J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Hisobotning o‘z vaqtida topshirilganligi va soliq inspektori tomonidan imzolanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olish tartibi


Download 3.38 Mb.
bet94/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

13.3. Hisobotning o‘z vaqtida topshirilganligi va soliq inspektori tomonidan imzolanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olish tartibi

Davlat Soliq Qo‘mitasining 2005 yil 10 iyuldagi 2005-42-son qaroriga ilova qilib “Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida” nizomi tasdiqlangan.


Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi "Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida"gi PQ-100 sonli qaroriga asosan soliq to‘lovchilar tomonidan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va ajratmalar, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar (shu jumladan qonunchilikka muvofiq hisob-kitoblarga ilova qilinadigan hujjatlar) hamda soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash, to‘lashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni soliq organlariga taqdim etish borasida o‘zaro munosabatlar tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom amaldagi qonunchilikka ko‘ra soliq to‘lovchi bo‘lgan va davlat soliq xizmati organlariga hisobotlar taqdim etishi belgilangan tadbirkorlik subyektlariga va boshqa tashkilotlarga tadbiq etiladi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning shakllari, ularni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.





13.2-rasm. Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali

Soliqlar, majburiy to‘lovlar va ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzish tartibi hamda taqdim qilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy, soliq hisobotlar va soliqlarni hisoblab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy ma’lumotnomalardan tashqari soliq to‘lovchilardan qo‘shimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish qat’iyan man etiladi.
Hisobotlar soliq to‘lovchilar tomonidan quyidagi tartiblarda taqdim etishlari mumkin:
a) soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan davlat soliq xizmati organiga bevosita tashrifi orqali.
Soliq to‘lovchilar tomonidan hisobotlar soliq inspektsiyalardagi alohida maxsus ajratilgan xonalarda (operatsion zallarda) taqdim etiladi.
b) pochta aloqasi orqali.
s) elektron hujjat aylanishi orqali.
Ushbu tartibda hisobotlar soliq to‘lovchi tomonidan elektron shakllarda tayyorlanib, belgilangan muddatlarda hisobga qo‘yilgan davlat soliq inspektsiyalariga elektron aloqa orqali yuboriladi. Elektron hujjatlarda tayyorlangan hisobotlar bevosita soliq to‘lovchi yoki ularning axborot vositachisi orqali yuborilishi mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan hisobotlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hisobotlarning belgilangan shakllari to‘liq to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish va to‘lashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan quyidagi majburiy rekvizitlariga ega bo‘lishi kerak:

  • elektron raqamli imzo;

  • elektron hujjatni jo‘natuvchi soliq to‘lovchining nomi;

  • elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;

  • hujjat yaratilgan sana.

Elektron hujjatlarda taqdim etilayotgan hisobotlardagi ma’lumotlarni himoyasini ta’minlash maqsadida, elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan ma’lumotlarni kriptografiya himoya vositalari qo‘llaniladi.
Elektron shaklda hisobotlarni taqdim etgan soliq to‘lovchilar ushbu hisobotlarni qog‘oz nusxalarda taqdim etish majburiyatiga ega emas.
Hisobotlarni taqdim etish tartibi soliq to‘lovchilar tomonidan tanlab olinadi.
Bunda, hisobotlarni tasdiqlangan shakllarda taqdim etilishi ta’minlanishi shart.
Soliq to‘lovchilar tomonidan elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilish va ishlov berish uchun hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmada alohida elektron manzilga ega bo‘lgan elektron hujjatlarni qabul qilib oluvchi kompyuter o‘rnatiladi. Ushbu kompyuter davlat soliq inspektsiyasining lokal tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.
Pochta aloqasi orqali soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar davlat soliq inspektsiyasining umumiy bo‘limiga kelgach, umumiy bo‘lim pochta konvertidagi barcha hujjatlarni yagona raqam va kelib tushish sanasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazib, bir kun ichida reestr asosida hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaga taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilar hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaning ma’sul xodimlariga bevosita hisobotlarni topshirganda, hisobotlarni qabul qilib olgan shaxs soliq to‘lovchining hisobotning ikkinchi nusxasining o‘ngdan pastki burchagiga davlat soliq xizmati idorasining ro‘yxatga olish shtampini qo‘yadi, kirish raqami va hujjatning kelib tushgan sanasini ko‘rsatadi.
Davlat soliq inspektsiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaga soliq to‘lovchilarning hisobotlari tushgandan so‘ng, ularni olinganligini, soliq to‘lovchilarning hisobotlarini ro‘yxatga olish jurnaliga bir kun ichida qayd qiladilar.
Topshiriladigan hisobotlarni qayd qilish jurnali raqamlanishi, tikilgan, Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘ining imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Soliq to‘lovchilarning hisobotlarini olish jurnalida hisobotlar soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan sanasi:

  • elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilganda, "Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, hisobotlarni jo‘natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan jo‘natilish sanasi;

  • hisobotlarni jo‘natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan jo‘natilish sanasi;

  • pochta aloqasi orqali taqdim etilganda, hisobotlarni yuborilganligi to‘g‘risida pochta bo‘limining shtampidagi sanasi;

  • soliq to‘lovchilarning bevosita davlat soliq inspektsiyasiga tashrifi orqali taqdim etilganda, hisobotlarni qabul qilib olgan shaxs tomonidan hujjatning kelib tushganligi to‘g‘risida ko‘rsatilgan sanasi hisoblanadi.

Elektron shakldagi hisobot qabul kilinganligi haqida soliq inspektsiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yiladi va imzolangan hisobot soliq to‘lovchiga qaytariladi.
Elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlar maxsus ajratilgan kompyuterlarda saqlanadi. Elektron hisobotlarni saqlash chog‘ida ulardan foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling