J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i to‘lovchilari tarkibi


Download 3.38 Mb.
bet15/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

2.3. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i to‘lovchilari tarkibi

Soliq to‘lovchi o‘z foydasining bir qismini foyda solig‘i sifatida davlat byudjetiga to‘lar ekan, buning evaziga u davlatdan shunga teng biron-bir tovar yoki xizmat olmaydi. Umuman to‘langan foyda solig‘i soliq to‘lovchining davlatdan oladigan mablag‘lari o‘rtasidagi bevosita bog‘liqliqda yuzaga kelmaydi. Xuddi ana shu xususiyatga ko‘ra foyda solig‘i narxdan ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular o‘ziga xos majburiy yoki ixtiyoriy to‘lov hisoblanadi, biroq hamma vaqt davlat tashkilotlarining foydasini davlat to‘gridan to‘g‘ri soliqsiz majburiy to‘lov qilib ololmaydi. Qolaversa davlat xilma-xil mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarning foydasidan byudjetga daromad olish uchun Oliy Majlis tasdiqlab bergan foyda solig‘idan foydalanadi. Demak, foyda solig‘i soliq munosabatlarining o‘ziga xos mustaqil tarkibiy qismidir. Uning amal qilishi demokratik asosda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy munosabatlar bilan bog‘liqdir.


Shunday qilib, foyda solig‘i pul munosabatini ifoda etib, bu munosabatlarda bir tomonda davlat va ikkinchi tomonda soliq to‘lovchilar, ya’ni korxona, birlashma va tashkilotlar turadi. Shu munosabatlarni tashkil qilishni davlat o‘z qo‘liga olgan, chunki foyda solig‘i uning uchun byudjetga daromad bo‘lib tushadi, soliq to‘lovchilar uchun xarajat bo‘ladi. Davlat bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatni Oliy Majlis qonun asosida belgilab beradi. Bunday munosabatning belgilab berilishi foyda solig‘ini to‘lovchilarning roziligini anglatadi. Shuning uchun ham barcha soliq to‘lovchilarning Oliy Majlis tomonidan belgilanishi ikki tomonning, ya’ni soliq undiruvchi davlat bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi rozilikning yuksak demokratik darajasining amal etishidan dalolat beradi. Ammo tomonlarning kelishishi yoki rozilik darajasi shu Oliy Majlisda mutasaddi tashkilot va mutaxassislarning takliflari bilan turli omillarni eʼtiborga olgan holda tartiblashtirilib turilishi mumkin.
Foyda soliq munosabatlarining ayrim amaliy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin:

  1. Soliqni hisoblashda korxonaning moliyaviy ahvoli va ishlab chiqarish faoliyati har tomonlama inobatga olinishi mintaqadagi ish haqi koeffitsiyentlari, ya’ni sahrolarda, suvsiz joylarda, tog‘li tumanlarda faoliyat ko‘rsatib olingan foyda va uni soliq obyekti doirasida eʼtiborga olishda qo‘llaniladigan chegirmalar.

  2. Respublikamizda amal qiluvchi regressiv, progressiv va proporsional soliq stavkalarining o‘zida turli faoliyat darajasidan kelib chiqqan holda eʼtiborga olinishi.

  3. Foyda solig‘ini qisoblashda aksiya, obligatsiyalardan va ulardan tashqari olingan daromadlar hamda boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan ko‘rilgan daromadlarning ham foyda soliq obyektini shakllantirishda eʼtiborga olinishi.

  4. Yaxshi ishlaydigan yoki ishlab chiqariladigan mahsulot (tovarlar)ni eksport qilish, kichik biznes korxonalariga nisbatan joriy etilgan imtiyozlar, chegirmalar va shu kabilarni.

Foyda solig‘ini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati ham benihoyat kattadir.
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling