J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet2/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

KBK
ISBN UO‘K
© Zaynalov J.R., Aliyeva S.S., Axrorov Z.O., Rasulov Z.J. va boshqalar


Kirish


Hozirgi sharoitda mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash, soliq tizimidagi iqtisodiy islohotlarni yanada takomillashtirish va uni amalga oshirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish, kichik biznes subyektlarini rivojlantirish va uning iqtisodiyotda tutgan o‘rnini yanada mustahkamlash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim masalalariga aylanib bormoqda.
Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan davlatlarda soliq siyosatini byudjet daromadlari istiqbolini belgilash bo‘yicha to‘plangan keng va boy tajribalarni chuqur o‘rganish hamda ularni milliy iqtisodiyotga tatbiq etish yo‘llari ishlab chiqilmoqda.
Shu jumladan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham davlatning soliq siyosatini aniqlash va belgilashda ularning istiqboliga asoslangan bashoratlarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Lekin, respublikamiz uchun hali qirralari to‘la ochilmagan mazkur sohaning barcha yutuq va afzalliklarini o‘rganishga bo‘lgan munosabat hamda e’tiborning bugungi ahvolini qoniqarli deb bo‘lmasligi, bu sohada chuqur va samarali tadqiqotlar olib borish, uning ko‘lamini oshirib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa, eng avvalo, soliq siyosatining istiqbolini belgilashning mazmuni, vazifalari, xususiyatlari, usullari, samaradorligi kabi o‘ziga xos jihatlarini anglashni talab qiladi.
Soliqlar va soliq munosabatlari to‘g‘risidagi aniq amaliy muammolarni o‘rganish davomida ko‘p marotaba uning nazariy masalalariga duch kelinadi. Shu munosabat bilan, soliqlar va soliq munosabatlari to‘g‘risidagi fundamental muammolarini ishlab chiqish, moliyaviy siyosat vazifalarini hal etishning ilmiy asoslanishi jiddiy amaliy ahamiyat kasb etadi.
Afsuski, ko‘pincha amaliyot xodimlari o‘rtasida amaliy vazifalarni hal etishda nazariyaning muhim emasligi to‘g‘risidagi fikrlarni eshitib qolamiz. Fikrimizcha, iqtisodiy hodisalarning mohiyati va funksiyalari to‘g‘risidagi bunday fikrlar o‘z asosiga ko‘ra ishonchli emas. Chunki nazariya faqat o‘zi uchungina mavjud bo‘lmaydi. U keng ma’noda, amaliyotni “ro‘yobga chiqaruvchisidir”, biroq bu amaliyotni ilmiy umumlashtirishda nazariyaning rolini aslo kamaytirmasligi lozim, u iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashning eng muhim sharti va omili hisoblanadi. Demakki, har qanday iqtisodiy ko‘rsatkichning amaliy ta’sirchanligini ta’minlash imkonsizdir.
Shu bilan bir vaqtda, soliqlarning umumiy nazariyasi masalalari (soliq toifasi tushunchasi, uning obyektiv zarurligi, takror ishlab chiqarishdagi roli, soliqlarning funksiyalari va boshqalar) tahlili haqida fundamental tadqiqotlar mavjud emas. Bular quyidagi holatlar bilan bog‘liqdir: birinchidan, bozor munosabatlariga o‘tgunga qadar, soliqlar roli tahlili, ularning hozirgi roli bilan taqqoslaganda, pastroq ahamiyatga ega bo‘lganligi, ikkinchidan, soliqlarning funksiyalari to‘g‘risidagi turlicha talqinlarning mavjudligidir. Bularning barchasi shundan guvohlik beradiki, umuman iqtisodiy toifa sifatidagi soliqlarning mohiyati emas, balki byudjet daromadlarini shakllantirish maqsadida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida ularning alohida xususiyatlari va vazifalarigina o‘rganilmoqda.
Ma’lumki, har qanday iqtisodiy toifaning mohiyati iqtisodiy munosabatlar tarkibini, toifaning o‘ziga xos xususiyatlarini, munosabatlarning asosini va uning ijtimoiy-iqtisodiy tavsifini aniqlashi zarur.
Soliq tizimi va unga amal qilish mexanizmining umumiy asoslari ishlab chiqilganiga qaramasdan bu sohada ham hal qilinishi bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Soliq tushunchasi paydo bo‘lganidan boshlab, uni joriy qilish va soliq munosabatlarini rivojlantirish bilan muntazam shug‘ullanib kelingan. Soliq munosabatlari va soliqqa tortish masalalari klassik va hozirgi zamon iqtisodchi olimlar asarlarida batafsil yoritilgan. Bundan tashqari respublikamiz iqtisodchi olimlari ilmiy asarlarida soliq va soliq munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritganlar. Mazkur darslikni yaratish jarayonida iqtisodchi olimlarning soliqlar bo‘yicha olib borgan ilmiy ishlaridan keng foydalanildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar va Internet tarmog‘i ma’lumotlaridan hamda hisobot materiallaridan keng foydalanildi.
Darslik Zaynalov J.R. (Kirish, I bob 1.2, 1.3, V bob, VII bob 7.7-7.9, IX bob, XI bob), Aliyeva S.S. (I bob 1.1, 1.6, III bob, VIII bob 8.6-8.9, XII bob), Axrorov Z.O. (I bob 1.4, 1.5, II bob, VI bob, X bob, XIII bob), Rasulov Z.J. (I bob 1.7, IV bob), Xusanov B.Sh. (VIII bob 8.1-8.5) va Latipova Sh.M.lar (VII bob 7.1-7.6) tomonidan yozildi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling