J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet97/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Balans netto - qiymatdagi tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo‘lib, buni "tozalash" deyiladi.
Balansning realligi - moddalar obyektiv vokelikka muvofiq kelishini anglatadi.
Balansning to‘g‘riligi - balans tuzishda asoslanilgan hujjatlarning tulaligi va sifat bilan ta’minlanadi.
Birja solig‘i - birja oborotidan olinadigan soliq proportsional stavkalar bo‘yicha olinib,uning darajasi bitimlar summasiga nisbatan 1% dan 2,5% gacha tebranadi. Bu soliqqa tortish obyekti bo‘lib, fond birjasidagi qimmatbaho qog‘ozlar oboroti hisoblanadi.
Boj deklaratsiyasi - milliy qonunchilikning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan, o‘zida chegaradan utayotgan yuklar (eksport yoki import qilinayotgan tovarlar, yo‘lovchi yuki, uning qo‘lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjat.
Boj poshlinalari - iste’mol soliqlarning tarkibiga kiradi. Ularning maqsadi daromad olish bo‘lmasdan, balki ichki bozorni,milliy sanoatni va kishlok xo‘jaligini himoya qilishdir. Import qilinadigan tovarlarning bahosi bilan ichki bozordagi xuddi shunga uxshash tovarlarning bahosini tenglashtirilishi lozim.
Boj poshlinalarining stavkalari - hukumat tomonidan urnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan tovarlarni olib utuvchi shaxslarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmasdir.
Byudjetdan ajratiladigan subsidiya - davlat tomonidan muayyan maqsadlar uchun byudjet hisobidan beriladigan pul mablag‘lari;
Grant - davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk;

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling