J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet13/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Tayanch so‘z va iboralar
Yuridik shaxs, foyda, foyda solig‘i, moliyaviy natija, tijorat tashkiloti, notijorat tashkilot, ta’sis shartnomasi, ustav, ta’sischi (muassis), soliq davri.


2.1. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati

O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.


Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
Tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
Tijorat tashkiloti bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Soliq kodeksining 58-moddasiga muvofiq, qonun hujjatlarida notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxs notijorat tashkilot deb e’tirof etiladi, agar:

  • daromad olish maqsadiga ega bo‘lmasa;

  • daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamasa.

Yer kurrasidagi barcha mamlakatlarda yuridik shaxslarning moliyaviy natijalaridan undiriladigan soliqlar mavjud. Ammo shuni alohida qayd etish joizki, har bir mamlakat soliqlarni undirishda o‘zining ichki siyosatiga amal qilgan holda yoxud tarmoqlar iqtisodiyotidagi sohalarning davlat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rnidan kelib chiqqan holda ish yuritadi. Shunday qilib korxonalarni moliyaviy natijasini soliqqa tortishda yagona yondashuv to‘liqligicha amal qilmaydi.
Foyda solig‘ining mohiyati foydaning bir qismini majburiy to‘lov sifatida davlat byudjetiga markazlashtirilishida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, foyda solig‘i deganda korxona, tashkilot va birlashmalarda yaratilgan qo‘shimcha qiymatning bir qismi foydani qonun doirasida belgilangan chegaralarda majburiy to‘lov sifatida davlat byudjeti ixtiyoriga o‘tkazilishi bilan bog‘liq pul munosabatlari tushuniladi.
Amaliyotda soliq qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda foyda solig‘i deganda korxona, tashkilot va birlashmalarning ishlab chiqarish faoliyatidan qo‘lga kiritilgan foydasidan tashqari qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarida (aksiya, obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishdan olgan devidendlar yoki foizlar koʻrinishidagi daromadlar) daromadlar, shuningdek, boshqa korxonalar faoliyatiga qatnashishdan qo‘lga kiritilgan daromadlar ham eʼtiborga olinadi. Umuman foyda solig‘i tushunchasi korxona, tashkilot va birlashmalar foydasining markazlashgan foyda (daromad)lar yigʻindisining bir qismini markazlashtirilishi bilan bog‘liq munosabatlarida ham o‘z aksini topmoqda. Bu esa foyda soliq munosabatlarini amal qiluvchi qonunlardan kelib chiqqan holda mazmunan takomillashtirilib turilishini taqozo etadi.
Foyda solig‘i munosabatlarining ayrim amaliy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
1. Soliqni hisoblashda korxonaning moliyaviy ahvoli va ishlab chiqarish faolyatining har tamonlama inobatga olinishi mintaqadagi ish haqi koeffitsiyentlari, ya’ni sahrolarda, suvsiz joylarda, tog‘li tumanlarda faolyat ko‘rsatib olingan foyda va uni soliq obyekti doirasida eʼtiborga olishda qo‘llaniladigan chegirmalar;
2. Respublikamizda amal qiluvchi regressiv, progressiv va proporsional soliq stavkalarining o‘zida turli faoliyat darajasidan kelib chiqqan holda eʼtiborga olinishi;
3. Foyda solig‘ini hisoblashda aksiya, obligatsiyalardan tashqari olingan daromadlar hamda boshqa korxonalar faolyatida qatnashishdan ko‘rilgan daromadlarni ham foyda soliq obyektini shakllantirishda eʼtiborga olinishi;
4. Yaxshi ishlaydigan yoki ishlab chiqarilgan mahsulot (tovarlar)ni eksport qilish, kichik biznes korxonalariga nisbatan joriy etilgan imtiyozlar, chegirmalar va shu kabilarni.
Foyda solig‘ini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati ham benihoya kattadir.
Birinchidan, foyda soliq obyektining imtiyozlar orqali tartibga keltirish soliq to‘lovining oʻziga bog‘liq qilib qoʻyilganligi, korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan oshirishga sifatli mahsulot (tovar) ishlab chiqishga undaydi. Qo‘lga kiritilgan va korxona balansidagi foyda nooʻrin sarflashni qisqartiradi va to‘g‘ridan to‘g‘ri qaytim bermaydigan xo‘jalik tarmoqlariga investitsiyani kengaytiradi, uni tez ishga solishga sharoit yaratmoqda.
Ikkinchidan, foyda solig‘i korxonalarning mablag‘larini uy-joy qurilishiga sarflashga va ularni eksport hajmini oshirishdan foyda olishga qiziqtiradi. Chunki bunday foydalarning soliqdan ozod etish korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlaydigan to‘lov qobiliyatini kuchaytiradi.
Uchinchidan, foyda soliq imtiyozlariga amal qilishda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, sifatli ko‘plab mahsulot ishlab chiqarishga va byudjet daromadlarini oshirishga qulay shart-sharoit yaratmoqda.
To‘rtinchidan, foyda solig‘ini kelajakda korxona daromadidan olinadigan soliq bilan birlashtirish imkonyatlari ular tamonidan qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning oʻsishiga bog‘liq, chunki bunday soliq munosabatlarini yuzaga keltirish orqali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida sifat o‘zgarishlarining ijobiy tomonga siljitilishiga erishish mumkin bo‘ladi.
Foyda solig‘i korxonalar toʻlaydigan bevosita (to‘g‘ri) soliqlarning eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Ushbu soliqning xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ushbu soliq faqatgina korxona soliqqa tortiladigan daromadga (foydaga) ega bo‘lsagina hisoblanadi, korxonaning zarari soliqqa tortiladigan bazadan kichik bo‘lganda ushbu soliq mavjud boʻlmaydi. Demak, daromad (foyda) solig‘ini to‘lashning muhim sharti bo‘lib korxonalarning rentabelli faoliyat ko’rsatib, o‘z faoliyatlaridan foyda olishlari hisoblanadi;

  • daromad solig‘ining miqdori bevosita korxonaning sof foydasiga, ya’ni uning mulkdoriga qoladigan foydani kamaytiradi. Demak, soliq to‘lovchilarda ushbu soliq ko‘pincha norozichilikka olib keladi. Shuning uchun davlat soliq siyosatida ushbu soliq yukini doimo kamaytirib borish muhim oʻrin tutadi. Buning yorqin guvohi bo‘lib, masalan daromad (foyda) solig‘i stavkasini yil sayin kamaytirib borilishi hisoblanadi. Agar bu soliq stavkasi bundan yetti yil oldin 38% bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib u 15%ni tashkil etadi;

  • daromad (foyda) solig‘i xo‘jalik yurituvchi subyektlarni rentabelli ishlashga, inqirozga uchramaslikka intiltiradigan soliq turi hisoblanadi. Korxonalarning zarar bilan ishlashi nafaqat davlatga, balkim ularning oʻzlariga ham manfaatli hisoblanmaydi. Daromadga (foydaga) erishmagan korxona o‘z ishlab chiqarishini rivojlantira olmaydi, shuningdek, jamiyatni rivojiga ham hissa qoʻsha olmaydi;

  • daromadni (foydani) davlat tomonidan belgilab qoʻygan ishlab chiqarish turlari va shartlari evaziga olgan korxonalar ushbu soliq bo‘yicha juda katta imtiyozlarga ega bo‘ladi, jumladan ishlab chiqarishni fizik hajmini oshirishdan olingan foyda umuman soliqqa tortilmaydi, xalq iste’mol tovarlarini bolalar uchun tovarlarni, tovarlarni eksport qilganligi uchun ishlab chiqarish korxonalariga soliq qonunchiligiga koʻra juda katta imtiyozlar belgilangan.

Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxs rekvizitlariga STIR (INN) kiritiladi. STIR (soliq to‘lovchining identifikatsion raqami) har bir yuridik shaxs uchun tuziladi va yuridik shaxs ushbu raqamini ko‘rsatgan holda soliq va moliyaviy hisobotlarini soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling