J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash muddatlari


Download 3.38 Mb.
bet20/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

2.6. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash muddatlari

Uzoq muddatli kontraktlarga taalluqli daromadlar va chegirmalar ularning amalda bajarilgan qismi bo‘yicha moliya yili davomida hisobga olinadi. Uzoq muddatli kontraktning amalda bajarilganligi moliya yili oxirigacha qilingan xarajatlarni ushbu kontrakt bo‘yicha jami xarajatlar bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.


Soliq solish maqsadida tovar-moddiy zaxiralarni baholash va hisobga olish buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni qo‘shimcha baholash summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga qarab, soliq solinadigan daromad (foyda) tarkibiga kiritiladi.
Aktivlar realizatsiya qilinganida ularni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati o‘rtasidagi musbat farq aktivlar qiymatining o‘sishidan olingan daromad hisoblanadi. Aktivlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati o‘rtasidagi manfiy farq aktivlarni realizatsiya qilishdan ko‘rilgan zarar hisoblanadi.
Aktivlar qiymatiga ularni olish, ishlab chiqarish, qurish, montaj qilish va o‘rnatish xarajatlari, shuningdek, ularning qiymatini orttiradigan boshqa xarajatlar qo‘shiladi, soliq to‘lovchi chegirish huquqiga ega bo‘lgan xarajatlar bundan mustasno. Agar aktivlarning faqat bir qismi realizatsiya qilinsa, unda aktivlarning realizatsiya qilish paytidagi qiymati qolgan va realizatsiya qilingan qismlari o‘rtasida taqsimlanadi.
Aktivlar bepulga yoki kamaytirilgan qiymat bo‘yicha topshirilganida topshiruvchi shaxsga qarashli aktivlarning qiymati vujudga kelgan xarajatlar asosida, oluvchi shaxsning daromadlari esa-kirim qilingan baholash qiymati bo‘yicha, lekin topshirilayotgan aktivlarning tannarxidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni, agar qonun hujjatlarida boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa, soliq ro‘yxatidan o‘tgan joydagi soliq organlariga yil choraklariga oid va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarida topshiradilar.
Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq to‘lovchidan kamroq bo‘lgan davr uchun hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yo‘li bilan talab qilishi mumkin bo‘lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Joriy soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi o‘tgan soliq davrining oxirgi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovi summasiga teng etib qabul qilinadi.
Joriy soliq davrining ikkinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi joriy yilning birinchi hisobot davri uchun soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘i summasining uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Joriy soliq davrining uchinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi yarim yillik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va birinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Joriy soliq davrining to‘rtinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi to‘qqiz oylik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi manfiy yoki nolga teng bo‘lsa, ko‘rsatilgan to‘lovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi.
Soliq to‘lovchilar, shu jumladan, yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida besh milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini bunday oshib ketish sodir bo‘lgan to‘liq chorak o‘tganidan keyin to‘laydi.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha hisobot (soliq) davri mobaynida to‘langan har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash chog‘ida hisobga olinadi.
Har oylik bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Jami yillik daromadning miqdoridan qat’i nazar, soliq hisobotini soliq bo‘yicha faqat soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lamaydi.
Soliq to‘lovchi tugatilganda soliq tugatish yakunlanguniga qadar to‘lanishi lozim.
Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organi har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisoblashni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan bunday axborot olingan oydan e’tiboran to‘xtatib turadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromad qilingan xarajatlar hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i chegirib tashlanguniga qadar to‘liq miqdorda soliq to‘lovchining jami daromadiga qo‘shiladi. Soliq solinadigan bazani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati bilan qilingan hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar belgilangan tartibda va miqdorlarda chegiriladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash paytida hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli organining to‘lov xabarnomasi, ma’lumotnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos bo‘ladi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling