J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari


  Toiov balansi va unga  davlat  aralashuvi,  xato va  o‘tkazib


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana13.11.2017
Hajmi2.92 Mb.
#20007
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33

10.3.  Toiov balansi va unga  davlat  aralashuvi,  xato va  o‘tkazib

yuborishlar

Toiov  balansini  yaxlit  holda  quyidagi  tenglama  orqali  ifoda- 

lash  mumkin:

Kapital va moli-

Mamlakatning toiov  _  Joriy operatsiyalar 

yaviy vositalar bilan 

balansi 

hisobi balansi 

operatsiyalar hisobi

balansi


Davlat toiov balansini tartibga solishga (valuta intervensiyalari 

ko‘rinishida)  aralashmasa  quyidagi  tenglik  bajarilishi  lozim.

Joriy operatsiyalar hisobi  _ 

Kapital  va  moliyaviy vositalar bilan 

balansi qoldig‘i 

operatsiyalar hisobi balansi qoldig‘i

256


To‘lov  balansida  balanslashtiruvchi  modda  sifatida,  XVF 

taklifiga  ko‘ra  mamlakat  valuta  zaxiralari  (oltin,  xorijiy  valuta, 

XVFdagi  mamlakatning  zaxira  pozitsiyasi,  SDR  aktivlari)  bilan 

amalga oshirishgan  operatsiyalar,  valuta  munosabatlarini  tartibga 

soluvchi  davlat  organlarining  xalqaro  tashkiiotlar  oldidagi  maj- 

buriyatlari,  SDRlar  taqsimoti  olingan.

«Sofxatolar va o‘tkazib yuborishlar»  moddasi.  To‘lov balansini 

tuzishda ma’lumotlar turli manbalardan olinganligi,  ikki yoqlama 

yozuv tamoyilini  (debet teng kredit  qiymatiga) hisobga olgan hol- 

da yakuniy hisobga «Sof xatolar va  o‘tkazib yuborishlar»  («Errors 

and  omissions»)  moddasi  kiritiladi.  Ya’ni  mazkur  modda  orqali 

to‘lov  balansining  debeti  uning  kredit  qismiga  tenglashtiriladi. 

Ushbu  modda  texnik  xususiyatga  ega  bo'lib,  uning  to'liq  va  aniq 

iqtisodiy  tavsifi  mavjud  emas.

Qaysi  mamlakatda  tashqi  savdo  operatsiyalarining  hisobi  aniq 

yuritilsa,  mustahkam va barqaror tendensiya bilan  o‘zgarsa,  maz- 

kur  modda  qiymati  katta  bo‘lmaydi  (ya’ni  eksport  yoki  import 

hajmiga  nisbatan  u  5—7%  darajasida  bo‘lsa,  o‘rta  (normal)  holat 

hisoblanadi).  Qaysi  bir  mamlakatda  qashshoqlik  yoki  noqonuniy 

kapital  chiqishi  yuqori  bo‘lsa,  mazkur  moddaning  qiymati  ham 

shuncha katta boiadi.

Ba’zan,  tashqi  savdo  operatsiyalarining  hisobi  aniq  yuritiladi- 

gan, mustahkam va barqaror tendensiya bilan o‘zgaradigan AQSH 

ham  toiov  balansida  «Sof xatolar va  o‘tkazib  yuborishlar»  mod- 

dasi juda  katta  boigan  holatlar  kuzatilgan.  Xususan,  1997-yilda 

ushbu  moddaning qiymati  132 mlrd AQSH dollaridan ortib  ketib, 

qariyb joriy  operatsiyalar  balansi  qoldigiga  tenglashgan.  Mazkur 

holat,  hattoki  iqtisodiyoti  rivojlangan  AQSH  toiov  balansini  tu- 

zuvchilari ham toiiq yetarli maiumotlar bilan ta’minlanmasligini 

ko'rsatadi.  Toiov  balansidagi  m aium   bir  mablagiar  noqonuniy 

xususiyat  kasb  etganligini  ko‘rsatadi.

Umuman  olganda,  mazkur  ko‘rsatkichni  toiov  balansining 

joriy  operatsiyalari  hisobi  hamda  kapital  va  moliyaviy  vositalar 

bilan  operatsiyalari  hisobidagi  qoldiqlar  farqi  sifatida  qaralsa,

257


boshqa  tornondan  esa,  mamlakatning  rasmiy  oltin  valuta  zaxi- 

ralaridagi  o‘zgarish  sifatida  baholanadi.

10.4.  Mamlakat to‘lov balansining  makroiqtisodiy  modeli

Mamlakat  to‘lov  balansi  mahsulot  va  xizmatlar  bozori  moli- 

yaviy  oqimi  uzviy  aloqaga  ega.  Bu  aloqadorlikni  milliy  hisob- 

chilik tizimi  orqali  quyidagicha  ifodalash  mumkin:

Y=C+I+G+Xn 

(1)


Bu  yerda: Y — yalpi  milliy mahsulot  hajmi;  C — iste’mol xara- 

jatlari  hajmi;  1  — investitsion xarajatlar hajmi;  G  —davlat  (budjet) 

xarajatlari  hajmi;  Xn— mamlakatning  sof eksport  hajmi.

Mazkur  tenglikni  quyidagi  shaklga  almashtirish  mumkin: 

Y -C -G =I+X n 

(2)


Natijada,  (Y— C— G)  ushbu  holat  milliy jamg‘arish  (S)  hajmini 

ifodalab,  tenglikni  quyidagi  shaklda  yozish  imkonini  beradi:

S=l+Xn 

(3)


Bir  mamlakat  iqtisodiyotida  milliy  jamg‘arish  hajmi(S)ni  ik- 

kiga  ajratib  ko‘rsatish  ham  mumkin  (S=S,+S7).  Ya’ni  shaxsiy 

jamg‘arma  (S,  = Y—T)  va  davlat jamg‘armasi  (S2  =T—G).  Bu yer- 

da:  T — davlat  budjetiga soliqlardan  tushum  va  majburiy  to‘lovlar 

hajmi.

(3)  formuladan  tenglikning  bir  tomoniga  barcha  ko‘rsatkich- 



larni  olib  o‘tgan  holda,  milliy  hisobchilik  tizimida  juda  muhim 

bo'lgan  quyidagi  ifodaga  ega bo‘lamiz:

(I—S)+Xn=0 

(4)


Mazkur ifoda,  milliy hisobchilik tizimida  kapitalni jamg‘arish 

(I—S)  uchun  xalqaro  mablagiar  oqimi  va  xalqaro  tovar  hamda 

xizmatlar  oqimi  (Xn)  o‘rtasidagi  aloqadorlikni  ko‘rsatib  beradi. 

Tenglikning har bir boiagi toiov balansi bilan  bogiiq o‘z nomiga 

ega,  ya’ni:

(I—S)  —  toiov  balansida  kapital  va  moliyaviy  vositalar  bilan 

operatsiyalar hisobi  qoldigini  ko‘rsatadi.

258


Xn  —  toiov  balansidagi  joriy  operatsiyalar  hisobi  qoldigini 

ko‘rsatadi.

Kapital  va  moliyaviy  vositalar  bilan  operatsiyalar  hisobi 

qoldigi  (I—S)  mamlakat  ichidagi  jamg‘armadan  investitsiyalar- 

ning  ortiq  qismini  ko‘rsatadi.  Mamlakat  ichidagi  investitsiyalar 

jamg‘armadan  ochiq  iqtisodiyot  sharoitida  ortiq  boiishi  mum- 

kin.  Chunki  investorlar  o‘z  loyihalarini  moliyalashtirish  uchun 

mamlakat  ichidagi  jamg‘armadan  ortiqcha  mablag‘ni  faqat  ja- 

hon  moliya bozoridan jalb  etadi  (oladi).  Joriy operatsiyalar hisobi 

qoldigi  (Xn)  mamlakatning sof eksporti  evaziga xorijdan  olingan 

mablagiarni  anglatadi.

Milliy  hisobchilik  tizimining  asosiy  ayniyatlari  toiov  balan- 

sining  kapital  va  moliyaviy  vositalar  bilan  operatsiyalar  hiso- 

bi  va  joriy  operatsiyalar  hisobi  o‘zaro  muvozanatlashgan,  ya’ni 

tenglashgan  boiishi  lozim.  Bu  esa,  toiov  balansida  kapital  va 

moliyaviy  vositalar  bilan  operatsiyalar  hisobi  qoldigi  bilan joriy 

operatsiyalar  hisobi  qoldigi  yigindisi  nolga  teng  boiishini  ang- 

latadi  va  quyidagi  ayniyat  toiov balansi  uchun  milliy  hisobchilik 

tizimidagi  asosiy tenglama ekanligini  ko‘rsatadi.

(1—S)+Xn=0  =  BP  (Balance  of Payments)

Agar,  (I—S)  qiymat  ijobiy  boisa  va  (Xn)  manfiy  boisa,  kapi- 

tal  va  moliyaviy  vositalar  bilan  operatsiyalar  hisobi  qoldigi  ijobiy 

va  joriy  operatsiyalar  hisobi  qoldigi  salbiy  (defitsit)  boiganligini 

anglatadi.  Bu  esa,  biz jahon  moliya  bozoridan  qarz  olgan  holda, 

o‘zimizning eksportimizdan ko‘p import qilganligimizni bildiradi.

Agar,  (I—S)  qiymat  manfiy  (taqchillik)  boisa  va  (Xn)  ijobiy 

boisa,  kapital  va  moliyaviy  vositalar  bilan  operatsiyalar  hisobi 

qoldigi  salbiy  (defitsit)  va joriy  operatsiyalar  hisobi  qoldigi  esa 

profitsit  boiganligini  anglatadi.  Bu  esa,  biz  jahon  moliya  bo- 

zoriga  kreditor sifatida  chiqayotganligimizni  va  o‘zimizning  im- 

portimizdan  ko‘p  eksport  qilayotganligimizni  bildiradi.

Bir tomondan,  bir mamlakat jamg‘armasi  undagi  investitsiya- 

lar miqdoridan ortiq ketadigan bo‘lsa, ortiqcha qism xorijga kredit

259


sifatida  beriladi.  Boshqa  mamlakatga  ega  o‘sha  mamlakat  tovar- 

lari  va xizmatlarini sotib olishi  (import)  uchun ortiqcha moliyaviy 

mablag‘  kerak bo‘ladi  va Xn  ijobiy  qoldiqqa ega bo‘ladi.

Boshqa  tomondan  esa,  agar  bizning  investitsiyamiz  o‘z 

jamg‘armalarimizdan  ortib  ketsa,  ortiqcha  investitsiyalar  xorijiy 

mamlakatlardan  moliyalashtirilganligini  anglatadi.  Jalb  etilgan 

ushbu  qarz mablag'lari hisobiga o‘z eksportimizdan ko‘ra  ko‘proq 

mahsulotni  import  qilish  imkonini  beradi  va  Xn  salbiy  qoldiqqa 

ega bo'ladi.

Xalqaro  kapital  oqirni  bir  qator  shakllarda  bo‘lishi  mumkin. 

Kapital  harakatidagi  ijobiy  qoldiq  yuzaga  kelsa,  odatda  mam- 

lakat  chet  eldan  qarz olgan  hisoblanadi.  Xuddi  shunday,  kapital- 

ning  xalqaro joylashuvi  chet  elliklar  tomonidan  o‘sha  mamlakat 

aktivlariga  ega  boMish  shaklida  ham  bo‘lishi  mumkin.  Masalan, 

yaponiyalik  investorlar amerikadagi  Rokfellerlar markazini  egal- 

laganda,  ushbu  bitirn  natijasida AQSH  to‘lov  balansining  kapital 

harakati  hisobi  ijobiy  qoldiqqa  ega  bo‘lgan,  lekin  Yaponiyadan 

qarz  olmagan.  Xorijliklar  tomonidan  mamlakatning  ichki  qarz 

majburiyatlari  (davlat  obligatsiyalari  va  h.k.)  olinganda,  ya'ni 

mamlakat  chetdan  qarz  olganda  ham,  mamlakat  ichidagi  ak- 

tivlarga  ega  bo‘lganda  ham,  ularning  ushbu  mamlakat  kapitali- 

dan  kelajakda  olinadigan  daromadga  ega  bo'lish  huquqi  mavjud. 

Boshqacha  aytganda,  har  ikki  holatda  ham,  chet  elliklar  ush- 

bu  mamlakat  kapital  zaxirasining  ma’lum  bir  qismiga  (ulushi- 

ga)  ega  bo‘lishadi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  natijasidan  olingan 

ijobiy  qoldiqlar,  «foyda»,  mamlakatning  xalqaro  kapital  za- 

xirasi  sifatida  rasmiy  oltin-valuta  zaxirasiga jamlanadi.  Shuning 

uchun  ham,  yuqorida  keltirilgan  to‘lov  balansining  makroiqti- 

sodiy  formulasi  qisqacha  (sodda)  ko‘rinish  bo‘lib,  unga  mam- 

lakatning  oltin  valuta zaxiralari harakati  (OR  — official  reserves) 

ning  hisobi  qo‘shilmagan.  ORning  o‘zgaris)j,i  davlatning  oltin 

valuta jamg‘armasining  kamayishi  yoki  ko‘payishini  o‘zida  ifo- 

dalaydi.  Bunda kapital  harakati  hisobi  bilan bog‘liq bo'lgan  ope- 

ratsiyalar  kirmaydi.

260


To'lov  balansining  yakuniy  makroiqtisodiy  modeli  quyidagi 

ko'rinishga  ega:

(I  -   S)  +Xn  +  OR  =0

Shunday  qilib,  joriy  operatsiyalar  hisobi  qoldig‘i,  nafaqat 

xalqaro kapital  harakati  hisobi  qoldig‘i bilan,  balki  ((I  — S)+  OR) 

summa  bilan tenglashtiriladi.



10.5.  To‘lov balansiga  ta’sir etuvchi  omillar va 

uni  tartibga  solishning  asosiy  usullari

To‘lov  balansi  mamlakatning  jahon  xo‘jaligidagi  ishtiroki, 

ko‘lami,  tarkibi  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalari  to‘g‘risida  to‘liq 

tasavvurni  shakllantirib,  unda,  bular  bilan  birga  quyidagilar  ham 

aks  etadi:

—  tovarlar,  kapital  va  xizmatlar  importiga  bo'lgan  talab  va 

eksport  taklifi  bilan  aniqlanadigan  milliy  iqtisodiyotdagi  tarkibiy 

muvozanatsizlik;

—  iqtisodiyotni bozor va davlat orqali tartibga solish holatidagi 

o‘zgarishlar;

—  bozor konyunkturasidagi  omillar  (xalqaro  raqobat  darajasi, 

inflyatsiya,  valuta  kursining  o‘zgarishi  va  h.k.).

Mamlakatning  to‘lov  balansi  holatiga  ko‘p  omillar  ta'sir  eta- 

di.  Biroq,  ulardan  eng  asosiylari  sifatida  quyidagilarni  ko‘rsatish 

mumkin:

Mamlakat  iqtisodiyotining  va  xalqaro  raqobatning  bir  tekis 



rivojlanmasligi.  Ma’lum  bir  mamlakat  to‘lov  balansining  asosiy 

moddalari jahon  iqtisodiyotidagi  boshqa  mamlakatlar  bilan  ushbu 

mamlakatning raqobat qilish kuchlari nisbatani o‘zida aks ettiradi.

Iqtisodiyotdagi  siklik  tebranishlar.  Mamlakatning  tashqi 

iqtisodiy  aloqalari  natijasi  milliy  iqtisodiyot  holatiga  ta'sir 

ko‘rsatganidek,  to‘lov  balansiga  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar 

xo‘jalik  faoliyatida  o'sish,  pasayish  va  tebranishlar  o‘z  ta'sirini 

ko‘rsatadi.  Masalan,  mamlakatda  ishlab  chiqarish  hajmining  or- 

tishi  elektr  energiya  manbalariga,  xomashyo  va  asbob-uskunaga

261


bo‘lgan import talabi ko‘payishiga sabab bo‘ladi.  Milliy iqtisodiyot 

jahon  iqtisodiyotiga  nisbatan  sekin  rivojlansa,  ushbu  mamlakat- 

dan  kapitalning  chiqib  ketishi  sodir  bo‘ladi.  Mamlakatda  rivoj- 

lanish  sur’atlari  ortsa,  yoki  tezlashsa,  foyda  olish  miqdori  ham, 

foiz stavkalar ham  oshadi,  kapitalning  chiqishi  esa  qisqaradi.

Davlatning  chet  eldagi  xarajatlarining  ortishi.  Turli  siyosiy  va 

iqtisodiy  maqsadlarni  ko‘zlagan  hukumatning  tashqi  xarajatlari 

milliy  iqtisodiyot  uchun  og‘ir  yuk  hisoblanadi.  Uning  to‘lov 

balansiga  bilvosita  ta’siri  mamlakatning  iqtisodiy  o‘sish,  ishlab 

chiqarish  sur'atlarining  o‘zgarishi,  milliy  iqtisodiyotning  eksport 

tarmoqlaridan  resurslarni  olib  qo'yish,  eksportni  kamayishi  va 

h.k.  orqali  sodir  bo‘ladi.

Kapitalning  kirishi  va  chiqib  ketishi.  Kapitalning  chiqishi  va 

kirib  kelishi  to‘lov  balansiga  ikki  tomonlama  ta'sir  qiladi.  Xusu- 

san,  kapitalning chiqishi  uning passivini oshiradi.  Bunda  eksport 

tarmoqlarini  modernizatsiyalash  uchun  foydalanish  mumkin 

bo‘lgan  mablag‘larni  o‘ziga  jalb  etadi  (ya’ni  tortib  oladi).  Shu- 

ningdek,  kapital  eksporti  ma’lum  bir  davrdan  so‘ng  dividend  va 

foiz,  foyda  ko'rinishida  mamlakatga xorijiy  valutada  mablag‘larni 

kirib  kelishini  ta'minlaydi.

Xorijiy  kapilallarning  mamlakatga  kirib  kelishi  importyor 

mamlakat to‘lov balansiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Chunki tarmoq- 

larga  xorijiy  kapitalni  kiritish  natijasida  tarmoqlarning  iqtisodiy 

samaradorligi  ortsa,  undan  olingan  daromad  tashqi  qarzlarrit® 

so‘ndirishga  yo'naltiriladi.  Aks holda  esa,  u to‘lov balansiga salbiy 

ta’sir etishi  rnumkin.

Inflyatsiya.  Jnflyatsiya  mamlakat  to‘lov  balansiga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatadi.  Mamlakat  ichida  narxlarning  ortishi  mahalliy  tovar- 

lar  raqobatbardoshligini  kamaytiradi,  ularning  eksportini  qiyin- 

lashtiradi,  tovarlar  importini  kuchaytiradi,  chet  elga  kapitalning 

chiqib  ketishi,  «qochishi» sodir bo'ladi.

Favqulodda holatlar. Hosilning yo‘qolishi, stixiyali (o‘z-o‘zidan 

sodir  bo‘lgan)  qashshoqlik,  tabiiy  ofatlar va  h.k.  kabi  favqulodda 

holatlar mamlakat  to‘lov  balansiga  salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

262


Savdo  cheklovlari.  To‘lov  balansiga  mamlakatlarning  bir- 

biriga  nisbatan  qo‘llayotgan  diskriminatsiyalari,  proteksionistik 

harakatlari,  xususan  mamlakatlarning  o‘zaro  manfaatli  iqtisodiy 

hamkorlik  munosabatlariga  qarshilik  qiluvchi  bojxona  to‘siqlari 

to‘lov  balansida  o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga  olib  keladi.

To'lov balansining davlat  tomonidan tartibga solinishi  bu  dav- 

lat  to‘lov  balansining  asosiy  moddalarini  shakllantirishga  hamda 

paydo  bo‘lgan  taqchillikni  moliyalashtirishga  yo‘naltirilgan  iqti- 

sodiy,  jumladan,  valuta,  moliya,  pul-kredit  tadbirlarini  amalga 

oshirishga  yo‘naltirilgan  faoliyatining  umumiy yig'indisidir.

Mamlakatning  xalqaro  hisob-kitoblari  va  valuta-iqtisodiy 

holatiga  bog‘liq  holda  to‘lov  balansini  boshqarishning,  tashqi 

iqtisodiy  operatsiyalarni  rag'batlantirish  yoki  qisqartirishga 

yo‘naltirilgan  turli  usullari  mavjud.  To‘lov  balansida  taqchillik 

mavjud  bo‘lgan  davlatlar  tomonidan,  eksportni  rag‘batlantirish, 

import  qilinayotgan  tovarlarni  kamaytirishga,  xorijiy  kapitalni 

jalb  qilishga,  kapitalni  olib  chiqib  ketishni  chegaralashga  qaratil- 

gan  quyidagi  tadbirlar qo‘llaniladi:

Deflyatsion  siyosat.  Bu  siyosat  ichki  talabni  kamaytirish- 

ga  yo‘naltirilgan  holda,  o‘z  ichiga  budjet  mablag‘larini  aholiga 

kamroq  ishlatish,  baholarni  va  ish  haqlarini  muzlatish  kabilarni 

qamrab  oladi.  Uning  eng  asosiy  instrumentlaridan  biri  bo‘lib, 

moliyaviy  va  pul-kredit  choralari  hisoblanadi:  budjet  taqchilligini 

kamaytirish,  Markaziy  Bankning  hisob  stavkalarini  o‘zgartirishi 

(diskont  siyosati)  kredit  cheklovlari,  pul  muassasining  o‘sib  bo- 

rishiga  chegara  qo‘yish.  Iqtisodiy  pasayish,  ishsizlikning  yuqori 

ko‘rsatkichi  va  to‘la  foydalanilmayotgan  ishlab  chiqarish  quvvat- 

lari  sharoitida  deflyatsiya  siyosatini  qo‘llash,  ishlab  chiqarish  va 

bandlikning  yanada  pasayishiga  olib  keladi.  Bu  esa,  aholining 

turmush  darajasiga  sezilarli  salbiy  ta’sir  ko‘rsatib,  vaziyatni  yum- 

shatish  bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar qo‘llanilmasa,  ijtimoiy  ni- 

zolar kelib  chiqadi.

Devalvatsiya.  Milliy  valuta  kursi  (boshqa  xorijiy  valutalarga 

nisbatan  qadri)ning  pasaytirilishi.  Bu  tadbir  milliy  eksportni

263


rag'batlantirish  va  importni  jilovlash  bilan  bogiiq  maqsadlarda 

amalga  oshiriladi.  Ammo  toiov  balansini  tartibga  solishda  de- 

valvatsiyaning  roli,  uni  oikazish  tartiblari  va  ularga  hamkorlik 

qiluvchi  mamlakatning  umumiqtisodiy  va  moliyaviy  siyosatiga 

bogiiq  boiadi.  Devalvatsiya  faqatgina,  raqobatbardosh  tovarlar 

ning  eksport  potensiali  va jahon  bozoridagi  qulay  vaziyatlarning 

mavjudligi  sharoitidagina  tovarlar  eksportini  rag‘batlantirishi 

mumkin.  Devalvatsiyaning importni  cheklashga ta'siri  esa,  takror 

ishlab  chiqarish jarayonining  baynalminallashuvi  hamda  xalqaro 

ixtisoslashuv  darajasining  rivojlanishi  bilan,  mamlakatning  im- 

portni  cheklash  bo'yicha  keskin  choralar  qo'llash  imkoniyatlari 

pasayishidan  kelib  chiqadi.  Shundan  kelib  chiqib  aytish  mum- 

kinki,  hamma  mamlakatlarda  ham  import  o‘rnini  bosuvchi 

tovarlar  ishlab  chiqarish  siyosati  muvaffaqiyatli  chiqavermaydi. 

Devalvatsiya  importni  cheklashi  bilan,  mamlakat  ichida  tovarlar 

ishlab  chiqarish  xarajatlari  ortishiga,  narxlarning  ko'tarilishiga 

va  oqibatda,  tashqi  bozorlarda  raqobatbardoshlik  qobiliyatining 

yo‘qolishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  bu  tadbir  mamlakatga 

vaqtinchalik  ustuvorlik  berishi  mumkin,  ammo  u  to‘lov  balansi- 

ning  taqchilligini  keltirib  chiqaruvchi  sabablarni  bartaraf etishga 

qodir  emas.  Kutilgan  natijani  olish  uchun,  devalvatsiya  yetarli 

darajada  bo'lishi  zarur.  Aks  holda,  u  valuta  spekulyatsiyasini 

kuchaytiradi  va  valuta  kursini  qaytadan  ko‘rib  chiqishga  majbur 

qiladi.  Haddan  ortiq  darajada  amalga  oshirilgan  devalvatsiya, 

boshqa  valutalar  kursini  ham  tushirishga  olib  keladigan,  zanjirli 

reaksiyani  amalga  oshiradi.  Va  natijada,  devalvatsiyani  amalga 

oshirgan  mamlakat,  raqobatda  o‘zi  kutgan  ustuvorlikka ega bo'la 

olmasligi  mumkin.

Valuta cheklovlari.  Ushbu  tadbir eksport  qiluvchilarning  xori- 

jiy  valutalardagi  tushumlaridan  foydalanishni  cheklash,  xorijiy 

valutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga 

oshiriladi.  Shuningdek,  u  valuta  operatsiyalarni  maxsus  ruxsat- 

nomaga  ega  bo‘lgan  banklarda  amalga  oshirilishi  hamda  toiov 

balansidagi  taqchillikni  kamaytirish  maqsadida,  kapital  ekspor-

264


tini  chegaralash  va  uning  oqib  kelishini  rag‘batlantirish,  tovarlar 

importini  chegaralashga  qaratilgan  tadbirlar yig‘indisidir.

Moliya  va  pul-kredit  siyosati.  To‘lov  balansidagi  taqchillikni 

bartaraf  etish  maqsadida  eksport  qiluvchilarga  budjet  subsidi- 

yalari  beriladi,  proteksionistik  (ichki  ishlab  chiqaruvchilarni 

himoyalash)  maqsadlarida  import  bojlari  oshiriladi,  mamlakatga 

pul  oqimining  kirib  kelishini  rag‘batlantirish  maqsadida  qim- 

matli  qog‘ozlar  egasi  bo‘lgan  xorijliklardan  olinadigan  soliqlarni 

bekor  qilish  kabi  chora-tadbirlardan  keng  foydalaniladi.  Shu- 

ningdek,  pul-kredit  siyosati,  bank  hisob  siyosati  va  muomaladagi 

pulning  massasini  belgilash  tadbirlari  yuqoridagi  maqsadlardan 

kelib  chiqqan  holda  amalga  oshiriladi.



Tayanch  so‘z  va  iboralar

To‘lov  balansi,  aktiv,  passiv,  ikki  yoqlama  yozuv,  debet,  kredit, 

to‘lov  balansining  neytral  va  tahliliy  shakli, joriy  operatsiyalar hi- 

sobi,  savdo  balansi,  xizmatlar  balansi,  joriy  o‘tkazmalar,  bir  to- 

monlama  o‘tkazmalar,  xalqaro  kapital  harakati,  kapital bilan  ope- 

ratsiyalar hisobi,  to‘lov balansida  moliyaviy hisob,  to‘g‘ridan  to‘g‘ri 

investitsiyalar,  portfel  investitsiyalar,  boshqa  investitsiyalar,  sof 

xatolar  va  o‘tkazib  yuborishlar,  davlatning  oltin  valuta  zaxirasi, 

yalpi  milliy  mahsulot,  istc’mol  xarajatlari,  investitsion  xarajatlar, 

davlat  (budjet)  xarajatlari,  sof eksport,  shaxsiy jamg‘arma,  davlat 

jamg‘armasi,  yalpi  milliy  jamg‘arish,  xalqaro  raqobat,  iqtisodi- 

yotdagi  siklik  tebranish,  davlatning  chet  eldagi  xarajatlari,  kapital 

eksporti va importi,  savdo cheklovlari,  inflyatsiya, deflyatsion siyo- 

sat,  devalvatsiya,  valuta  cheklovlari,  moliya va pul-kredit  siyosati.



Takrorlash uchun  savollar:

1.  To'lov balansining  iqtisodiy  mohiyati  va tuzishning ahami- 

yatini  aytib  bering.

2.  To‘lov balansi qanday shakllarda taqdim etiladi va ularning 

farqli jihatlari  to'g'risida  nimalarni  bilasiz?

3.  To‘lov  balansi  tarkibi  qanday?

265


4.  To'lov  balansi  kredit  qismida  qanday  operatsiyalar  yoziladi 

va  u  qanday  ahamiyatga  ega?

5.  To‘lov  balansi  debet  qismida  qanday  operatsiyalar  yoziladi 

va  u qanday ahamiyatga  ega?

6.  To‘lov  balansining  aktiv  va  passiv  operatsiyalari,  holatlari 

to‘g‘risida  nimalarni bilasiz?

7.  Joriy operatsiyalar hisobi balansi hisobida nimalar aks ettiriladi?

8.  Bir  tomonlama  o‘tkazmalar  va  xizmatlar  balansi  qanday 

operatsiyalardan  shakllantiriladi?

9.  Tashqi  savdo balansida  nimalar aks  ettiriladi?

10.  Kapital  va  moliyaviy  vositalar bilan  operatsiyalar  hisobida 

qanday  operatsiyalar amalga oshiriladi?

11.  To'lov  balansiga  davlat  aralashuvi  qanday  bo'ladi?

12.  To‘lov  balansining  xato  va  o‘tkazib  yuborishlar  moddasi 

nima  uchun  kerak,  unda  nimalar aks ettiriladi?

13.  Mamlakat  to‘lov  balansining  makroiqtisodiy  modelini 

tuzish  to‘g‘risida  nimalarni  bilasiz?

14.  To‘lov  balansiga  ta’sir  etuvchi  omillarni  aytib  bering  va 

ularni  izohlang.

15.  To‘lov  balansini  tartibga  solishning  qanday  asosiy  usul- 

larini  bilasiz va  ularga  izoh  bering.

Mustaqil o'rgcinish  uchan  topshiriqlar

1.  To‘lov  balansining  iqtisodiy  mohiyati  va  makroiqtisodiy 

modelini  o‘rganish  bo‘yicha  klaster tuzing.

2.  Mamlakatlarning  to‘lov  balanslarini  Xalqaro  valuta  fondi, 

Jahon banki va  UNCTAD (BMTning savdo va rivojlanish bo‘yicha 

konferensiyasi)  ma’lumotlari  asosida  o‘rganing  va  rivojlanayotgan 

mamlakatlar to‘lov  balansiga xos  xususiyatlarni  aniqlang.

3.  Merkantilistlarning  iqtisodiy  qarashlari  bo‘yicha  Devid 

Yumning  xalqaro  savdo  va  metall  pullar  harakati  nazariyasini 

mamlakat  to‘lov balansiga  bog‘lagan  holda  o'rganing.

4.  To‘lov  balansining  qoldig‘ini  o‘lchash  konsepsiyalari  rivoj- 

lanish jarayonini  o‘rganing,  ularni  o‘zaro  solishtiring  va  hozirgi

266


kunda  mamlakat  to‘lov  balansini  tuzish  va  uni  e’lon  qilish  shart- 

lari  bo‘yicha xulosa  yasang.

5. 

Quyidagi jadval  ma’lumotlari  asosida joriy  operatsiyalar va 



kapital harakati balansi  bilan birga to‘lov balansini tuzing va  nati- 

jalarga  izoh  bering.

Operatsiyalar

Pul


birlik

Operatsiyalar

Pul

birlik


Avtomobillar

eksporti


1,0

Qishloq  xo‘jalik  mahsulot- 

lari  eksporti

1,0


Chet  elda  turizm 

xarajatlari

8,5

Avtomobillar  importi



30,4

Hisob-kitob  texni- 

kasi  eksporti

15,2


Harbiy  asbob-uskunalar 

eksporti


7,1

Neft  importi

10,5

Chet  elliklarga  oltinni 



sotish

1,0


Davlat  obligatsiyala- 

rini  sotish

4,0

Milliy  korporatsiyalarning 



xorijiy aksiyalarini  sotish

2,1


Bug'doy  eksporti

20,0


6. 

Berilgan  ma’lumotlar  asosida  toping:  3  yil  uchun  Xn 

(savdo  balansi  qoldig‘i),  S,  (Shaxsiy  jamg‘arma),  S2  (Davlat 

jamg‘armasi),  S=Sj+S2  (Umumiy  jamg‘arma),  Kapital  harakati 

balansi  qoldig‘i.

Yillar Y  (YIM)

C  (lste’mol 

xarajatlari)

I  (Inves- 

titsiya)


G  (Davlat 

xarajatlari)

T  (Budjet 

daromad- 

lari)

1

5000



3000

900


1000

900


2

5000


3200

900


1000

900


3

5000


3200

1000


900

1000


267

Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling