J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining byudjet daromadlarida tutgan o‘rni


Download 3.38 Mb.
bet14/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

2.2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining byudjet daromadlarida tutgan o‘rni

Foyda yalpi ichki mahsulotlarning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlashni yuzaga keltirishda muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarishning uzluksizligi, uning kengaytirilishi markazlashtiriladigan va nomarkazlashtiriladigan jamg‘armalarni tashkil etishda foyda nafaqat sifat ko‘rsatkichi sifatida, balki shu bilan birga u shu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy va soliq munosabatlarini tashkil etuvchisi va manbasi hamdir. Yalpi ichki maqsulotning bir qismini hosil qilish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida foyda maxsus va umumxo‘jalik jamg‘armalarini tashkil etish bilan birgalikda davlat byudjetini pul mablag‘lari bilan ta’minlashda faol ishtirok etadi va shu xususiyatlari bilan bozor iqtisodiy munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishda u yanada faolroq o‘z mohiyatini namoyish etadi. Foyda qo‘shimcha qiymatining bir qismi sifatida turli soha faoliyati iqtisodiy tarmoqlarining o‘zaro pul mablag‘larini taqsimlash funksiyasini bajarib, ishlab chiqarishning eng progressiv ko‘pmulkchilikka moslashgan tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi. Fan-texnika taraqqiyotini ta’minlovchi tarmoqlar bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllantirilishi davrida endigina tiklanish bosqichida turgan bo‘lsa ham, foyda takror ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan o‘sib borishi uchun zarur miqdorda pul mablag‘larini ajratib berish imkoniyatlarini yaratish orqali o‘z mohiyatini namoyish etadi. Chunki uning mohiyati pul mablag‘larini davlat byudjeti orqali xalq xo‘jaliklar tarmoqlari o‘rtasida qayta taqsimlash, uni yuzaga keltiruvchi xo‘jalik subyektlarida turli maxsus va umumxo‘jalik jamg‘armalarini tashkil etishda hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan xalq ist’emol tovarlarini, texnikaviy mahsulotlarni tinimsiz ishlab chiqarayotgan korxonalarni takomillashtirishda turli ish va xizmatlarining sifatli amalga oshiruvchi xo‘jalik subyektlarini ham zarur moliyaviy manbalarni vujudga keltirish orqali ularni ta’minlashida namoyon bo‘ladi.


Davlatimiz soliq tizimida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab barqaror amal qilib kelayotgan soliq turlaridan biri bu yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisoblanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bevosita soliqlar tarkibiga kiradi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi. Davlat byudjetiga tushishiga qarab esa umumbelgilangan soliqlar tarkibiga kiradi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo‘lib, shuningdek, korxonalar faoliyatini rag‘batlantirishning muhim omili hisoblanadi.
Foyda soligʻi mexanizmi – soliq siyosatini takomillashtirish va xoʻjalik subyektlari faoliyatini maqbullashtirish maqsadida foydani soliqqa tortish munosabatlarining qonun-qoida va soliq elementlari yigʻindisidir.

2.1-diagramma. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i miqdori va byudjet daromadlari tarkibidagi ulushi dinamikasi21

Yuqoridagi rasm ma’lumotlari asosida foyda solig‘i miqdori va byudjet daromadlari tarkibidagi ulushini tahlil qiladigan bo‘lsak, 2013–2017-yillar davrida foyda solig‘i o‘sish tendensiyasiga ega, ammo byudjet daromadlari tarkibidagi ulushi kamayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Jumladan, foyda solig‘i miqdori 2017-yilda 1475,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2013-yilga nisbatan 436,7 mlrd. so‘mga ya’ni 1,42 barobarga ko‘paygan. Buni soliq solinadigan bazaning kengayishi bilan izohlashimiz mumkin. Byudjet daromadlari tarkibida foyda solig‘ining ulushi 2017-yilda 2,9 foizni tashkil etib 2013-yilga nisbatan 1,1 foizga kamaygan. Buni soliq stavkasining yildan yilga kamaytirilishi bilan izohlashimiz mumkin.


Yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling