J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


“Soliq to‘lovchilarga interaktiv xizmatlar” tizimi (“Shaxsiy kabinet”)ga kirish paytida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar oynasi


Download 3.38 Mb.
bet93/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

13.2. “Soliq to‘lovchilarga interaktiv xizmatlar” tizimi (“Shaxsiy kabinet”)ga kirish paytida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar oynasi

Barcha soliq hisobotlari va moliyaviy hisob-kitoblar Davlat soliq qo‘mitasi markaziy serveriga kelib tushadi, shundan so‘ng soliq inspektsiyalariga yo‘naltiriladi. Tuman yoki shahar inspektsiyasida ma’lumotlar shaxsiy kartochkaga kiritiladi. Kartochkani to‘ldirish vaqtida matematik va mantiqiy xatolar tuzatiladi.


Har bir soliq to‘lovchisida o‘zining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lib, bu erda u yuborilgan hisobotning ahvoli (qabul qilingani yoki xatolari mavjudligi sababli rad etilgani) haqida ma’lumot olishi mumkin. Hisobotda xato aniqlangan taqdirda, foydalanuvchi uni tuzatishi va hisobotni takroran jo‘natishi mumkin.
Hozirgi vaqtda interaktiv xizmatlar ko‘lami soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan murojaatni jo‘natish imkoniyati bilan to‘ldirildi. Bu savol, shikoyat, taklif, maslahat bo‘lishi mumkin. Avval soliq to‘lovchilar soliq organlariga xat bilan murojaat etardi va bu jarayon ikki haftagacha vaqtni olar edi. Internetdan foydalanish tufayli, mazkur jarayon ancha tezlashtirildi.
Soliq to‘lovchilarga qog‘ozsiz shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish turi faol rivojlanib bormoqda. Vazirlar Mahkamasining 2011 yilning 2 mayida qabul qilingan "Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 125-sonli qarori bilan Davlat soliq xizmati organlarining yagona ma’lumotlar bazasini tashkil etish va soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar majmui tasdiqlandi.
Soliqlarning barcha turlari bo‘yicha avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi bilan birga, soliq to‘lovlari shaffofligini, zarur axborotga ega bo‘lishini va ularni o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga xizmat qiladi.





13.1-rasm. www.soliq.uz saytida Interaktiv xizmatlar ro‘yxati

Yangi ishga tushirilgan elektron soliq xizmatlari my.soliq.uz portalining elektron davlat xizmatlari interaktiv va axborot davlat xizmatlariga ajratilgan. Xizmatlar yo‘nalishiga ko‘ra “murojaatlar yuborish”, “soliqlarni to‘lash”, “ma’lumotnomalar olish”, “hisobga qo‘yish” kabi guruhlarga bo‘lingan. 


Bugungi kunda, davlat soliq qo‘mitasining 31 ta elektron davlat xizmatlari, shu jumladan 18 ta interaktiv va 13 ta axborot xizmatlari elektron soliq xizmatlari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan. Bundan tashqari, 27 turdagi ochiq ma’lumotlardan ham foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Portalda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq barcha masalalarni elektron shaklda hal etishga mo‘ljallangan yuridik va jismoniy shaxslarning «shaxsiy kabinet»lari yanada qulay ko‘rinishda qayta ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun alohida «shaxsiy kabinet» joriy etildi.
Yangi portalda soliqlarni mustaqil ravishda hisoblab chiqarish, hisobot va soliq deklaratsiyalarini yuborish, rasmiy tushuntirishlar va 14 xil turdagi ma’lumotnomalar (spravka) olish mumkin. Shuningdek, korxonaning hisob raqamiga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari ro‘yxati bilan tanishish, soliqlarni onlayn rejimida to‘lash, korxonaga yuborilgan ogohlantirish xabarnomalari to‘g‘risida tezkor xabardor bo‘lish, fuqarolarga hisoblangan sug‘urta badallarini ko‘rish kabi 10 dan ortiq yangi imkoniyatlar yaratildi.
Jumladan, portal yordamida tadbirkorlik subyektlari barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimida to‘lashlari mumkin. Buning uchun elektron raqamli imzo kaliti orqali shaxsiy kabinetga kirib, soliq turini tanlash va to‘lov summasini ko‘rsatib, «to‘lash» tugmasini bosish kifoya. Korxonaning elektron to‘lov topshiriqnomasi bankka avtomatik ravishda etkaziladi va shu zahotiyoq to‘lov amalga oshirilib, soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasiga qayd etiladi. Agar hisob-raqamda pul miqdori etarli bo‘lmasa, to‘lov topshiriqnomasi 2-sonli kartotekaga joylashtirilib, bu haqda Davlat soliq qo‘mitasiga elektron xabarnoma yuboriladi. Mazkur to‘lov tizimi 24 soat davomida uzluksiz va bepul ishlaydi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling