J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soddalashtirilgan soliq tizimining iqtisodiy ahamiyati


Download 3.38 Mb.
bet23/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

3.2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soddalashtirilgan soliq tizimining iqtisodiy ahamiyati

O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishda davlat kafolatlari va yordami tufayli iqtisodiyotda katta imkoniyatlarni ishga solish mumkin. Ularga davlat yordamini berish, kafolatlardan tashqari soddalashtirilgan soliq tizimiga o‘tishga ruxsat berishlik ularni tashkil qilish va moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


Soddalashtirilgan soliq tizimining ahamiyati kattadir. Bular birinchidan, bozorni tezda tovarlar va xizmatlar bilan boyitishga imkon beradi, ikkinchidan, ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga yordam beradi, uchinchidan, ular faoliyatini tashkil qilishni ixchamlashtiradi, to‘rtinchidan, soliq hisoblari va hisobotlari sonini kamaytiradi, soliq hisoblash xodimlari ishini osonlashtiradi, chunki ilgari ko‘p soliq hisoblari va dalolatnomalari o‘rniga yagona soliq to‘lovini to‘laydi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni to‘lashni nazarda tutar edi:
1.Yagona soliq to‘lovini;
2.Yagona yer solig‘ini;
3.Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni.
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash belgilangan faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yagona soliq to‘lovchilar va uni to‘lovchilar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq Kodeksining 58-bobida nazarda tutilgan tartibda qat’iy belgilangan soliq to‘lashlari shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliqlar Soliq kodeksida nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘rniga to‘lanadi, Soliq kodeksining 349-moddasida sanab o‘tilganlar bundan mustasno.
Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilarga nisbatan quyidagilar saqlab qolingan edi:
1. To‘lov manbaida undiriladigan foyda solig‘i;
2. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i;
3. Aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz solig‘i;
4. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
6. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
7. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
5. Bojxona to‘lovlari;
6. Yagona ijtimoiy to‘lov;
7. Davlat bojlari;
8. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
9. Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling