J izzax politexnika instituti b iznes huquqi bo ' yicha taqdimot


Kodeksning 13-bobida birinchi marta mulk huquqi izohlab berildi (


Download 245.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana25.03.2023
Hajmi245.82 Kb.
#1295941
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация 12

Kodeksning 13-bobida birinchi marta mulk huquqi izohlab berildi ( 
164-m). "Mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz 
xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan 
foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk 
huquqini, kim tomonidan boʻlmasin har qanday buzishni bartaraf 
etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir". 
Rim huquqi va musulmon huquqida mujassam etilgan. "Egallash, 
foydalanish va tasarruf etish"ga
oid huquqlar oldingi kodeksda ham qabul qilingan edi. Lekin ushbu 
huquqlarni mulkdorning "uz xohishi bilan oʻz anfaatlarini koʻzlab" 
amalga oshirishi mumkinligi haqida lom-mim deyilmagandi. 
Shuning uchun ham mulk egalarining huquqlari tegishli qonunlarda, 
shuningdek amaliѐtda ham doimo cheklanib kelinardi.


2.
Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga 
egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa 
davlatlarga erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi. Chet el yuridik shaxslari 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyatlarini va Oʻzbekiston 
Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga 
oshirish uchun zarur boʻladigan oʻz mulklariga ega boʻlishga haqlidirlar. 
Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. 
Mulkni koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish qonunan 
taʼminlanadi. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda Oʻzbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda 
diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro 
munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga 
haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, koʻpaytirish va boshqa 
davlatlarga oʻtkazish imkoniyatlari kafolatlanadi.


1.Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning 
konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda 
tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni koʻpaytirishni cheklashga hamda uni majburan 
tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy 
shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi teng sharoitlar 
yaratib beradi.
1.Mulkdor oʻzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini 
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq talab qilib qaytarib olish 
huquqiga egadir. 2. Mulkdor oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar 
uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa-da, bartaraf etishni 
talab qilishi mumkin. 3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi. 4. 
Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlar garchi mulkdor boʻlmasa ham, mulkdan toʻla 
xoʻjalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki 
qonunda yoxud shartnomada koʻzda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi 
shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huq
uqiga 
ega.


3. 

Download 245.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling