J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining soliq solish obyekti. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi


Download 3.38 Mb.
bet16/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

2.4. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining soliq solish obyekti. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi

Yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin.


Soliq to‘lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish obyektidir.
Jami daromad bilan soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliq solish obyekti hisoblanadi.
O‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (bajargan ishlarni, ko‘rsatgan xizmatlarni) erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada eksport qiluvchi korxonalar eksportni ichki bozor narxlaridan past narxlarda amalga oshirsalar, ular uchun soliq solinadigan baza eksport mahsuloti realizatsiya qilingan haqiqiy narxdan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Ushbu tartib savdo-vositachilik tashkilotlariga, shuningdek, tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq xomashyo tovarlarini eksport qiluvchi ishlab chiqarish korxonalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ustav fondiga qo‘shilgan, umumiy vazifalarni hal etish uchun birlashtirilgan badallar, paylar va aniq maqsadga qaratilgan boshqa moliyaviy mablag‘lar (kapital) ana shu vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi va soliq solish obyekti bo‘lmaydi.
Jami daromadga jo‘natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar kiradi.
Bunday daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad;
2) asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad;
3) dividendlar va foizlar;
4) ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromad;
5) tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar).
Olingan grantlar daromad sifatida qaralmaydi. Grant deganda korxonaga davlat (hukumat), shuningdek, nohukumat, xorijiy, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatdagi maqsadlarda, iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ilmiy-texnik va innovatsiya dasturlarini bajarish uchun bepul, gumanitar pul ko‘rinishidagi yoki moddiy-texnik yordam tushuniladi. Grant mablag‘laridan qat’iyan maqsadga muvofiq foydalaniladi.
6) mol-mulkni ijaraga (lizingga) berishdan keladigan daromad;
7) royalti;
8) mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno;
9) qarzdor tomonidan e’tirof etilgan yoxud qarzdor tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati asosida shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek, zararlarning (ziyonning) o‘rnini qoplash summalari;
10) ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromad;
11) valyuta hisobvaraqlaridagi kurs bo‘yicha musbat farq;
12) favqulodda daromadlar va boshqa daromadlar.
Soliq solinadigan daromadlarni (foydalarni) belgilashda jami daromaddan quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi:

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, bojxona bojlari summalari;

  • banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining kreditlari uchun foiz to‘lovlari summalari, bundan banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiradigan investitsiya uchun olgan kreditlari bo‘yicha foizlar hamda to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar mustasno;

  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining kafolatisiz jalb etiladigan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari summalari;

  • xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha xarajatlar (banklarning, kredit uyushmalari, sug‘urta tashkilotlari, videosalonlarning, videoko‘rsatuv, video va audio yozuv punktlarining, auktsionlar, kazinolarning, ommaviy kontsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazuvchi tashkilotlarning xarajatlari bundan mustasno);

  • belgilangan tartibda kiritiladigan renta to‘lovlarining summasi;

  • ijara haqi;

  • asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;

  • chet yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va ko‘rsatgan xizmatlarining qiymati;

  • majburiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha o‘tkaziladigan, qonun hujjatlariga muvofiq ish haqiga hisoblangan summalar;

  • mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatlash ishlariga xaq to‘lash xarajatlari summalari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo‘yicha xizmat safari xarajatlari summalari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo‘yicha vakillik maqsadlaridagi xarajatlar summalari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo‘yicha reklama xarajatlari summalari;

  • soliq to‘lovchi faoliyati ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun xarajatlar summalari;

  • soliq to‘lovchi balansidagi sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq ta’limi muassasalari, uy-joy fondini saqlashga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasdiqlagan normativlarga muvofiq qilinadigan xarajatlar summalari, shuningdek soliq to‘lovchilar sanab o‘tilgan muassasalarni saqlashda ulush qo‘shib qatnashib, ana shu maqsadlar uchun qiladigan xarajatlarining summalari;

  • lizing obyektini sotib olish uchun olingan kreditlar foizlari va boshqa belgilangan to‘lovlar summalari;

  • lizing beruvchining lizing shartnomasi bo‘yicha lizing to‘lovi tarkibida to‘lanadigan daromadi;

  • qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasidagi ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha xarajatlar summalari;

  • qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa majburiy to‘lovlar.

Shuningdek, quyidagi xarajatlar va ajratmalar ham jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim:
1) banklar bo‘yicha:

  • kredit resurslari uchun to‘lovlar, operatsiya xarajatlari, pul mablag‘lari va boyliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari;

  • mijozlarning hisobvaraqlari, shu jumladan, jismoniy shaxslarning omonatlari bo‘yicha hisoblangan va to‘langan foizlar;

  • tavakkalchilik operatsiyalari bo‘yicha zaxira hisobidan o‘chirilgan umidsiz ssuda summalari;

2) sug‘urta tashkilotlari bo‘yicha:

  • qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha berilgan to‘lov summalari;

  • amal qilishi hisobot yili oxirigacha tugamagan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lov summalari;

  • sug‘urta va qayta sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan va hisoblangan to‘lov summalari;

  • o‘tgan yillardagi sug‘urta hodisalari bo‘yicha tugallanmagan to‘lov summalari, shu jumladan, da’vo muddati doirasidagi majburiyatlar summalari;

  • sug‘urta holatining ro‘y berganligi haqida ma’lum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta summalari;

  • sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisalari ro‘y berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashga sarflaydigan mablag‘lar summalari;

  • sug‘urta tashkilotlarining zaxira fondlari bu tashkilotlar ustav fondining yigirma besh foiziga yetguniga qadar sug‘urta tashkilotlari o‘z daromadlarining yigirma foizi miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar.

Jami daromaddan chegirib tashlanadigan xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar amalga oshirilgan xarajat xarajatlarning bir necha toifasiga kiritilgan bo‘lsa, u faqat bir marta jami daromaddan chegirilishi mumkin.
Asosiy vositalar sotib olish va ularni montaj qilishga, nomoddiy aktivlar sotib olishga qilingan xarajatlar, shuningdek, boshqa kapital xarajatlar amortizatsiya tariqasida keyingi davrlarda jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling