J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
Download 0.81 Mb.
|
IQTISODIYOT NAZARIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tadbirkorlar sektori
- Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
- Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari
1. Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mochilik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
2. Tadbirkorlar sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarzga olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi va undan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar bozor xo‘jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi. 3. Davlat – foyda olishni maqsadqilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi muassasalar sifatida namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo‘lib, ular o‘z yechimiga ham ega. Bular quyidagilar: 1. Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. 2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnologiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur. 3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi. 4. Кim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta’minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi. 5. Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari Bozor – bu ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste’molchi (xaridor)ni bir-biriga bog‘laydigan, ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladigan tartiblar, mexanizmlar va muassasaviy tuzilmalardir. Bozorning asosiy mazmuni sotuvchi va xaridorlarningo‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayriboshlash, ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi va to‘lovga qodir bo‘lgan iste’molchilar talabiningqondirilishi va raqobatchilik muhitining mavjud bo‘lishidan iboratdir. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va xaridorlar tartibsiz to‘planib, juft-juft, to‘p-to‘p, guruh-guruh bo‘lib oldi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari uni kishilarga rizqu ro‘z ulashadigan fayzu barakotli, sirli dasturxon deb ataydilar24. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni iste’molchilarga, iqtisodiy resurslarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berishdan iboratdir Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liqva bir-birini taqozo qiladi. Hozirgi davr bozori bir qator tartiblarga asoslanadi: – xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyat erkinligi va uning natijalari uchun javobgarligi; – talab va taklif nisbatiga asoslangan narxningerkin shakllanishi; – resurslarni yetkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o‘rtasida raqobat mavjudligi; – davlatning xo‘jalik yurituvchilar faoliyatiga eng kam darajada aralashuvi. Sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bozor quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: – ommaviy ishlab chiqariladigan tovarlar bilan to‘yinganligi, ularningqat’iy ravishda alohida guruh iste’molchilar ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilganligi; – iste’molchilarningeng murakkab talabiga javob berishga layoqatli, moslashuvchan ishlab chiqarish mavjudligi; – ishlab chiqaruvchilar maqsadli vazifasiningo‘zgarib turishi. Ular raqobatbardoshlikni ushlab turish uchun mahsulotni modifikatsiyalash, uning sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va bozorni kengaytirishdan manfaatdorligi; – tadbirkorlik faoliyati shakllari o‘zgarishining ro‘y berib turishi. Jumladan, yetakchi g‘arb mamlakatlari iqtisodiyotida XX asr 70-yillari o‘rtalaridan boshlab yirik korporatsiyalar bilan birga kichik biznes ham muhim rol o‘ynay boshlagan; – yollanma xodimlarning boshqarish va korxona mulkida qatnashishni taqozo qiluvchi mehnat munosabatlari yangi turiningqaror topishi; – iqtisodiyotga energiya va material tejovchi tavsif xosligi; – “xizmat sig‘imli” iqtisodiyot shakllanish jarayonining kuchayib borishi. Jumladan, AQSH YaIM qiymatida xizmatlar qiymati ulushi 60 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling