J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


J.S. Millning iqtisodiy qarashlari


Download 0.58 Mb.
bet24/55
Sana26.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1656577
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
«IQTISODIYOT VA MENEJMENT» maruza matni

7. J.S. Millning iqtisodiy qarashlari
J.S. Mill (1806 -1873) nafaqat iqtisodiyotga, balki iqtisodiyot bilan bir qatorda siyosiy fanlarga va falsafa fanlari rivojlanishiga katta hissa qo’shgan tug’ma qobiliyat egasi bo’lgan. Uning ulkan zakovat egasi bo’lishiga sabab yoshligida olgan kuchli ta’limi edi. Chunki uning otasi Jems Mill o’g’liga ta’lim berishni yoshligidan boshlagan. U 3 yoshligida grek tilini o’rgandi va 8 yoshligidan boshlab lotin tilini o’rgana boshladi. Shu bilan birga 13 yoshida matematika, kimyo, fizika, mantiq ilmini o’rganib bo’lgandan so’ng siyosiy iqtisodni o’rganishni boshladi. Uning rasmiy ta’lim olishi 15 yoshigacha tugallandi va keyingi 4 yilni Benhamning 5 tomli asarini tahlil qilishga bag’ishladi. Bu noodatiy kuchli ta’limning psixologik ta’siri oqibatida u 20 yoshida ruhiy tushkinlikka tushib qoladi, ammo ruxiy tushkunlik davridan so’ng Mill o’zini qo’lga oldi va o’z davri hamda barcha davrning yetakchi aql idrok egasi bo’lib qolishiga sabab bo’ldi.
J.S.Mill o’zining birinchi siyosiy iqtisod bo’yicha «tajriba»sini 23 yoshida, ya’ni 1829 yil nashr etdi. 1843 yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari «Siyosiy iqtisod tamoyillari…» bo’lib, u 1848 yili chop etilgan. Bu asar beshta kitobdan iborat: (1) “Ishlab chiqarish”, (2) “Taqsimot”, (3) “Ayirboshlash”, (4) “Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va taqsimotga ta’siri”, (5) “Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta’siri to’g’risida”. Bu asarning so’zboshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy bilimlar darajasining yuksalib borishini va ilg’or zamonaviy g’oyalarni hisobga olgan holda A.Smitning “Odamlar boyligi ...” va D.Rikardoning “Siyosiy iqtisodning boshlanishi”ning yangilangan variantini yaratishni o’ziga maqsad qilib qo’ygan. Asarning ushbu yuqoridagi ko’rinishda tuzilishi esa, muallifning fikricha, Smit-Rikardo iqtisodiy nazariyalarini izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy bilimlarni tizimlashtirdi va ommaviylashtirdi, balki uning tomonidan bir qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va yakuniy dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling