J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari
Toiov balansi va unga davlat aralashuvi, xato va o‘tkazib
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.5. To‘lov balansiga ta’sir etuvchi omillar va uni tartibga solishning asosiy usullari
- Tayanch so‘z va iboralar
- Takrorlash uchun savollar
10.3. Toiov balansi va unga davlat aralashuvi, xato va o‘tkazib yuborishlar Toiov balansini yaxlit holda quyidagi tenglama orqali ifoda- lash mumkin: Kapital va moli- Mamlakatning toiov _ Joriy operatsiyalar yaviy vositalar bilan balansi hisobi balansi operatsiyalar hisobi balansi
Davlat toiov balansini tartibga solishga (valuta intervensiyalari ko‘rinishida) aralashmasa quyidagi tenglik bajarilishi lozim. Joriy operatsiyalar hisobi _ Kapital va moliyaviy vositalar bilan balansi qoldig‘i operatsiyalar hisobi balansi qoldig‘i 256
To‘lov balansida balanslashtiruvchi modda sifatida, XVF taklifiga ko‘ra mamlakat valuta zaxiralari (oltin, xorijiy valuta, XVFdagi mamlakatning zaxira pozitsiyasi, SDR aktivlari) bilan amalga oshirishgan operatsiyalar, valuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlat organlarining xalqaro tashkiiotlar oldidagi maj- buriyatlari, SDRlar taqsimoti olingan. «Sofxatolar va o‘tkazib yuborishlar» moddasi. To‘lov balansini tuzishda ma’lumotlar turli manbalardan olinganligi, ikki yoqlama yozuv tamoyilini (debet teng kredit qiymatiga) hisobga olgan hol- da yakuniy hisobga «Sof xatolar va o‘tkazib yuborishlar» («Errors and omissions») moddasi kiritiladi. Ya’ni mazkur modda orqali to‘lov balansining debeti uning kredit qismiga tenglashtiriladi. Ushbu modda texnik xususiyatga ega bo'lib, uning to'liq va aniq iqtisodiy tavsifi mavjud emas. Qaysi mamlakatda tashqi savdo operatsiyalarining hisobi aniq yuritilsa, mustahkam va barqaror tendensiya bilan o‘zgarsa, maz- kur modda qiymati katta bo‘lmaydi (ya’ni eksport yoki import hajmiga nisbatan u 5—7% darajasida bo‘lsa, o‘rta (normal) holat hisoblanadi). Qaysi bir mamlakatda qashshoqlik yoki noqonuniy kapital chiqishi yuqori bo‘lsa, mazkur moddaning qiymati ham shuncha katta boiadi. Ba’zan, tashqi savdo operatsiyalarining hisobi aniq yuritiladi- gan, mustahkam va barqaror tendensiya bilan o‘zgaradigan AQSH ham toiov balansida «Sof xatolar va o‘tkazib yuborishlar» mod- dasi juda katta boigan holatlar kuzatilgan. Xususan, 1997-yilda ushbu moddaning qiymati 132 mlrd AQSH dollaridan ortib ketib, qariyb joriy operatsiyalar balansi qoldigiga tenglashgan. Mazkur holat, hattoki iqtisodiyoti rivojlangan AQSH toiov balansini tu- zuvchilari ham toiiq yetarli maiumotlar bilan ta’minlanmasligini ko'rsatadi. Toiov balansidagi m aium bir mablagiar noqonuniy xususiyat kasb etganligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, mazkur ko‘rsatkichni toiov balansining joriy operatsiyalari hisobi hamda kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalari hisobidagi qoldiqlar farqi sifatida qaralsa, 257
boshqa tornondan esa, mamlakatning rasmiy oltin valuta zaxi- ralaridagi o‘zgarish sifatida baholanadi. 10.4. Mamlakat to‘lov balansining makroiqtisodiy modeli Mamlakat to‘lov balansi mahsulot va xizmatlar bozori moli- yaviy oqimi uzviy aloqaga ega. Bu aloqadorlikni milliy hisob- chilik tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin: Y=C+I+G+Xn (1)
Bu yerda: Y — yalpi milliy mahsulot hajmi; C — iste’mol xara- jatlari hajmi; 1 — investitsion xarajatlar hajmi; G —davlat (budjet) xarajatlari hajmi; Xn— mamlakatning sof eksport hajmi. Mazkur tenglikni quyidagi shaklga almashtirish mumkin: Y -C -G =I+X n (2)
Natijada, (Y— C— G) ushbu holat milliy jamg‘arish (S) hajmini ifodalab, tenglikni quyidagi shaklda yozish imkonini beradi: S=l+Xn (3)
Bir mamlakat iqtisodiyotida milliy jamg‘arish hajmi(S)ni ik- kiga ajratib ko‘rsatish ham mumkin (S=S,+S7). Ya’ni shaxsiy jamg‘arma (S, = Y—T) va davlat jamg‘armasi (S2 =T—G). Bu yer- da: T — davlat budjetiga soliqlardan tushum va majburiy to‘lovlar hajmi. (3) formuladan tenglikning bir tomoniga barcha ko‘rsatkich- larni olib o‘tgan holda, milliy hisobchilik tizimida juda muhim bo'lgan quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz: (I—S)+Xn=0 (4)
Mazkur ifoda, milliy hisobchilik tizimida kapitalni jamg‘arish (I—S) uchun xalqaro mablagiar oqimi va xalqaro tovar hamda xizmatlar oqimi (Xn) o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘rsatib beradi. Tenglikning har bir boiagi toiov balansi bilan bogiiq o‘z nomiga ega, ya’ni: (I—S) — toiov balansida kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldigini ko‘rsatadi. 258
Xn — toiov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi qoldigini ko‘rsatadi. Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldigi (I—S) mamlakat ichidagi jamg‘armadan investitsiyalar- ning ortiq qismini ko‘rsatadi. Mamlakat ichidagi investitsiyalar jamg‘armadan ochiq iqtisodiyot sharoitida ortiq boiishi mum- kin. Chunki investorlar o‘z loyihalarini moliyalashtirish uchun mamlakat ichidagi jamg‘armadan ortiqcha mablag‘ni faqat ja- hon moliya bozoridan jalb etadi (oladi). Joriy operatsiyalar hisobi qoldigi (Xn) mamlakatning sof eksporti evaziga xorijdan olingan mablagiarni anglatadi. Milliy hisobchilik tizimining asosiy ayniyatlari toiov balan- sining kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hiso- bi va joriy operatsiyalar hisobi o‘zaro muvozanatlashgan, ya’ni tenglashgan boiishi lozim. Bu esa, toiov balansida kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldigi bilan joriy operatsiyalar hisobi qoldigi yigindisi nolga teng boiishini ang- latadi va quyidagi ayniyat toiov balansi uchun milliy hisobchilik tizimidagi asosiy tenglama ekanligini ko‘rsatadi. (1—S)+Xn=0 = BP (Balance of Payments) Agar, (I—S) qiymat ijobiy boisa va (Xn) manfiy boisa, kapi- tal va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldigi ijobiy va joriy operatsiyalar hisobi qoldigi salbiy (defitsit) boiganligini anglatadi. Bu esa, biz jahon moliya bozoridan qarz olgan holda, o‘zimizning eksportimizdan ko‘p import qilganligimizni bildiradi. Agar, (I—S) qiymat manfiy (taqchillik) boisa va (Xn) ijobiy boisa, kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldigi salbiy (defitsit) va joriy operatsiyalar hisobi qoldigi esa profitsit boiganligini anglatadi. Bu esa, biz jahon moliya bo- zoriga kreditor sifatida chiqayotganligimizni va o‘zimizning im- portimizdan ko‘p eksport qilayotganligimizni bildiradi. Bir tomondan, bir mamlakat jamg‘armasi undagi investitsiya- lar miqdoridan ortiq ketadigan bo‘lsa, ortiqcha qism xorijga kredit 259
sifatida beriladi. Boshqa mamlakatga ega o‘sha mamlakat tovar- lari va xizmatlarini sotib olishi (import) uchun ortiqcha moliyaviy mablag‘ kerak bo‘ladi va Xn ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi. Boshqa tomondan esa, agar bizning investitsiyamiz o‘z jamg‘armalarimizdan ortib ketsa, ortiqcha investitsiyalar xorijiy mamlakatlardan moliyalashtirilganligini anglatadi. Jalb etilgan ushbu qarz mablag'lari hisobiga o‘z eksportimizdan ko‘ra ko‘proq mahsulotni import qilish imkonini beradi va Xn salbiy qoldiqqa ega bo'ladi. Xalqaro kapital oqirni bir qator shakllarda bo‘lishi mumkin. Kapital harakatidagi ijobiy qoldiq yuzaga kelsa, odatda mam- lakat chet eldan qarz olgan hisoblanadi. Xuddi shunday, kapital- ning xalqaro joylashuvi chet elliklar tomonidan o‘sha mamlakat aktivlariga ega boMish shaklida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, yaponiyalik investorlar amerikadagi Rokfellerlar markazini egal- laganda, ushbu bitirn natijasida AQSH to‘lov balansining kapital harakati hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‘lgan, lekin Yaponiyadan qarz olmagan. Xorijliklar tomonidan mamlakatning ichki qarz majburiyatlari (davlat obligatsiyalari va h.k.) olinganda, ya'ni mamlakat chetdan qarz olganda ham, mamlakat ichidagi ak- tivlarga ega bo‘lganda ham, ularning ushbu mamlakat kapitali- dan kelajakda olinadigan daromadga ega bo'lish huquqi mavjud. Boshqacha aytganda, har ikki holatda ham, chet elliklar ush- bu mamlakat kapital zaxirasining ma’lum bir qismiga (ulushi- ga) ega bo‘lishadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat natijasidan olingan ijobiy qoldiqlar, «foyda», mamlakatning xalqaro kapital za- xirasi sifatida rasmiy oltin-valuta zaxirasiga jamlanadi. Shuning uchun ham, yuqorida keltirilgan to‘lov balansining makroiqti- sodiy formulasi qisqacha (sodda) ko‘rinish bo‘lib, unga mam- lakatning oltin valuta zaxiralari harakati (OR — official reserves) ning hisobi qo‘shilmagan. ORning o‘zgaris)j,i davlatning oltin valuta jamg‘armasining kamayishi yoki ko‘payishini o‘zida ifo- dalaydi. Bunda kapital harakati hisobi bilan bog‘liq bo'lgan ope- ratsiyalar kirmaydi. 260
To'lov balansining yakuniy makroiqtisodiy modeli quyidagi ko'rinishga ega: (I - S) +Xn + OR =0 Shunday qilib, joriy operatsiyalar hisobi qoldig‘i, nafaqat xalqaro kapital harakati hisobi qoldig‘i bilan, balki ((I — S)+ OR) summa bilan tenglashtiriladi. 10.5. To‘lov balansiga ta’sir etuvchi omillar va uni tartibga solishning asosiy usullari To‘lov balansi mamlakatning jahon xo‘jaligidagi ishtiroki, ko‘lami, tarkibi va tashqi iqtisodiy aloqalari to‘g‘risida to‘liq tasavvurni shakllantirib, unda, bular bilan birga quyidagilar ham aks etadi: — tovarlar, kapital va xizmatlar importiga bo'lgan talab va eksport taklifi bilan aniqlanadigan milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy muvozanatsizlik; — iqtisodiyotni bozor va davlat orqali tartibga solish holatidagi o‘zgarishlar; — bozor konyunkturasidagi omillar (xalqaro raqobat darajasi, inflyatsiya, valuta kursining o‘zgarishi va h.k.). Mamlakatning to‘lov balansi holatiga ko‘p omillar ta'sir eta- di. Biroq, ulardan eng asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Mamlakat iqtisodiyotining va xalqaro raqobatning bir tekis rivojlanmasligi. Ma’lum bir mamlakat to‘lov balansining asosiy moddalari jahon iqtisodiyotidagi boshqa mamlakatlar bilan ushbu mamlakatning raqobat qilish kuchlari nisbatani o‘zida aks ettiradi. Iqtisodiyotdagi siklik tebranishlar. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari natijasi milliy iqtisodiyot holatiga ta'sir ko‘rsatganidek, to‘lov balansiga xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatida o'sish, pasayish va tebranishlar o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Masalan, mamlakatda ishlab chiqarish hajmining or- tishi elektr energiya manbalariga, xomashyo va asbob-uskunaga 261
bo‘lgan import talabi ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Milliy iqtisodiyot jahon iqtisodiyotiga nisbatan sekin rivojlansa, ushbu mamlakat- dan kapitalning chiqib ketishi sodir bo‘ladi. Mamlakatda rivoj- lanish sur’atlari ortsa, yoki tezlashsa, foyda olish miqdori ham, foiz stavkalar ham oshadi, kapitalning chiqishi esa qisqaradi. Davlatning chet eldagi xarajatlarining ortishi. Turli siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlagan hukumatning tashqi xarajatlari milliy iqtisodiyot uchun og‘ir yuk hisoblanadi. Uning to‘lov balansiga bilvosita ta’siri mamlakatning iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarish sur'atlarining o‘zgarishi, milliy iqtisodiyotning eksport tarmoqlaridan resurslarni olib qo'yish, eksportni kamayishi va h.k. orqali sodir bo‘ladi. Kapitalning kirishi va chiqib ketishi. Kapitalning chiqishi va kirib kelishi to‘lov balansiga ikki tomonlama ta'sir qiladi. Xusu- san, kapitalning chiqishi uning passivini oshiradi. Bunda eksport tarmoqlarini modernizatsiyalash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan mablag‘larni o‘ziga jalb etadi (ya’ni tortib oladi). Shu- ningdek, kapital eksporti ma’lum bir davrdan so‘ng dividend va foiz, foyda ko'rinishida mamlakatga xorijiy valutada mablag‘larni kirib kelishini ta'minlaydi. Xorijiy kapilallarning mamlakatga kirib kelishi importyor mamlakat to‘lov balansiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Chunki tarmoq- larga xorijiy kapitalni kiritish natijasida tarmoqlarning iqtisodiy samaradorligi ortsa, undan olingan daromad tashqi qarzlarrit® so‘ndirishga yo'naltiriladi. Aks holda esa, u to‘lov balansiga salbiy ta’sir etishi rnumkin. Inflyatsiya. Jnflyatsiya mamlakat to‘lov balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakat ichida narxlarning ortishi mahalliy tovar- lar raqobatbardoshligini kamaytiradi, ularning eksportini qiyin- lashtiradi, tovarlar importini kuchaytiradi, chet elga kapitalning chiqib ketishi, «qochishi» sodir bo'ladi. Favqulodda holatlar. Hosilning yo‘qolishi, stixiyali (o‘z-o‘zidan sodir bo‘lgan) qashshoqlik, tabiiy ofatlar va h.k. kabi favqulodda holatlar mamlakat to‘lov balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 262
Savdo cheklovlari. To‘lov balansiga mamlakatlarning bir- biriga nisbatan qo‘llayotgan diskriminatsiyalari, proteksionistik harakatlari, xususan mamlakatlarning o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik munosabatlariga qarshilik qiluvchi bojxona to‘siqlari to‘lov balansida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. To'lov balansining davlat tomonidan tartibga solinishi bu dav- lat to‘lov balansining asosiy moddalarini shakllantirishga hamda paydo bo‘lgan taqchillikni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan iqti- sodiy, jumladan, valuta, moliya, pul-kredit tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatining umumiy yig'indisidir. Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblari va valuta-iqtisodiy holatiga bog‘liq holda to‘lov balansini boshqarishning, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni rag'batlantirish yoki qisqartirishga yo‘naltirilgan turli usullari mavjud. To‘lov balansida taqchillik mavjud bo‘lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag‘batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratil- gan quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi: Deflyatsion siyosat. Bu siyosat ichki talabni kamaytirish- ga yo‘naltirilgan holda, o‘z ichiga budjet mablag‘larini aholiga kamroq ishlatish, baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning eng asosiy instrumentlaridan biri bo‘lib, moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: budjet taqchilligini kamaytirish, Markaziy Bankning hisob stavkalarini o‘zgartirishi (diskont siyosati) kredit cheklovlari, pul muassasining o‘sib bo- rishiga chegara qo‘yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi va to‘la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvat- lari sharoitida deflyatsiya siyosatini qo‘llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatib, vaziyatni yum- shatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, ijtimoiy ni- zolar kelib chiqadi. Devalvatsiya. Milliy valuta kursi (boshqa xorijiy valutalarga nisbatan qadri)ning pasaytirilishi. Bu tadbir milliy eksportni 263
rag'batlantirish va importni jilovlash bilan bogiiq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo toiov balansini tartibga solishda de- valvatsiyaning roli, uni oikazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bogiiq boiadi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlar ning eksport potensiali va jahon bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag‘batlantirishi mumkin. Devalvatsiyaning importni cheklashga ta'siri esa, takror ishlab chiqarish jarayonining baynalminallashuvi hamda xalqaro ixtisoslashuv darajasining rivojlanishi bilan, mamlakatning im- portni cheklash bo'yicha keskin choralar qo'llash imkoniyatlari pasayishidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mum- kinki, hamma mamlakatlarda ham import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning ko'tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi. Shuning uchun bu tadbir mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u to‘lov balansi- ning taqchilligini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya yetarli darajada bo'lishi zarur. Aks holda, u valuta spekulyatsiyasini kuchaytiradi va valuta kursini qaytadan ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Haddan ortiq darajada amalga oshirilgan devalvatsiya, boshqa valutalar kursini ham tushirishga olib keladigan, zanjirli reaksiyani amalga oshiradi. Va natijada, devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o‘zi kutgan ustuvorlikka ega bo'la olmasligi mumkin. Valuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning xori- jiy valutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy valutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, u valuta operatsiyalarni maxsus ruxsat- nomaga ega bo‘lgan banklarda amalga oshirilishi hamda toiov balansidagi taqchillikni kamaytirish maqsadida, kapital ekspor- 264
tini chegaralash va uning oqib kelishini rag‘batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig‘indisidir. Moliya va pul-kredit siyosati. To‘lov balansidagi taqchillikni bartaraf etish maqsadida eksport qiluvchilarga budjet subsidi- yalari beriladi, proteksionistik (ichki ishlab chiqaruvchilarni himoyalash) maqsadlarida import bojlari oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag‘batlantirish maqsadida qim- matli qog‘ozlar egasi bo‘lgan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-tadbirlardan keng foydalaniladi. Shu- ningdek, pul-kredit siyosati, bank hisob siyosati va muomaladagi pulning massasini belgilash tadbirlari yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Tayanch so‘z va iboralar To‘lov balansi, aktiv, passiv, ikki yoqlama yozuv, debet, kredit, to‘lov balansining neytral va tahliliy shakli, joriy operatsiyalar hi- sobi, savdo balansi, xizmatlar balansi, joriy o‘tkazmalar, bir to- monlama o‘tkazmalar, xalqaro kapital harakati, kapital bilan ope- ratsiyalar hisobi, to‘lov balansida moliyaviy hisob, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, boshqa investitsiyalar, sof xatolar va o‘tkazib yuborishlar, davlatning oltin valuta zaxirasi, yalpi milliy mahsulot, istc’mol xarajatlari, investitsion xarajatlar, davlat (budjet) xarajatlari, sof eksport, shaxsiy jamg‘arma, davlat jamg‘armasi, yalpi milliy jamg‘arish, xalqaro raqobat, iqtisodi- yotdagi siklik tebranish, davlatning chet eldagi xarajatlari, kapital eksporti va importi, savdo cheklovlari, inflyatsiya, deflyatsion siyo- sat, devalvatsiya, valuta cheklovlari, moliya va pul-kredit siyosati. Takrorlash uchun savollar: 1. To'lov balansining iqtisodiy mohiyati va tuzishning ahami- yatini aytib bering. 2. To‘lov balansi qanday shakllarda taqdim etiladi va ularning farqli jihatlari to'g'risida nimalarni bilasiz? 3. To‘lov balansi tarkibi qanday? 265
4. To'lov balansi kredit qismida qanday operatsiyalar yoziladi va u qanday ahamiyatga ega? 5. To‘lov balansi debet qismida qanday operatsiyalar yoziladi va u qanday ahamiyatga ega? 6. To‘lov balansining aktiv va passiv operatsiyalari, holatlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 7. Joriy operatsiyalar hisobi balansi hisobida nimalar aks ettiriladi? 8. Bir tomonlama o‘tkazmalar va xizmatlar balansi qanday operatsiyalardan shakllantiriladi? 9. Tashqi savdo balansida nimalar aks ettiriladi? 10. Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida qanday operatsiyalar amalga oshiriladi? 11. To'lov balansiga davlat aralashuvi qanday bo'ladi? 12. To‘lov balansining xato va o‘tkazib yuborishlar moddasi nima uchun kerak, unda nimalar aks ettiriladi? 13. Mamlakat to‘lov balansining makroiqtisodiy modelini tuzish to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 14. To‘lov balansiga ta’sir etuvchi omillarni aytib bering va ularni izohlang. 15. To‘lov balansini tartibga solishning qanday asosiy usul- larini bilasiz va ularga izoh bering.
1. To‘lov balansining iqtisodiy mohiyati va makroiqtisodiy modelini o‘rganish bo‘yicha klaster tuzing. 2. Mamlakatlarning to‘lov balanslarini Xalqaro valuta fondi, Jahon banki va UNCTAD (BMTning savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi) ma’lumotlari asosida o‘rganing va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘lov balansiga xos xususiyatlarni aniqlang. 3. Merkantilistlarning iqtisodiy qarashlari bo‘yicha Devid Yumning xalqaro savdo va metall pullar harakati nazariyasini mamlakat to‘lov balansiga bog‘lagan holda o'rganing. 4. To‘lov balansining qoldig‘ini o‘lchash konsepsiyalari rivoj- lanish jarayonini o‘rganing, ularni o‘zaro solishtiring va hozirgi 266
kunda mamlakat to‘lov balansini tuzish va uni e’lon qilish shart- lari bo‘yicha xulosa yasang. 5. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi bilan birga to‘lov balansini tuzing va nati- jalarga izoh bering. Operatsiyalar Pul
birlik Operatsiyalar Pul birlik
Avtomobillar eksporti
1,0 Qishloq xo‘jalik mahsulot- lari eksporti 1,0
Chet elda turizm xarajatlari 8,5 Avtomobillar importi 30,4 Hisob-kitob texni- kasi eksporti 15,2
Harbiy asbob-uskunalar eksporti
7,1 Neft importi 10,5 Chet elliklarga oltinni sotish 1,0
Davlat obligatsiyala- rini sotish 4,0 Milliy korporatsiyalarning xorijiy aksiyalarini sotish 2,1
Bug'doy eksporti 20,0
6. Berilgan ma’lumotlar asosida toping: 3 yil uchun Xn (savdo balansi qoldig‘i), S, (Shaxsiy jamg‘arma), S2 (Davlat jamg‘armasi), S=Sj+S2 (Umumiy jamg‘arma), Kapital harakati balansi qoldig‘i. Yillar Y (YIM) C (lste’mol xarajatlari) I (Inves- titsiya)
G (Davlat xarajatlari) T (Budjet daromad- lari) 1
3000 900
1000 900
2 5000
3200 900
1000 900
3 5000
3200 1000
900 1000
267 |
ma'muriyatiga murojaat qiling