J izzax politexnika instituti b iznes huquqi bo ' yicha taqdimot


tabiiy boyliklar, zavodlar,fabrikalar, ishlab chiqarish qurol-aslahalari ularning


Download 245.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana25.03.2023
Hajmi245.82 Kb.
#1295941
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация 12

tabiiy boyliklar, zavodlar,fabrikalar, ishlab chiqarish qurol-aslahalari ularning
egalaridan bosqichma-bosqich tekinga tortib olindi va davlat mulkiga aylantirildi. 
Oʻzbekistonning Sovetlar hokimiyati davrida birinchi marta 1927 yilda qabul qilingan
Konstitutsiyasida "xususiy mulk degan tushuncha saqlab qolingan boʻlsa-da, lekin
bu vaqtda barcha yirik mol-
mulk egalari quloq qilinib, xususiy mulk huquqi uchun obʼekt sifatida koʻzga
koʻrinarli mol-mulk qolmagan edi. 1937 yildagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasida
xususiy mulk degan ibora ishlatilmadi, u shaxsiy mulk degan tushuncha bilan
almashtirildi. 1978 yildagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasida shaxsiy mulkka oid
qoidalar saqlanib, uning shaxsning
oʻz mehnati bilan topilgan daromadlaridan, jamgʻarmalaridan va isteʼmoliy
xarakterdan iborat boʻlishiga alohida eʼtibor berildi (mazkur Konstitutsiyaning 13-
moddasi).


Mulk huquqining vujudga kelishi va bekor boʻlishi, uni himoya
qilishga bagʻishlangan sobiq kodeks boblarning baʼzi moddalari ularga mazmun va tahrir 
jihatdan jiddiy oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan saqlab qolindi.
Mulk asosan ikki xil shaklga – xususiy mulk va ommaviy mulk
shakllariga (167-modda) boʻlinadi. Shu tufayli oldingi kodeksdagi quyidagi toʻrtta bob yaʼni, 
davlat mulki, kasaba uyushmasi va boshqa jamoa tashkilotlarining mulki shaxsiy mulk yangi 
kodeksga kiritilmadi.
Xususiy mulk bozor munosabatlarining asosiy iqtisodiy manbaidir. Shu sababdan xususiy 
mulkni tashkil toptirmay turib bozor munosabatlari toʻgʻrisidagi gapirish xom xaѐldir. Xususiy 
mulk va uning asosida vujudga keladigan munosabatlar bizning qonunchilik faoliyatimizda 
yangilik boʻlganligi tufayli, kodeksning tegishli moddalarida qator murakkab masalalar oʻziga 
xos ravishda yechimini topgan. Yangi kodeksda xususiy mulkning joriy qilinishi bilan oldingi 
kodeksning 120, 121, 122, 128, 136-moddalaridagi cheklanish bartaraf etildi. Endi kishilar 
xususiy mulkdan faqat shaxsiy moddiy va madaniy ehtiѐjlarini taʼminlashda foydalanish bilan 
cheklanmay balki bu mulk asosida turli tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, ishlab 
chiqarish jaraѐnida faqat oʻz mehnati emas, balki ѐllanma mehnatni jalb qilish, oʻzi uchun 
kerak boʻlgan ishlab chiqarish qurollari hamda vositalariga ega boʻlish, ularni ijaraga berish 
yoʻli bilan qoʻshimcha daromadlar olish kabi huquqlarni ham qoʻlga kiritdilar.



Download 245.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling