J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet7/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

1.5. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar: iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra guruhlanishi; byudjetga tushishiga ko‘ra guruhlanishi; soliq to‘lovchilar nuqtayi nazaridan guruhlanishi

Respublikamizda so‘nggi yillarda soliq islohotlariga alohida e’tibor qaratilib, soliq organlari faoliyatini tubdan isloh qilish, soliq qonunchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tendensiyasi muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Bu aynan byudjet daromadlari nuqtayi nazaridan soliq to‘lov potensiali mohiyatini bilishni taqozo etadi.


Soliq to‘lov potensiali – bu soliq yig‘im va to‘lovlarining real chegaralarini aks ettiruvchi turli darajadagi byudjet daromadlarini hosil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat, korxonalar va fuqarolar o‘rtasida qonuniy paydo bo‘luvchi soliq munosabatlar yig‘indisini tavsiflovchi iqtisodiy voqelikdir.
Soliq munosabatlari tarkibida turli soliq turlari va ularning guruhlanishi namoyon bo‘ladi. Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog‘liqligiga ko‘ra to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan to‘g‘ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi.
1.1-jadval
Davlat byudjeti daromadlari hajmi, mlrd. so‘m

T/r

Ko‘rsatkichlar

2016- yil

2017- yil

2018- yil


Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling