J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Soliqqa tortiladigan bazani aniqlash


Download 3.38 Mb.
bet17/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

2.5. Soliqqa tortiladigan bazani aniqlash

Soliq kodeksiga muvofiq, soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.


Soliq bazasini belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to‘lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo‘yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
Ushbu foyda summasi Soliq kodeksi (14-43- moddalar) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda oxirgi moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq topiladi.
Ushbu me’yoriy hujjatlarga muvofiq korxonalar faoliyatining oxirgi moliyaviy natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
1. Sotishdan olingan foyda (YaF)
YaF=St-Ts.
Buy erda: St – sof tushum, Ts – sotish tannarxi.
2. Asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF) yoki zarar (AFZ)
AFF(AFZ)=YaF-DX+BD.
Bu yerda: DX – davr xarajatlari, BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa operatsion daromadlar.
3. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (UFF) yoki zarar (UFZ)
UFF (UFZ)=AFF(AFZ)+MD-MX.
MDmoliyaviy faoliyat daromadi, MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari.

  1. Soliqqacha foyda(sF) yoki Zararlar(sZ)

sF (sZ)= UFf (Ufz)+Ff-Fz.
Bu yerda: Ff – favqulotdagi foyda Zf – favqulotdagi zarar.
5. Soliqqa tortiladigan daromad (Stf)
Stf=sF(sZ)+Stx+Sbx-Schx-D-F.
Bu yerda: Stx – soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan xarajatlar; Sbx – Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, ammo kelgusida chegirilib boriladigan xarajatlar; Schx – soliq bazasidan hisobot davrida chegiriladigan xarajatlar, D – olingan dividendlar, F – olingan foizlar.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling