J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


 Soliqqa tortiladigan foyda (Stf) –


Download 3.38 Mb.
bet18/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

6. Soliqqa tortiladigan foyda (Stf) – bu soliqqa tortiladigan daromaddan foyda (daromad) solig‘ini hisoblash uchun imtiyoz sifatida chegirib tashlanadigan xarajatlarni ayirgandan keyin qoladigan foyda summasi, ya’ni:
Stf=Std-I.
Bu yerda: I – imtiyoz sifatida soliqqa tortiladigan daromaddan chegiriladigan xarajatlar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 2017-yilda – 7,5 foiz miqdorida, tijorat banklari uchun soliq stavkasi – 15 foiz miqdorida edi22.
Mamlakatimizda 2018-yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018-yil 1-yanvardan boshlab, foyda solig‘i va obodonlashtirish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i birlashtirildi. Mazkur soliq turlarining birlashtirilishi munosabati bilan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining yagona stavkalari belgilandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ–3454-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlandi. Bunda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 2017-yilda amalda bo‘lgan 15,5 foiz ya’ni foyda solig‘i – 7,5% hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i – 8% o‘rniga 14 foiz miqdorida belgilandi. Shuningdek, tijorat banklari uchun soliq stavkasi 2017-yilda amalda bo‘lgan 23 foiz ya’ni foyda solig‘i – 15% hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i – 8% o‘rniga 22 foiz miqdorida belgilandi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilish tarzidagi vaqtinchalik imtiyozlarga ega bo‘lgan korxonalar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini imtiyoz muddati tugagunga qadar ikki barobar pasaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar. 2019-yildan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i korxonalar uchun 12 foiz, tijorat banklari uchun 20 foiz etib belgilangan edi23.
2020-yilda soliq stavkalari Soliq kodeksi 337-moddasida keltirilib, quyidagi 2.1-jadvalda aks ettirildi.
2.1-jadval

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling