J izzax politexnika instituti b iznes huquqi bo ' yicha taqdimot


Muammoning javobini quyidagicha hal qilish mumkin


Download 245.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana25.03.2023
Hajmi245.82 Kb.
#1295941
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация 12

Muammoning javobini quyidagicha hal qilish mumkin
Bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar quyidagi hollarda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin:
hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra; surishtiruvchi, tergovchi va sud ijrochisi qaroriga 
asosan; sudning ajrimiga ko‘ra.
Bank hisobvarag‘i surishtiruvchi, tergovchi qarori yoxud sudning ajrimiga ko‘ra 
to‘xtatilganda, pul mablag‘lari faqat qaror yoki ajrimda ko‘rsatilgan summaga xatlanadi. 
Bunda bankdagi hisobvaraqlar faqat chiqim qismida to‘xtatiladi, hisobvaraqqa kelib 
tushgan pul mablag‘lari esa kirim qilinadi.
Bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilganda yoki xatlanganda, hisobvaraqni 
boshqa bankka o‘tkazishga hamda ushbu hisobvaraq egasining boshqa hisobvaraqlarni 
ochishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bank hisobvarag‘ini xatlash haqidagi qaror bankka va nusxasi mijozga ham jo‘natiladi.
Hisobvaraq xatlanganligi haqida mijozni xabardor qilish bank zimmasidagi majburiyat 
emas, agar shartnomada boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
Mijoz bankka murojaat qilish orqali unga tegishli hisobvaraq qanday hujjat asosida 
xatlanganligi haqidagi ma’lumotni aniqlashi mumkin.


Hisobvaraqdan xatlovni echish haqidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, sud ijrochisi 
yoki sud tomonidan pochta aloqa xizmati orqali bankka jo‘natiladi. Fuqaro arizasiga 
ko‘ra mazkur qaror shaxsan qo‘lga berilishi mumkin va fuqaroning o‘zi tomonidan 
bankka etkaziladi.
Normativ hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi 
Yo‘riqnoma.

Download 245.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling