J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri
Download 0.58 Mb.
|
«IQTISODIYOT VA MENEJMENT» maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
Bozor iqtisodiyotining belgilari uzoqdavr davomida shakllanib, pirovard natijada yaxlit ijtimoiy tizimni tashkil qiladi. Bunda bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari xilma-xil bo‘lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari umumlashtirilib, quyidagi uchta turga ajratiladi: I. Rivojlangan mamlakatlar yo‘li. II. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li. III. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li. Bu yo‘llarning umumiyligi shundaki, ularninghammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsadqilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotningqonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lningo‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishningg‘arbcha (rivojlangan mamlakatlar) yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki sof bozor iqtisodiyotiga va undan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi. 5.O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‘llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma’lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishda ikki yo‘l, ya’ni revolutsionva evolutsion yo‘llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolutsion yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo‘lladilar. Bu yo‘lni amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o‘tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko‘plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko‘paydi, pulningqadri keskin pasayib iqtisodiyot tanazzulga uchradi va kishilarning iqtisodiy ahvoli og‘irlashdi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan islohqilishga Respublika Birinchi Prezidenti I.Кarimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan. Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash. Ikkinchidan, o‘tish davrida davlatningo‘zi bosh islohotchi bo‘lishi. Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog‘i, qonunlarning ustunligini ta’minlash. To‘rtinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarninghammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish prinsipi alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan xodimlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling