J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari


  Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/33
Sana13.11.2017
Hajmi2.92 Mb.
#20007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

1.3.  Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya 

munosabatlarining roli va  ahamiyati

Jahon  iqtisodiyotining  rivojlanish  jarayoni  xalqaro  moliya 

munosabatlarining  rivojlanish  evolutsiyasi  bilan  uzviy  bog'liqdir. 

Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo'jaligining shakllanishi ja- 

rayonida alohida o‘rin tutadi.

Xalqaro  moliya  munosabatlari  asta-sekin  jahon  xo‘jaligining 

tarkibiy  elementiga  aylana  bordi.  Hozirgi  vaqtda  xalqaro  moliya 

munosabatlarini jahon  xo‘jaligining  rivojlanishi  natijasida  shakl- 

langan  mustaqil  iqtisodiy tizim sifatida baholash  mumkin.

Jahon  xo‘jaligi bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga 

bo‘ysunuvchi  xalqaro  moliya  munosabatlari  orqali  o‘zaro  bog‘liq 

milliy  iqtisodiyotlar yig‘indisi  sifatidagi  global  iqtisodiy tizimdir.

Jahon  xo‘jaligining  barqaror  rivojlanishida  alohida  olingan 

milliy  iqtisodiyotlar  holati  muhim  o'rin  tutadi.  Chunki,  milliy 

iqtisodiyotlar jahon  iqtisodiyotining  asosiy subyekti  hisoblanadi.

Milliy iqtisodiyotning  rivojlanishida  uning tashqi  dunyo bilan 

aloqalari holati,  mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi 

ishtiroki  muhim o‘rin  tutadi.  Mamlakatning  xalqaro  moliya  mu- 

nosabatlaridagi  ishtirokining  kuchayishida  xalqaro  moliya  mu- 

nosabatlarini  amalga  oshirish  mexanizmlarini  samarali  tarzda 

tashkil  etish bilan uzviy bog‘liqdir.

Ta’kidlash joizki,  xalqaro  moliya  munosabatlarining  predmeti 

ikkita  muhim  tarkibiy  qismni  o‘ziga  qamrab  oladi,  ya’ni xalqaro 

moliyaviy  munosabatlar  va  ularni  amalga  oshirish  mexanizmi. 

Ma’lumki,  mamlakatlar  o‘rtasidagi  xalqaro  moliya  munosabat- 

lari  muayyan  mexanizm  orqali  amalga  oshiriladi,  bunda  xalqaro 

tashkilotlar  tomonidan  belgilangan  me’yoriy  normalar,  davlat- 

lararo  darajadagi  shartnoma  va  bitimlar,  mamlakatlar  o‘rtasida 

o‘zaro  qabul  qilingan  kelishuvlarga amal  qilinadi.

Xalqaro  moliya  munosabatlari  mexanizmiga  huquqiy  norma- 

lar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar,  kelishuvlar, 

bitimlar,  rezolyutsiya va konvensiya) xalqaro iqtisodiy munosabat-

13


larni  rivojlantirishga qaratilgan  yo‘l-yo‘riqlarni  amalga oshirishni 

muvofiqlashtiruvchi xalqaro  moliya tashkilotlari  kiradi.

Xalqaro  moliya  munosabatlari  jahon  xo‘jaligi  tizimida  tez- 

tez  takrorlanib  turuvchi  turli  xil  darajadagi  kompleks,  alohida 

olingan  bir  mamlakat  va  ularning  hududiy  birlashmalari  va 

subyektlari,  alohida tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga 

oladi.

Xalqaro  moliya  munosabatlari  tuzilmaviy  jihatdan  quyidagi- 



larni  o‘rganishni taqozo  etadi:

—  xalqaro  valuta munosabatlari;

—  xalqaro  iqtisodiy  integratsion jarayonlar;

—  xalqaro  savdo munosabatlari;

—  investitsiyalar va kapitalning  xalqaro  harakati;

—  mamlakatlar to‘lov balanslarini  boshqarish;

—  xalqaro  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish;

—  xalqaro  moliya tashkilotlari  faoliyati  va  boshqalar.

Xalqaro  moliya  munosabatlarining  obyektiv  asosini  xalqaro

mehnat  taqsimoti  va jahon  xo'jaligi  hamda  undagi  iqtisodiy  alo- 

qalar  tizimi  tashkil  qiladi.  Hozirgi  zamon  jahon  xo‘jaligi  mil- 

liy  iqtisodiyotlar  yig‘indisidan  iborat  bo'lgan  global  iqtisodiy 

tizim bo‘lib,  bozor iqtisodiyotining  obyektiv qonunlariga,  xalqaro 

mehnat  taqsimotiga,  ishlab  chiqarish  va  kapitalning  xalqaro  ha- 

rakatiga  muvofiq tarzda  o‘zgarib boradi.

Xalqaro moliya munosabatlari  rivojlanishining  milliy iqtisodi- 

yotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo‘ladi:

•  Moliyaviy  globallashuv  jarayoni.  Mazkur jarayon  quyidagi 

o‘zgarishlarni o‘z ichiga  qamrab  oladi:

—  mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;

—  ishchi  kuchi,  texnologiya,  kapital,  mahsulotlar  va  xizmat- 

larning global bozorlarini  barpo  etish;

— jahon  xo'jalik  aloqalarining  global  infratuzilmasini  yara- 

tish;


—  xalqaro  moliya  munosabatlari  bilan  milliy  iqtisodiyotning 

qoidalarini  universallashtirish;

14


—  yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish 

tarmoqlarini vujudga  keltirish.

•   Iqtisodiy  integratsion  hudud  va  birlashmalarning  tashkil 

topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asos- 

langan  holda iqtisodiy jihatdan  birlashish jarayoni hisoblanadi.

•   Xalqaro  moliya  bozorlaridagi  o‘zgarishlar.  Milliy  iqtisodi- 

yotda  faoliyat ko‘rsatayotgan moliya institutlarining jahon  moliya 

bozorlaridagi  ishtirokini  muvofiqlashtirib  boradi.

•   Global  raqobatlashuv  jarayonining  keskinlashuvi.  Ushbu 

holat,  milliy  iqtisodiyotlar  tomonidan  jahon  bozorlarida  o‘rin 

egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ular- 

ni  sotish jarayonida vujudga keladi.

•  Transmilliy  korporatsiyalar  va  transmilliy  banklar  rolining 

ortib  borishi.  Bu holat, jahon  iqtisodiyotida  transmilliylashish ja- 

rayoni  kuchayishi,  ya’ni,  alohida  mamlakatlarga  yoki  bir  nechta 

mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyati- 

ning rivojlanishi,  ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirili- 

shi  orqali  yuzaga keldi.

•   Mamlakatlarda  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  erkinlashtiri- 

lishi.  Mazkur  holat,  milliy  iqtisodiyotning  tashqi  dunyo  uchun 

ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi.  Bunda, xalqaro moliya muno- 

sabatlarining  ishtirokchilari  uchun  muayyan  shart-sharoitlarning 

yaratilishi,  xususan,  xalqaro  savdoda  bojlarning  pasaytirilishi, 

xorijiy investorlarni  keng jalb  etishga qaratilgan  qulay investitsiya 

muhitining yaratilishi  hamda valuta cheklovlarining bekor qilini- 

shi  kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim  o‘rin  tutadi.

•   Tashqi  iqtisodiy  aloqalarning xalqaro  me’yoriy-huquqiy ba- 

zasini  qabul  etilishi.

•   Mamlakatlar  o'rtasidagi  moliyaviy  munosabatlarni  xalqaro 

jihatdan  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  tizimining  tashkil  qili- 

nishi.

Alohida  olingan  milliy  iqtisodiyotning xalqaro  moliya  muno- 



sabatlaridagi  ishtirokini  bir  necha  miqdoriy  ko'rsatkichlar  bilan 

tavsiflash  mumkin:

15


—  eksport kvotasining  miqdori,  bunda eksport hajmi YMMga 

nisbatan foizda hisoblanadi;

—  import  kvotasining  miqdori,  bunda  import  hajmi  YMMga 

nisbatan foizda hisoblanadi;

—  tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylan- 

masi  hajmi YMMga  nisbatan  foizda  hisoblanadi.

Mazkur  ko'rsatkichlarni  hisoblash  asosida  mamlakatning 

xalqaro  moliya  munosabatlaridagi  ishtirokini baholash  mumkin.

Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan o‘zgarishlar xalqaro moliya mu- 

nosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendensiyalarini belgilab berdi:

—  xalqaro  moliya  munosabatlari  sohasida  ikki  tomonlama 

munosabatlardan ko‘p  tomonlama  munosabatlarga o‘tish;

— jahon  xo‘jaligida  xalqaro  mehnat  taqsimotining  chuqur- 

lashuvi;


—  xalqaro  savdo  munosabatlarining  an’anaviy  tovarlar  sav- 

dosidan  milliy  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  bevosita  xizmat 

ko‘rsatish  vositasiga  aylanib borishi;

—  kapital  migratsiyasining globallashuvi;

—  hududiy  iqtisodiy  integratsiya jarayonlarining  yanada  ken- 

gayishi  va jadallashuvi.

Xalqaro  moliya  munosabatlari  rivojlanishida  kapitalning 

xalqaro  harakati,  ayniqsa,  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalar 

shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek,  xalqaro 

savdoning  mahsulotlar,  turli  xizmatlar  ko‘rsatish,  texnologiyalar 

sohasidagi rivoji ijobiy  omil  sifatida ta’sir ko‘rsatmoqda.

Jahon  savdosining  o‘sishi,  ishlab  chiqarishning  ixtisoslashuvi 

va  kengayishi,  xalqaro  kapital  harakatining  rivoji,  chegaralararo 

tovarlar, xizmatlar hamda ishchi  kuchi  migratsiyasi xalqaro moli- 

ya  munosabatlarining  rivojlanishiga,  shuningdek,  jahon  moliya 

bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar 

faoliyatining kengayishiga,  xalqaro  moliyaviy  faoliyatning boshqa 

jabhalarini jadallashuviga  imkon yaratdi

Moliyaviy  globallashuv  sharoitida  xalqaro  moliyaning  vazi- 

falari sifatida  quyidagilarni  ko‘rsatish  mumkin:

16


—  milliy  iqtisodiyotlarning yagona xalqaro  tizimga  integratsi- 

yalashuvini  ta’minlash;

—  xalqaro  savdo  hamda  tovarlar,  xizmatlar  va  kapital  ayir- 

boshlashning  oqilona  harakatini tashkil  etish;

—  milliy  iqtisodiyotlarni  xalqaro  iqtisodiy  va  moliyaviy 

o‘zgarishlarga  moslashtirish;

—  mamlakatlarning  milliy  moliyaviy  siyosatini  yuritishida 

tavsiyalar  berish.

Xalqaro  moliya  munosabatlari  tarkibiga  xalqaro  aylanmaga 

kelib  tushgan  va  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda,  ya’ni  rezi- 

dentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida 

qo‘llaniladigan  moliyaviy  munosabatlar  tizimi  kiritiladi.  Xalqaro 

moliya  quyidagilarga xizmat  qiladi:

—  birinchidan,  turli  mamlakat  rezidentlari  o‘rtasidagi  iqti- 

sodiy aloqalarga va o‘zaro  hamkorlikka;

—  ikkinchidan,  jahon  mamlakatlarining  turli  xil  moliyaviy 

institutlar bilan yuzaga  keladigan  o‘zaro  munosabatlariga;

—  uchinchidan,  turli  mamlakatlar  rezidentlarining  xalqaro 

moliya bozorlaridagi  operatsiyalarini  tashkil  etishga.

Jahon  iqtisodiyoti  globallashuvi  sharoitida xaiqaro moliya  mu- 

nosabatlari  tobora  rivojlanib  bormoqda.  Bunda,  avvalo  mam- 

lakatlar  o'rtasidagi  savdo  munosabatlarining  taraqqiy  etishi  alo- 

hida  o‘rin  tutmoqda.  Ushbu  holat  o‘z  navbatida  xalqaro  valuta 

munosabatlari  va xalqaro  hisob-kitoblarning  rivojlanishiga  ijobiy 

ta’sir ko‘rsatmoqda.

To‘lov  balansi,  transmilliy  korporatsiyalar,  portfel  investorlar, 

eksport,  import,  fond  birjalari,  yevrokreditlar,  valuta  kursi,  iqti- 

sodiy  integratsiya.



Takrorlash  uchun  savollar:

1.  Xalqaro  moliya deganda  nimani  tushunasiz?

2. 

funksiyalarini  izohlang.



Tayanch  so‘z va  iboralar

3.  Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishiga 

ta’sir ko'rsatgan omillar nimalardan  iborat?

4.  Xalqaro  moliyaning  elementlarini  izohlang.

5.  Jahon  moliyaviy muhiti  nima?

6.  Xalqaro  moliya  tizimining  asosiy  funksiyalari  nimalardan 

iborat?


7.  Xalqaro  moliya  munosabatlarining  subyektlarini  sanab 

o'ting.


8.  Xalqaro  moliya  munosabatlari  mexanizmiga  nimalar  ki- 

radi?


9.  Xalqaro  moliya  munosabatlari  tuzilmaviy  jihatdan  nima- 

larni  o‘rganadi?

10.  Xalqaro  moliya  munosabatlari  rivojlanishiga  xos  bo'lgan 

tendensiyalarni  izohlang.



M ustaqil o ‘rganish  uchun  topshiriqlar

1.  Xalqaro  moliyaning  mohiyatini  izohlovchi  asosiy  tushun- 

chalardan  «klaster»  tuzing.

2.  0 ‘zbekistonning xalqaro  moliya  munosabatlaridagi  ishtiro- 

kini  ifodalovchi  ko'rsatkichlarni  baholang.

3.  Jahon  iqtisodiyotining  o'sish  sur'atlarini  o‘rganing.

4.  Asosiy  terminlar lug‘atini  tuzing.

Test  savollari

1.  Xalqaro  moliya  — ...

A)  tijorat  banklari  va  aholi  o‘rtasidagi  moliyaviy  munosabat- 

larni  ifodalovchi  tushuncha  hisoblanadi.

B)  xalqaro  moliyaviy  resurslar  majmuini va  ularning  harakat- 

lanishini  ifodalovchi  tushuncha  hisoblanadi.

C)  faqatgina  milliy  iqtisodiyot  doirasidagi  moliyaviy  munosa- 

batlarni  ifodalovchi  tushuncha  hisoblanadi.

D)  korxonalardagi ichki moliyaviy munosabatlarni ifodalovchi 

tushuncha  hisoblanadi.

2.  Globallashuv jarayoni  — ...

18


A)  milliy  iqtisodiyotlarni  jahon  xo‘jaligidagi  o‘zgarishlardan 

himoyalashga zamin yaratadi.

B)  xalqaro  moliyaviy  resurslarning  erkin  harakatlanishini 

chegaralaydi.

C)  jahon  savdosining  o'sishi,  ishlab  chiqarishning  ixtisos- 

lashuvi  va  kengayishi,  kapitalning  xalqaro  oqimini  rivojlanishi, 

xizmatlar  va  mahsulotlarning  xalqaro  harakati  xalqaro  moliya- 

ning  rivojlanishiga  zamin  yaratdi.

D)  xalqaro  savdo  munosabatlari  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qi- 

ladi.


3.  Xalqaro  moliyaning  funksiyalari  qaysi  javobda  to‘g‘ri 

ko‘rsatilgan?

A)  taqsimlash,  nazorat,  tartibga solish va  barqarorlashtirish.

V)  taqsimlash,  nazorat,  rag'batlantirish.

S)  taqsimlash,  nazorat,  tartibga solish.

D)  taqsimlash,  nazorat,  likvidlikni  ta’minlash.

4.  Xalqaro  moliya  tizimining  asosiy elementlari  qaysi javobda 

to‘g‘ri  ko'rsatilgan?

A)  jahon valuta tizimi,  xalqaro  hisob-kitoblar,  xalqaro  moliya 

bozorlaridagi  operatsiyalar,  xalqaro  soliqqa  tortish,  TMKlarning 

xalqaro  moliyaviy menejmenti.

B)  tijorat  banklarining  aktiv  operatsiyalari,  milliy  valuta 

tizimi,  korxonalarni  soliqqa  tortish.

C)  investitsion  munosabatlar,  valuta  kurslarini  aniqlash,  mil- 

liy buxgalteriya  standartlari.

D)  investitsion  loyihalarni  moliyalashtirish,  milliy  valuta  de- 

valvatsiyasi,  to‘lov  balansi  taqchilligini  moliyalashtirish.

5.  Xalqaro  moliya  munosabatlarining  subyektlari  qaysi javob- 

da to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A)  davlat,  korxona,  tashkilotlar,  firmalar hamda xalqaro tash- 

kilotlar  va  moliya  institutlari,  transmilliy  korporatsiyalar,  trans- 

milliy banklar,  birjalar, jismoniy shaxslar.

B)  xalqaro  tashkilotlar,  transmilliy  banklar,  birjalar,  soliq  or- 

ganlari.


19

C)  Markaziy bank,  Moliya vazirligi,  korxona va tashkilotlar.

D)  investitsiya  fondlari,  moliya-sanoat  guruhlari,  budjet  tash- 

kilotlari.

6.  Eksport  kvotasi  ko'rsatkichi  qanday aniqlanadi?

A)  import  hajmining YIMga  nisbati  orqali.

B)  eksport  hajmi YMMga  nisbatan  foizda hisoblanadi.

C)  eksport  hajmining  o'sish  sur’atlari  orqali.

D)  jami sanoat  ishlab chiqarishida  eksportning ulushini  aniq- 

lash  orqali.

7.  Jahon xo‘jaligi  -   ...

A)  bozor  iqtisodiyotining  obyektiv  qonuniyatlariga  bo‘y- 

sunuvchi  xalqaro  moliya  munosabatlari  orqali  o‘zaro  bog‘liq  mil- 

liy iqtisodiyotlar yig‘indisi  sifatidagi global  iqtisodiy tizimdir.

B)  alohida  mamlakatlar  milliy  iqtisodiyotlarini  tartibga  so- 

lishning global  tizimi.

C)  jahon  iqtisodiyoti  rivojlanishini ta’minlovchi  munosabatlar 

majmuasi.

D)  jahon  iqtisodiyotidagi  mavjud  moliyaviy  munosabatlar 

tizimi.

8.  Xalqaro 



moliya 

munosabatlari 

rivojlanishiga 

ta’sir 


ko‘rsatuvchi  omillar qaysi  qatorda to‘g‘ri  ko‘rsatilgan?

A)  moliyaviy  globallashuv,  iqtisodiy  integratsiya,  xalqaro 

mehnat  taqsimoti,  jahon  bozorlarining  vujudga  kelishi,  ilmiy- 

texnika taraqqiyoti.

B)  moliyaviy  globallashuv,  iqtisodiy  integratsiya,  xalqaro 

mehnat  taqsimoti,  proteksionizm.

C)  moliyaviy globallashuv,  iqtisodiy integratsiya, jahon  bozor- 

larining vujudga kelishi,  ilmiy-texnika taraqqiyoti,  demping siyo- 

sati,  yuqori  bojlarning o‘rnatilishi.

D)  moliyaviy globallashuv,' iqtisodiy  integratsiya,  ilmiy-texni- 

ka taraqqiyoti,  valutaviy cheklovlarning  o‘rnatilishi.

20


2-bob.  JAHON  IQTISODIYOTI  GLOBALLASHUYI

2.1.  Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasining mohiyati 

va  uning asosiy jihatlari.

2.2.  Globallashuv jarayonining  asosiy  manbalari,  omillari  va 

rivojlanish bosqichlari.

2.3.  Globallashuvning milliy iqtisodiyot  barqarorligiga ta’siri.



2.1.  Jahon  iqtisodiyoti  globallashuvi tushunchasining 

mohiyati va uning asosiy jihatlari

XX—XXI  asrlar  bo‘sag‘asida  jahon  iqtisodiyotida  yangi  ter- 

min  globallashuv  degan  tushuncha  paydo  bo‘lgan  edi.  Ushbu 

jarayon  hozirgi  kunda  ko‘pgina  mamlakatlarning  iqtisodchi 

olimlari  tomonidan  alohida  ilmiy  muammo  sifatida  tadqiq 

etilmoqda.

Globallashuv jarayonining  rivojlanishi  natijasida  butun  dunyo 

yagona  global  tizimga  aylanishi  sodir bo'ladi.  Globallashuv jara- 

yoni  1990-yillardan juda dolzarb masalaga aylandi,  biroq mazkur 

jarayonning  turli  xil jihatlari  ilmiy  tadqiqotlarda  1960—1970-yil- 

lardan boshlab jiddiy muhokama  qilina  boshlagan  edi.

Jahon  iqtisodiyotining  globallashuvi  —  bu,  dunyo  maydonini 

yagona  hududga  aylanishini  anglatadi  va  bunda  tovar va  xizmat- 

lar,  kapital,  axborotlar  oqimining  erkin  harakati  yuzaga  keladi. 

Shuningdek,  mazkur  jarayon  natijasida  zamonaviy  institutlar 

rivojlanishini  rag‘batlantiruvchi  g‘oyalarning  tarqalishi  va  ularni 

tashuvchilarning erkin  harakatlanishiga  imkon yaratiladi.

Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim 

tendensiyalaridan  hisoblanadi.  Chunki  ushbu jarayon jahon  iqti- 

sodiyotida ro‘y berayotgan boshqa tendensiyalar kuchsiz namoyon 

bo‘layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatilmoqda.  Rivoj- 

lanayotgan  mamlakatlarning  aksariyat  qismi  transmilliylashish, 

integratsiyalashish  va  industriallashish  jarayonlariga  kam  jalb 

etilgan.  Shu  bilan  bir  vaqtda  ushbu  mamlakatlar jahon  tovarlar, 

xizmatlar,  kapital  (asosan  iqtisodiy  yordam  ko‘rinishida),  ishchi

21


kuchi  (eksporterlar  sifatida)  va  texnologiyalar  bozorining  faol 

ishtirokchilari  sanaladi.

Jahon  iqtisodiyotining  globallashuvi  — jahon  iqtisodiyotining 

o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  turli  ishlab  chiqarish  soha  va jarayonlari- 

ning kuchayib borishi, jahon xo‘jaligida tovarlar,  xizmatlar,  kapi- 

tal,  ishchi  kuchi  va  texnologiyalar  bozorini  asta-sekinlik  bilan 

yagona  bozorga aylanishini  bildiradi.

Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni  unga teskari jarayon 

iqtisodiy  faoliyatning  hududiy  integratsiyalashuv  jarayoni  bilan 

birga  kechmoqda.  Ushbu  jarayon  cheklangan  miqyosda,  tovar- 

lar  va  ishlab  chiqarish  omillarining  erkin  harakatiga  asoslangan 

mamlakatlar guruhini  qamrab  oladi.

Hududiy  integratsiyalashuv,  bir  tomondan,  turli  mamlakat- 

larning  iqtisodiy  jihatdan  birlashish  jarayonini  rag‘batlantirsa, 

ikkinchi  tomondan,  alohida  iqtisodiy guruhlar  o‘rtasida  qarama- 

qarshilik  va  raqobatni  kuchaytirish  orqali jahon  iqtisodiyotining 

globallashuv jarayonini  sekinlashtiradi.

2.1-rasm. Jahon  iqtisodiyoti globallashuvi.

Globallashuv jarayonining  quyidagi jihatlarini  alohida  ajratib 

ko‘rsatish  mumkin:

22


—  moliyaviy markazlashuvning kuchayishi;

—  iqtisodiyotda axborotlar ahamiyatining oshishi.  Shuningdek, 

axborot  almashinuv darajasining keskin sur’atlarda kuchayishi;

—  global  oligopoliyaning  to‘xtovsiz kengayishi;

—  transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi;

—  iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi  va  rivojlanishi.

Globallashuv  jarayoni  jahon  iqtisodiyotining  quyidagi  asosiy

sohalari  bo‘yicha keng rivojlanmoqda:

—  tovarlar,  xizmatlar  va  intellektual  mulk  obyektlarining 

xalqaro  savdosi;

—  ishlab  chiqarish  omillarining xalqaro  harakati;

—  xalqaro  moliya-kredit  va valuta operatsiyalari;

—  ishlab  chiqarish,  ilmiy-texnikaviy,  texnologik  va  axborotlar 

sohasidagi  hamkorlik.

Iqtisodchi  olimlar  fikriga  ko‘ra  jahon  iqtisodiyotida  global- 

lashuv jarayoni  quyidagi  holatlarni  o‘z  ichiga  oladi:

—  mintaqaviy  integratsion jarayonlarni jadallashtiradi;

—  xo‘jalik  yuritishni  to‘liq  erkinlashtirmagan  davlatlar  iqti- 

sodiyotining  ochiqligini ta'minlaydi;

—  istalgan  bozorlarga  barcha  ishtirokchilarning  qarshiliksiz 

kirishini  ta’minlaydi;

—  moliyaviy  va  savdo  operatsiyalarni  amalga  oshirishga  te- 

gishli  tartiblarni  universallashtiradi;

—  bozorlarni  tartibga  solish  va  nazorat  qilishni  bir  me’yorga 

keltiradi,  ya’ni unifikatsiya  qiladi;

—  kapitalni  joylashtirish,  investitsion jarayonlar  va  umumja- 

hon to‘lov-hisob tizimiga  qo‘yilgan  talablarni  standartlashtiradi.

2.2.  Globallashuv jarayonining asosiy manbalari, 

omillari va rivojlanish  bosqichlari

Globallashuv tushunchasi yagona xalqaro iqtisodiy,  huquqiy va 

madaniy-axborot  makoni  shakllanishini  anglatadi.  Globallashuv 

jarayoni iqtisodiy doiradan chiqqan holda jamiyat hayotining bar- 

cha  asosiy  sohalariga  sezilarli  darajada  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bu  ja-

23


rayon  XX asr  oxiri  XXI  asr boshida jahon  iqtisodiyotida  alohida 

rol  o‘ynab,  xalqaro  iqtisodiy  va  siyosiy  munosabatlarning  yangi 

tizimi  shakllanishiga  kuchli  turtki  berdi.

Birinchidan,  globallashuv  mamlakatlar  o'rtasidagi  iqtisodiy 

masofani  qisqartiruvchi  aloqa  vositalari  va  transport  sohasida 

ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvini,  xalqaro mehnat  taqsi- 

motining chuqurlashuvini  hamda dunyo rivojlanishining obyektiv 

omillarini  yuzaga  keltiradi.  Bu  holat,  dunyoning  istalgan  nuqta- 

sidan  zarur  axborotni  xohlagan  vaqtda  olish  va  tezda  qaror  qa- 

bul  qilishga  imkon  beradi,  telekommunikatsiyaning  zamonaviy 

tizimlari  kapitalni  xalqaro  investitsiyalashni  amalga  oshirishni 

yengillashtiradi.  Dunyoning  axborot  integratsiyalashuvi  sha- 

roitlarida  xo‘jalik  yuritishning  xorijiy  tajribasini  o‘zlashtirish  va 

texnologiyalarni  o‘tkazish  birmuncha  tezlashadi.

Globallashuvning  ikkinchi  manbasi  —  proteksionizm  siyosa- 

tini  cheklashga  sabab  bo‘luvchi  va jahon  savdosini  erkin  qiluvchi 

savdoning  liberallashuvi  hamda  iqtisodiy  liberizatsiyaning  boshqa 

shakllaridir. Buning natijasida turli xil savdo tariflari jiddiy ravishda 

pasaydi,  tovarlar  va  xizmatlar  savdosidagi  boshqa  ko‘plab  to‘siqlar 

bartaraf etildi.  Boshqa  liberizatsiya  tadbirlari  ishlab  chiqarishning 

qolgan omillari  va kapital  harakati  kuchayishiga olib keldi.

Baynalminallashuv jarayonining  uchinchi  manbasi  va  global- 

lashuvning  asosiy  manbalaridan  biri  transmilliylashuv  hodisasi 

bo‘ldi.  Ushbu  holatda  transmilliy  kompaniyalar  yetakchi  kuch 

sifatida namoyon bo‘ladi va ular bir vaqtning o'zida baynalminal- 

lashuv jarayonining  asosiy  ishtirokchilari  hisoblanadi.

Globallashuv jarayoni  barcha  mamlakatlar  iqtisodiyotida  ku- 

zatilmoqda.  Ushbu  jarayon  mahsulotlar  ishlab  chiqarish,  xiz- 

matlar  ko'rsatish,  ishchi  kuchlaridan  foydalanish,  investitsiya 

va  texnologiyalarni  bir  mamlakatdan  boshqalariga  tarqalishiga 

ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Bularning barchasi pirovardida  ishlab  chiqa- 

rishning  samaradorligi,  mehnat  unumdorligi  va  raqobatbardosh- 

likning  oshishida  namoyon  bo‘ladi.  Aynan  globallashuv jarayoni 

xalqaro  raqobatlashuvning  kuchayishiga  olib  keldi.

24


G loballash u v  ja ra y o n in in g   m an b ala ri


Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling