqarorligini taʼminlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar amalda o‘z samarasini bermoqda. Pulning qadrsizlanishi past koʼrsatkichlarda saqlanib, amalga oshirilayotgan mustaqil pul-kredit siyosati iqtisodiy rivojlanish omili bo‘lib -qolayotir. Bu yurtimizda pul muomalasini tartibga soluvchi tizimlarni takomillashtirish boʼyicha qonuniy baza yaratilganidan dalolatdir. Binobarin, iqtisodiyotdagi o‘sish inflyatsiyaga qarshi moliyaviy barqarorlik va pul muomalasi tizimini mustahkamlash borasidagi tadbirlar natijasi sanaladi.

Kredit va pul. Kredit ko‘p xollarda pul shaklida berilsada, kredit va pul muzmunan bir-biridan farq qiladi. Kredit takidlaganimizdek subʼektlar oʼrtasidagi uziga xos munosabat shaklidir. Bu kategoriyalar oʼrtasidagi xususiyat eng avvalo ishtrokchilarning tarkibi bilan bog‘liq. Bizga maʼlumki pul umumiy ekvivalent sifatida sotuvchi va haridor o‘rtasidagi munosabatlar natijasida yuzaga keldi. Bunda qiymat hamisha harakatda boʼladi, tovar sotuvchidan haridorga o‘tadi, pul esa haridordan sotuvchiga o‘tadi. Kredit munosabatlarida esa kreditor va qarz oluvchi ishtrok etadi. Yoki bunda qiymat karama-karshi harakatda bo‘lmaydi, yaʼni kreditor bergan pulni qarz oluvchi maʼlum muddat o‘tgandan so‘nggina qaytaradi. Kredit va pul o‘rtasidagi muxim farqlardan biri ularning harakat shaklidir. Chunki kredit nafaqat pul shaklida balki boshqa xilma-xil tovarlar shaklida ham amal qilishi mumkin.

Kredit va moliya. Bu iqtisodiy kategoriyalar o‘zaro bir bir-biridan iqtisodiy munosabatlarning subʼektlari bilan farq qiladi. Аgar moliya mablag‘lari to‘lovchilar bilan uni oluvchilar oʼrtasidagi munosabatlarni ifodalasa, kredit esa kreditor bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Bunda tashqari kredit va moliyaqiymat kategoriyalar sifatida uz manbalariga kura ham farq qiladi.Аgar kredit mablagʼlarining manbasi vaqtincha bo‘sh turgan va o‘z navbatida qarzga olingan mablag‘lardan tashkil bo‘lsa, moliya mablag‘lari esa vaqtincha bo‘sh mablag‘lar va ularning ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi masalan: davlat byudjetiga soliq to‘lovchilar bu mablag‘lar o‘z xo‘jaliklari uchun kerak bo‘lgan taqdirda ham soliq to‘lashga majburdirlar.

Kredit munosabatlarida berilayotgan mablag‘larning egasi o‘zgarmaydi, yaʼni kreditor mulkdor sifatida saqlanib qoldi. Lekin moliya munosabatlarida berilayotgan mablag‘larning egasi o‘zgaradi, yaʼni endi bu mablag‘lar davlatning mulki xisoblanadi.


Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling