J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari


Download 0.58 Mb.
bet46/55
Sana26.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1656577
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
«IQTISODIYOT VA MENEJMENT» maruza matni

Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari

Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xo‘jaligi, transport, aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muoma­lasiga (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idora­lari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga (bank muassasalari, kreditlash idoralari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infra­tuzil­masining alohida bo‘g‘inini tashkil qilib, ularga ma’lumot­larni to‘plash, umum­lashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Hozirgi zamon bozorini reklama, axborot va maslahat xizmati, konsaltingva auditor xizmatisiz ham tasavvur qilish qiyin.
Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ularning asosiylariningqisqacha tavsifini beramiz.
Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovar­larning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasalaridir.
Auksionlar – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisba­tan chekl­an­gan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o‘tka­ziladi.
4. O‘tish davrining mazmuni.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari
O‘tish davri– bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga iqti­sodiy muno­sabatlarning bir turidan boshqa bir yangi turiga o‘tish uchun taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni iqtisodiy muno­sa­batlarning alohida unsurlarini islohqilish yoki iqti­sodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqti­sodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling