J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
Qiymatning turli xil nazariyalari
Download 0.81 Mb.
|
IQTISODIYOT NAZARIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari
Qiymatning turli xil nazariyalari
Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash ularningqiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatningmiqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarur. Кeragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bular: tovar ishlab chiqaruvchilarni tartibga solish; mehnat unumdorligi o‘sishini rag‘batlantirish; ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan tabaqalashtirish. Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farqqilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi: Talab = taklif, bo‘lsa narx = qiymat Talab > taklif, bo‘lsa narx >qiymat Talab < taklif, bo‘lsa narx Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farqqilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki obyektivqiymat qonunining kuchi ta’siri ostida ro‘y beradi. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari Pulning kelib chiqishi haqidagi masala turli xil nazariyotchilar tomonidan ayriboshlashning rivojlanish jarayoni bilan bog‘liqlikda talqin qilinadi. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valutaga, ya’ni monemetall tizimiga o‘ta boshlaydilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900-yilda sodir bo‘ladi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871-yilda, Gollandiyada 1877-yildayoq joriy etilgan edi. O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq, kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507-yilda pul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501–1610) va Abdullaxon (1583–1598) zarb etgan tangalar yetib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtiriladi. 1695–1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan21. Qiymat shakllarining rivojlanishiga sabab bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar: Mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi; ishlab chiqarishningo‘sishi; mahalliy va milliy bozorlarningvujudga kelishi. Umumiy ekvivalent rolini nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilishiga sabab quyidagilar bilan izohlanadi: Sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi; Zanglamasligi va uzoq muddat saqlanishi; Bo‘linuvchanligi va uni yaxlit holga keltirish osonligi; Tabiatda nisbatan kamyobligi; Ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallningqiymati ancha yuqoriligi. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin. Pulningvujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayriboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasidir. Oltin (yoki kumush) pul umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling