J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari


Download 2.92 Mb.

bet15/33
Sana13.11.2017
Hajmi2.92 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33

8.4.  Transmilliy korporatsiyalar faoliyati  rivojlanishining 

zamonaviy tendensiyalari

Zamonaviy  milliy  iqtisodiy  tizimning  va  jahon  iqtisodiyoti- 

ning  muhim  xususiyati  bo‘lib,  xo‘jalik  faoliyatining  turli  sohala- 

rida  ishlab  chiqarish  va  kapital  to‘planishining  jadallashgan 

o‘sishi  hisoblanadi.

Zamonaviy  korporatsiyalar  shubhasiz,  mamlakatda  va jahonda 

yirik iqtisodiy va  moliyaviy markazga aylanishi  mumkin.  Ularning 

milliy  va  jahon  iqtisodiyotiga  qo‘shadigan  hissasi  yangi  iqtisodiy 

hududning  tashkil  topishida,  milliy  va  jahon  moliya  bozorlarini 

rivojlanishida  muhim  ahamiyatga  ega.  Yirik  korporatsiyalarning 

sotish  hajmi  dunyoning  ko‘plab  mamlakatlari  YIM  hajmidan 

oshib  ketadi.  Dunyodagi  ikki  yuzta  yirik  transmilliy  kompani- 

yalarning  umumiy  sotish  hajmi  AQSH,  Yaponiya,  Germaniya, 

Fransiya,  Buyuk  Britaniya,  Italiya,  XRR,  Braziliya,  Kanada,  Is- 

paniyadan  tashqari  barcha  mamlakatlarning  YIM  hajmidan  or- 

tiqdir.  Oxirgi  25  yilda  ushbu ko‘rsatkich  mazkur tuzilmalar uchun 

ishchilar soni  14,4 foizga oshgani holda deyarli 4 marta ko‘paygan22.

22

 

B.O. 

K p y n H b i e   K o p n o p a T H B H b ie   o 6 p a 3 0 B a H H K :  K O H iie H T p a u H H  



(JiaKTOpOB 

npO H 3B O IICTBa 

3K O H O M H ieC K H H   pO CT  / / A B a i l b .  



C H 6 n p C K a f l 

(JiH H aH CO Bafl  u iK O Jia .  -  



2005.  — N  1.

203


MaMumki,  TMKlar  zamonaviy  jahon  xo‘jaligining  muhim 

ishtirokchilariga  aylanib  bormoqda.  Sanoati  rivojlangan  davlat- 

lar  uchun  aynan  TMKlarining  xorijdagi  faoliyati  ularning  tashqi 

iqtisodiy  aloqalarining  xarakterini  belgilab  beradi.  Bu  davlatlar 

eksportida  milliy  kompaniyalarning  o‘zlarini  xorijdagi  filiallariga 

tovar  yetkazib  berishlari  va  xizmat  ko‘rsatishlarining  ulushi  kat- 

tadir.

Jahon  mamlakatlarida  TMKlarning  xorijiy  boMinmalari  to- 



monidan  ishlab  chiqarish  faoliyatini  kengaytirishga  hamda  ular 

faoliyat  yuritayotgan  mamlakatlardagi  mahsulotlarga  bo'lgan 

ichki  talab  darajasini  doimiy  o‘rganib  borishga  alohida  e'tibor 

qaratilmoqda.  TMKlar  o‘z  faoliyatlarini  milliy  iqtisodiyotlardagi 

ichki  talab  darajasiga  mos  holda  muvofiqlashtirib  bormoqdalar. 

Bu  holat  ularning  eksport  va  sotish  hajmining  oshishiga  ijobiy 

ta'sir  ko‘rsatadi.

Hozirgi  davrda  korporatsiyalarning  transmilliylashuv jarayoni 

kuchayib  bormoqda.  Mohiyatiga  ko‘ra,  korporatsiyalarning xorij- 

dagi  mahsulot  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish jarayonidagi  ishtiro- 

ki  transmilliylashish  darajasini  ifodalaydi.  Korporatsiyalarining 

transmilliylashuvini aniqlash  uchun  maxsus  transmilliylashuv  in- 

deksidan  foydalaniladi.

Transmilliylashuv  indeksi  quyidagi  formulaga  asosan  hisobla- 

nadi:

IT =  1/3  (A,/A  +  R ,/R   + 



S {/ S )

  x  100  %,

Bunda,  1T —  transmilliylashuv  indeksi,  %;  A,  —  xorijiy  aktiv- 

lar;  A  —  umumiy  aktivlar;  Rj  —  xorijiy  filiallarda  mahsulot  va 

xizmatlar  sotish  hajmi;  R  —  mahsulot  va  xizmatlar  sotishning 

umumiy  hajmi; 

—  xorijdagi  shtatlar  (ish  o'rinlari);  S  —  kom- 

paniya  ishchilarining  umumiy  shtati.

Zamonaviy  TMKlar  faoliyatida  quyidagi  asosiy  tendensiyalar 

kuzatilmoqda:

—  aktivlarning  umumiy hajmida  xorijiy aktivlar ulushiga ko‘ra 

tasniflashda AQSHning TMKlari yetakchilik  qilishmoqda;

204


—  Yaponiya TMKlarining faoliyati  1970—1980-yillarda boshqa 

TMKlarga  nisbatan  birmuncha  barqaror  bo'lgan,  lekin  umumiy 

holda hozirgi vaqtda ham ular TMKlar raqobatlashuvida o‘zining 

mustahkam  o'rnini  egallab  kelishmoqda;

—  hozirgi  davrda  Xitoy  TMKlari  jadal  sur'atlarda  o‘z  faoli- 

yatlarini  kengaytirmoqda,  shuningdek,  TMKlar  faoliyatini 

rivojlantirishga  qaratilgan  faol  tadbirlarni  amalga  oshirayotgan 

mamlakatlar  qatoriga  Braziliya,  Janubiy  Koreya,  Hindiston  va 

Malayziyani  kiritish  mumkin;

—  Yevropa  TMKlari  mashinasozlik,  elektrotexnika,  avtomo- 

bilsozlik,  farmatsevtika  sanoati  kabi  yirik xarajatlar talab  etuvchi 

sohalardagi  ilmiy  tadqiqot  va  ishlanmalarni  rivojlantirishga  alo- 

hida  e’tibor berishmoqda;

—  Tarmoq  tarkibi  nuqtayi  nazaridan  eng  yuqori  transmilliy- 

lashuv  indeksini  kimyo  va  farmatsevtika  sanoatidagi  TMKlar, 

undan  keyingi  o'rinlarni  oziq-ovqat  va  elektronika  sanoati  egal- 

lashgan,  eng  past  indeks  esa savdo  kompaniyalariga  tegishlidir.

8.5.  Globallashuv sharoitida TMKlar  o‘rtasidagi  birlashish va 

qo‘shib  olish  (M&A) jarayonlari

Birlashish  va  qo‘shib  olishlar  (ingl.  Mergers  and Acquisitions, 

M&A)  —  kapital  va  biznesni  mustahkamlashda  makro  va  mik- 

roiqtisodiy  darajalarda  bozordagi  bir  nechta  kichik  kompaniyalar 

o‘rnida  yiriklarining  yuzaga  kelishi  natijasida  sodir  bo‘ladigan 

iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.

Birlashish  —  bu  ikki  va  undan  ortiq  xo‘jalik  yurituvchi  sub- 

yektlarning birlashishi  bo‘lib,  natijada  yangi,  birlashgan  iqtisodiy 

birlik shakllanadi.

Birlashishlarda  kompaniya  yuridik  shaxs  va  soliq  tolovchi  si- 

fatidagi o‘zining mustaqilligini tugatgan holda boshqa kompaniya 

bilan  birlashadi.  Yangi  kompaniya  o'zining  tarkibiy  qismidagi 

kompaniyaning  mijozlari  oldidagi  barcha  majburiyatlarini  va  ak- 

tivlarini  bevosita  boshqarishni  hamda  nazorat  qilishni  o‘z  zim- 

masiga oladi.

205


Qo'shib  olish  — qo‘shib  olinadigan  kompaniya  ustav  kapitali- 

ning 30 foizdan ortig‘ini egallash  yo‘li  bilan  amalga oshiriladigan 

va  xo‘jalik  jamiyati  ustidan  nazorat  o‘rnatish  maqsadida  tuzi- 

ladigan  bitimdir,  bunda jamiyatning  yuridik  mustaqilligi  saqlab 

qolinadi.

Kompaniyalar  birlashishi  va  qo'shib  olinishining  asosiy  tur- 

lari tasnifi.  Xususiyatiga bog‘liq holda kompaniyalar integratsiyasi 

quyidagi  turlarga  ajratiladi:

Kompaniyalarning gorizontal  birlashishi.  Bu  aynan  bir turda- 

gi  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  ikki  kompaniyaning  qo‘shilishi 

emas,  buning  natijasida  faoliyatni  rivojlantirish  va  raqobatlashuv 

bo‘yicha ustunlikka  erishiladi.

Kompaniyalarning  vertikal  birlashish  bu  bir  qator  kompani- 

yalarning  birlashishi  boiib,  bunda  ulardan  biri  boshqalari  uchun 

xomashyo  yetkazib  beradi.  Natijada  mahsulot  tannarxi  pasayishi 

va  foydaning oshishiga  erishiladi.

Kompaniyalarning parallel birlashish — o‘zaro aloqador boigan 

mahsulotlar ishlab  chiqaruvchi  kompaniyalarning birlashishi.

Konglomerat  birlashishi  — ishlab  chiqarish  yoki  ta'minot  mu- 

nosabatlari  bo‘yicha  o‘zaro  aloqador  boimagan  kompaniyalar- 

ning  birlashishi  boiib,  bunda  bir  tarmoqda  faoliyat  yurituvchi 

kompaniyaning  boshqa  tarmoqdagi  kompaniya  bilan  qo‘shilishi 

sodir boiadi.

Tahliliy  maiumotlarga  ko‘ra  dunyoda  M&A  bo'yicha  har  yili 

o‘n  besh  mingga  yaqin  bitim  tuziladi.  Bitimlar  hajmi  va  qiymati 

bo‘yicha yetakchilikni  AQSH  egallagan.

Geografik  koiami  bo‘yicha bitimlar quyidagilarga boiinadi:

—  mahalliy;

—  mintaqaviy;

—  milliy;

—  xalqaro;

—  transmilliy  (transmilliy  korporatsiyalar  ishtirokidagi  bitim- 

lar).

Milliy aloqadorligi  bo‘yicha  quyidagicha  tasniflash  mumkin:



206

—  ichki  bitimlar (bitta  mamlakat  doirasida  sodir bo‘ladigan);

—  eksportga  oid  (bozorning  xorijiy  ishtirokchilariga  nazorat 

huquqini  berish);

—  importga oid  (xorijdagi kompaniyalar ustidan  nazorat  qilish 

huquqiga  ega  bo‘lish);

—  aralash  (transmilliy  korporatsiyalarning  bitimlarida  yoki 

bir  nechta  turli  davlatlar  aktivlari  bilan  kompaniyalarda  ishtirok 

etish).


Kompaniyalarning birlashish va qo‘shib olishlar jarayonining 

(M&A)  faollashuvi  zamonaviy  iqtisodiyotning  muhim jihatlari- 

dan  biri  hisoblandi.  Korporatsiyalar  birlashishi  tufayli  yuzaga 

keladigan  salohiyatli  imkoniyatlar  integratsion  jarayonlarning 

yanada  jadallashuviga  ta'sir  ko‘rsatdi.  Birlashish  va  qo‘shib 

olishlar  ko‘pgina  korporatsiyalar tomonidan  o‘zgaruvchan bozor 

sharoitlariga muvofiq  holda  ishlab  chiqarish  aktivlarini optimal- 

lashtirish  hamda  raqobatlashuv  afzalliklariga  erishish  yo‘li  sifa- 

tida  qaraladi.  Shuning uchun  mazkur soha tadqiqotlari  bo‘yicha 

ko‘pgina  ekspertlar  shug‘ullanishadi  hamda  ular  korporatsi- 

yalar  birlashish  va  qo‘shib  olishlarining  universal  loyihalarini 

tuzishga  harakat  qilishadi.  Misol  uchun,  Watson  Wyatt  kom- 

paniyasi  korporatsiyalar  birlashishining  beshta  bosqichini  aniq- 

lagan:  vazifalarni  tashkil  etish,  holatni  baholash,  tadqiq  etish, 

muzokaralar  o‘tkazish,  haqiqiy  birlashish.  Shuningdek,  ushbu 

sohadagi  boshqa  mutaxassislar birlashishning turli bosqichlarini 

taklif etishgan.

Transmilliy  korporatsiyalar  raqobatbardoshligini  oshirishning 

maxsus  instrumentlariga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  birla- 

shish  va  qo‘shib  olishlar,  strategik alyanslar va  autsorsing.

TMKlar  xalqaro  birlashish  va  qo‘shib  olishlar  hamda  global 

bozorlardagi  raqobatlashuv  holatini  o‘zgartirish  bo‘yicha  trans- 

chegaraviy bitimlarni  keng  qo‘llaydilar.

TMKlar  faoliyati  tahlili  shuni  ko'rsatmoqdaki,  iqtisodiy  glo- 

ballashuv  sharoitlarida  birlashish  va  qo‘shib  olishlar  turli  mam- 

lakatlarning  mahalliy  aktivlardan  investitsion  portfelni  tezlikda

207


shakllantirish,  yangi bozorlarni  o'zlashtirish,  ishlab  ehiqarish ja- 

rayonining  yangi  bosqichini  hamda  xomashyoning  yangi  man- 

balarini egallash  imkoniyati  hisobiga  korporatsiya  raqobatlashuvi 

oshishining  muhim  manbasi  hisoblanadi.

Dunyodagi yirik korporatsiyalar o‘rtasida birlashish va qo'shib 

olishlar,  shuningdek,  «yomon»  aktivlarni sotish  va  natijada  raqo- 

batchilar bilan  solishtirganda birmuncha  afzallikka  erishgan  kor- 

poratsiyalar  guruhini  ajratib  ko‘rsatish  mumkin.  Bunday  korpo- 

ratsiyalarga,  BP  (Buyuk  Britaniya,  neft  sohasi),  ExxonMobil, 

ChevronTexaco,  ConocoPhilips  (AQSH,  neft  sohasi),  General 

Electric  (AQSH,  konglomerat),  Glaxo  Smith  Kline  (Buyuk  Bri- 

taniya, farmatsevtika sanoati), Cisco Systems, IBM, Apple (AQSH, 

elektronika  sanoati),  Nestle  (Shveysariya)larni  kiritish  mum- 

kin.  Innovatsion  ishlanmalar  yoki  texnologiyalarga  ega  bo‘lgan 

boshqa  kompaniyalar  qo‘shilishining  muhim jihati  farmatsevtika 

TMKlarining  raqobatbardoshligini  qo'llab-quvvatlashdan  ibo- 

ratdir.  Bu  holatni  Amerika  TMK  faoliyatini  tahlil  etish  isbotlab 

beradi,  Pfizer,  Johnson  &  Johnson,  Abbot  Laboratories,  Bris- 

tol-Myers-Squibb,  Shveysariya  TMKlari  Hoffman-La  Roche  va 

Novartis,  Angliya  TMKlari  GlaxoSmithKline  va  AstraZeneca, 

Fransiyaning  Sanofi-Aventis.

Transchegaraviy birlashish va qo‘shib olishlar ishtirokchi kom- 

paniyalarning mehnat,  ilmiy-texnik va  moliyaviy resurslarini  bir- 

lashtirish  hisobiga raqobat  afzalliklariga erishishga yo‘naltirilgan. 

Shuningdek,  ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy sa- 

maraga erishish,  yangi  bozorlarga kirish,  ishlab chiqarishni diver- 

sifikatsiyalash,  yangi  aktivlardan  foydalanish,  asosan  nomoddiy 

(nou-xau,  savdo  belgilari,  tashkiliy  bilimlar)  va  boshqalarga  ega 

bo‘lish  imkoniyati  yuzaga  keladi.

Xulosa  o'rnida  ta'kidlash  lozimki,  transmilliy  korporatsiyalar 

o‘rtasidagi birlashish  va qo‘shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti 

hamda  milliy  iqtisodiyotlar  rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi  muhim 

omil bo‘lib hisoblanadi.  Bu holat o‘z navbatida transmilliy korpo- 

ratsiyalarning barqaror faoliyat ko'rsatishiga ham ta’sir ko'rsatadi.

208


Tayanch  so‘z  va  iboralar

UNCTAD,  ko‘p  millatli  korporatsiyalar,  xalqaro  monopoli- 

yalar,  sho‘ba  korxona,  norezident  korxona,  global  korporatsi- 

yalar,  transmilliy  bank,  transmilliylashuv  indeksi,  konglomerat 

birlashish,  vertikal  birlashish,  gorizontal  birlashish,  parallel  bir- 

lashish.


Takrorlash uchun  savollar:

1.  Xalqaro  korporatsiyalarning  qanday shakllarini  bilasiz?

2.  Ko‘p  millatli  korporatsiyalarning  o‘ziga xos belgilari  nima- 

lardan  iborat?

3.  Xalqaro  korporatsiyalar  faoliyati  orqali  iqtisodiyotda  qan- 

day imkoniyatlar yaratiladi?

4.  Transmilliy  korporatsiyalarning  asosiy  xususiyatli  belgila- 

rini  izohlab  bering.

5.  Transmilliy korporatsiya deganda  nimani  tushunasiz?

6.  Transmilliy  korporatsiyalar  uchun  belgilangan  asosiy  me- 

zonlarni  ayting?

7.  TMKlarning  milliy  iqtisodiyot  uchun  ijobiy  va  salbiy  to- 

monlarini  izohlang.

8.  Transmilliylashuv  indeksi  nima va  u  qanday  aniqlanadi?

9.  Zamonaviy TMKlar faoliyatiga  xos  bo‘lgan  tendensiyalarni 

ayting.


10.  Birlashish va qo‘shib olishlar deganda nimani tushunasiz?

11.  Kompaniyalar  integratsiyasining  qanday  turlari  mavjud?



Mustaqil o'rganish  uchun  topshiriqiar

1.  TMKlarning  rivojlangan  va  rivojlanayotgan  mamlakat- 

lardagi  o'rnini  tavsiflovchi  ma'lumotlarni  o‘rganing.

2.  YNKTADning  TMKlar  faoliyatiga  oid  hisobotlarini

o‘rganing.

3.  TMKlarning  investitsion  faoliyatiga  oid  jahon  statistika 

ma’lumotlarini  tahlil  eting.

4.  Asosiy terminlar  lug'atini  tuzing.

209


T e s t   s a v o lla r i

1.  Transmilliy korporatsiyalar — ...

A)  davlatlar  o‘rtasida  yuklarni  tashishga  ixtisoslashgan  kor- 

poratsiyalar.

B)  asosiy  kompaniya  bir  mamlakat  kapitaliga  tegishli  bo‘lib, 

filiallari  esa  dunyo bo‘ylab  tarqalgan kompaniyalardir.

C)  faqatgina bitta mamlakat hududida faoliyat yurituvchi kor- 

poratsiyalar.

D)  asosiy kompaniya ikki va undan  ortiq mamlakat kapitaliga 

tegishli  bo‘lib,  xorijiy  bo‘limlari  turli  mamlakatlarda  joylashgan 

kompaniyalar.

2.  Ko‘p  millatli  kompaniyalar — ...

A)  faqatgina  bir  turdagi  mahsulot  ishlab  chiqarishga  ixtisos- 

lashgan  va bir  mamlakat  kapitaliga  tegishli  korporatsiyalar.

B)  milliy iqtisodiyot doirasida  faoliyat ko'rsatuvchi korporatsi- 

yalar.


C)  asosiy kompaniya ikki va undan ortiq mamlakat  kapitaliga 

tegishli  bo‘lib,  xorijiy  bo‘limlari  turli  mamlakatlarda  joylashgan 

kompaniyalar.

D)  asosiy  kompaniya  bir  mamlakat  kapitaliga  tegishli  bo‘lib, 

filiallari  esa  dunyo bo'ylab  tarqalgan  kompaniyalardir.

3.  TMKlarga  tegishli  bo‘lgan  asosiy  mezonlar  qaysi  qatorda 

to‘g‘ri  ko‘rsatilgan?

A)  xorijdagi  aktivlar ulushi  25  foizidan,  yillik savdo  hajmi  esa 

1  mlrd.  dollardan kam  bo‘lmasligi  lozim.

B)  xorijdagi  aktivlar  ulushi  10  foizidan,  yillik savdo  hajmi  esa 

5  mlrd dollardan  kam bo‘lmasligi  lozim.

C)  xorijda  filiallarga  ega  bo‘lmasligi,  yillik  daromadi  2  mlrd 

dollardan ortiq bo'lishi  lozim.

D)  xorijda  ko‘pi  bilan  uchta  filialga  ega  bo‘lishi  va  xorijdagi 

aktivlar ulushi  15  foizidan  kam  bo‘lishi  lozim.

4.  Birlashish  — ...

210


A)  bir  kompaniyaning  turli  xildagi  mahsulotlar  ishlab  chiqa- 

rishga  ixtisoslashuvi.

B)  ikki  va  undan  ortiq xo'jalik  yurituvchi  subyektlarning bir- 

lashishi  boiib,  natijada  yangi,  birlashgan  iqtisodiy  birlik  shakl- 

lanishi.

C)  bir  kompaniya  tomonidan  ikkinchi  kompaniyaning  aksi- 

yalarini  sotib  olinishi.

D)  kompaniya  ustav kapitalining  30  foizdan ortig'ini  egallash 

yo‘li bilan  amalga  oshiriladigan  hodisa.

5.  Qo‘shib  olish  —  ...

A)  ikki  va  undan  ortiq  xo'jalik  yurituvchi  subyektlarning  bir- 

lashishi  bo‘lib,  natijada  yangi,  birlashgan  iqtisodiy  birlik  shaklla- 

nadi.

B)  qo‘shib  olinadigan  kompaniya  ustav  kapitalining  o‘ttiz 



foizdan  ortig‘ini  egallash  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladigan  va 

xo‘jalik jamiyati  ustidan  nazorat  o‘rnatish  maqsadida  tuziladi- 

gan  bitimdir.

C)  bu  bir  qator  kompaniyalarning  birlashishi  bo‘lib,  bunda 

ulardan biri  boshqalari  uchun  xomashyo  yetkazib beradi.

D)  ishlab  chiqarish  yoki  ta'minot  munosabatlari  bo'yicha 

o‘zaro  aloqador  bo‘lmagan  kompaniyalarning  birlashishi  bo‘lib, 

bunda  bir  tarmoqda  faoliyat  yurituvchi  kompaniyaning  boshqa 

tarmoqdagi  kompaniya  bilan  qo‘shilishi  sodir bo‘ladi.

6.  Kompaniyalar integratsiyasining turlari qaysi javobda to‘g‘ri 

keltirilgan?

A)  gorizontal,  vertikal,  parallel  va  konglomerat  birlashish.

B)  gorizontal,  tasodifiy,  parallel va konglomerat  birlashish.

C)  vertikal,  aralash,  parallel  va konglomerat  birlashish.

D)  gorizontal,  vertikal,  parallel  va  imtiyozli  birlashish.

7.  Transmilliy  korporatsiyalar  raqobatbardoshligini  oshirish- 

ning maxsus instrumentlariga nimalarni  kiritish  mumkin?

A) 


birlashish  va  qo‘shib  olishlar,  strategik alyanslar va  autsor- 

sing.


211

B)  birlashish va  qo‘shib olishlar,  strategik alyanslar,  moliyaviy 

markazlar.

C)  xorijiy  filiallarni  kengaytirish,  aktivlar  hajmini  oshirish.

D)  konglomerat  birlashishni  rivojlantirish,  sotish  hajmini  va 

kapitallashuv  darajasini  oshirish.

8.  Transmilliylashuv  indeksi  nimani  ifodalaydi?

A)  korporatsiyalarning  asosiy  mamlakatdagi  ishlab  chiqarish 

jarayonidagi  ishtirokini  ifodalaydi.

B)  transmilliy  korporatsiyalar  filiallari  ko'payishi  darajasini 

ifodalaydi.

C)  korporatsiyalarning  xorijdagi  mahsulot va  xizmatlar ishlab 

chiqarish jarayonidagi  ishtirokini  ifodalaydi.

D)  korporatsiyalarning  kapitallashuv  darajasini  aniqlashda 

foydalaniladi.

212


9-bob.  XALQARO  IQTISODIY  INTEGRATSIYA 

JARAYONLARI

9.1.  Xalqaro  iqtisodiy  integratsiyaning  mohiyati,  maqsadi  va 

asosiy  shart-sharoitlari.

9.2.  Xalqaro  integratsion  birlashmalarning  asosiy shakllari.

9.3.  G ‘arbiy  Yevropada  iqtisodiy  integratsiya  jarayonlarining 

rivojlanish  bosqichlari.

9.4.  lqtisodiy  rivojlanish  darajasi  turlicha  mamlakatlarning 

hududiy  integratsiyasiga xos  xususiyatlari  (NAFTA).

9.5.  Rivojlanayotgan  mamlakatlar  hududiy  integratsiyasining 

xususiyatlari  (MERKOSUR).

9.6.  Osiyo  hududiy  integratsiyasining  xususiyatlari  (ASEAN, 

APEC  va  h.k.).

9.7.  0 ‘tish  iqtisodiyoti  mamlakatlarida  integratsion  jarayon- 

larning  rivojlanishi.



9.1.  Xalqaro  iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, 

maqsadi va  asosiy shart-sharoitlari

Hozirgi  kunda  jahon  iqtisodiyotida  ikkita  asosiy  tenden- 

siya  amal  qilmoqda.  Bir  tomondan  jahon  xo'jaligida  yaxlitlik 

kuchaymoqda,  buning  natijasida  mamlakatlar  o‘rtasidagi  iqti- 

sodiy aloqalar rivojlanishi,  xalqaro savdoning erkinlashuvi  ham- 

da  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  tizimining  tashkil  topi- 

shi  kuzatilmoqda.  Ayniqsa,  bu jarayon  TMKlar  faoliyati  orqali 

namoyon  bo‘lmoqda.

Boshqa  tomondan  esa,  iqtisodiy  jihatdan  bir-biriga  yaqinla- 

shish  va  mamlakatlarning  mintaqaviy  darajada  o‘zaro  birgalikda 

faoliyat  ko‘rsatishi,  shuningdek,  yirik  mintaqaviy  integratsion 

tuzilmalar shakllanishi hamda ularni jahon xo'jaligi markazlarida 

mustaqil  faoliyat  ko‘rsatib  rivojlanib  borishi sodir bo‘lmoqda.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy xo‘jaliklar o‘rtasida o‘zaro 

barqaror aloqalarning  rivojlanishi  hamda mehnat taqsimoti  negi- 

zida yuzaga kelgan  mamlakatlarning  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy va

213


madaniy jihatdan  birlashuvi  bo‘lib,  ishlab  chiqarish  tuzilmalari- 

ning  turli  darajada  va  turli  ko'rinishlardagi  o‘zaro  aloqadorligini 

namoyon  qiladi.

Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  integratsion jarayonlar  ik- 

kita  asosiy  ko‘rinishda,  mikro  va  makro  darajalarda  namoyon 

bo‘ladi.  Mikro  darajada  bu  jarayon  qo‘shni  mamlakatlarda- 

gi  aiohida  firmalarning  turli  shakllardagi  iqtisodiy  aloqalarni 

amalga  oshirish  orqali,  shuningdek,  xorijiy  mamlakatlarda  o‘z 

filiallarini  tashkil  etish  yordamida  yuzaga  keladi.  Davlatlararo 

darajada  integratsiya  mamlakatlarning  iqtisodiy  birlashmalari- 

ni  tashkil  etish  va  milliy  siyosatlarini  muvofiqlashtirish  orqali 

amalga  oshiriladi.

Bizga  ma'lumki,  firmalar hamda  ishlab  chiqarish  korxonalari 

o‘rtasida  aloqalarning  tez  rivojlanishi,  tovar  almashuvida  xizmat 

ko‘rsatish,  kapital  va  ishchi  kuchlarining  mamlakatlar  o‘rtasida 

erkin  harakatini  ta’minlashga,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnika- 

viy, tashqi iqtisodiy va shuningdek,  mudofaa siyosatlarini, moliya- 

valuta  sohasidagi  harakatlar yagona  siyosatga  kelishishga  qaratil- 

gan  davlatlararo  tartibga  solish  zaruriyatini  taqozo  etadi.  Buning 

natijasida,  yagona  valuta,  infratuzilma,  moliyaviy  fondlar,  umu- 

miy  mamlakatlararo  boshqaruv  organlariga  ega  bo‘lgan  iqtisodiy 

majmualar tashkil  topishi yuz beradi.

Mamlakatlar  hududiy  integratsiyasidan  quyidagi  maqsadlar 

ko‘zda tutiladi:

1.  Bozorlarni  kengaytirish  imkoniyatlaridan  foydalanish  va 

ishlab  chiqarish  ko‘lamini  oshirish  hisobiga  ishlab  chiqarishdagi 

xarajatlarni  kamaytirish.

2.  Mamlakatlar o‘rtasidagi  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish.

3.  Xalqaro  iqtisodiy integratsiya jarayonlarida  ishtirok etuvchi 

mamlakatlarning jahon  bozoridagi  mavqeini oshirish.

Xalqaro  iqtisodiy  integratsiyaning  afzalliklari  sifatida  quyida- 

gilarni  keltirish  mumkin:

—  mamlakatlar  o‘rtasida  kapital  va  ishlab  chiqarishning 

markazlashuv va jamlanish jarayoni  yanada tezroq kechadi;

214


—  mahsulotlar,  xizmatlar,  kapital  va  ishchi  kuchlari  bilan 

jadal  almashinuv jarayonlari  yuzaga keladi;

—  bozorlarning  hajmiga  qarab  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

ko‘paytira  olish  imkoniyatlari  yuzaga  keladi;

—  ijtimoiy  masalalarni  hamkorlikda  hal  etish  imkoniyati  pay- 

do  bo‘ladi;

—  mamlakatlar o‘rtasidagi raqobatlashuvning kuchayishi sodir 

bo‘ladi,  bu  holat,  yanada  yuqori  sifatli  mahsulotlar  ishlab  chiqa- 

rishga ta’sir ko‘rsatadi;

—  iqtisodiy o‘sish  sur'atlarining jadallashuviga  erishiladi;

—  xalqaro  savdo  munosabatlarida  qulay sharoitlar yaratiladi;

—  yangi  texnologiyalarning  keng  tarqalishiga va joriy etilishi- 

ga imkon  yaratadi.

Iqtisodiy  integratsiyaga  ta'sir  ko‘rsatuvchi  omillar jumlasiga, 

jahon  xo‘jaligida  tobora  rivojlanib  borayotgan  baynalminallashuv 

va globallashuv jarayonlari, xalqaro savdo aloqalarining rivojlani- 

shi,  xalqaro  mehnat  taqsimotining chuqurlashuvi,  milliy iqtisodi- 

yotlar ochiqlik darajasining  ortib  borishi kabilar kiradi.

Xalqaro  iqtisodiy  integratsiyaning  maqsadi  bo‘lib,  istiqbolda 

mahsulotlar,  xizmatlar va  ishlab  chiqarish omillarining erkin ha- 

rakatlanishi  uchun  qulay  shart-sharoitlar yaratish  hisoblanadi.

Xalqaro  iqtisodiy integratsiyaning subyektlari jumlasiga xalqa- 

ro  ishlab  chiqarish  va  ilmiy-texnik  hamkorlik  hamda  ayirbosh- 

lashni amalga oshiruvchi  mamlakatlar kiradi.  Uning obyektlariga 

esa,  ishlab  chiqarish,  ilmiy-texnik  hamkorlik  va  ayirboshlash 

predmeti  hisoblangan  mahsulotlar,  xizmatlar,  valuta  va  ishchi 

kuchlarini  kiritish mumkin.

Xalqaro  iqtisodiy  integratsiyaning  shart-sharoitlari  sifatida  in- 

tegratsiyada  ishtirok etuvchi  mamlakatlar  ichki  bozorining  rivoj- 

lanish  darajasi,  mintaqaviy jihatdan  yaqinligi,  mamlakatlar  ijti- 

moiy-iqtisodiy  rivojlanish  maqsadlarining  umumiyligi  kabilarni 

kiritish  mumkin.

Xalqaro  iqtisodiy  integratsiya  shakllanishining  asosiy  shart- 

sharoitlari sifatida  quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

215


—  integratsiyalashayotgan  mamlakatlar  iqtisodiy  rivojlanishi 

va  bozor  munosabatlaridagi  holatining  yaqinligi;

—  integratsiyalashayotgan  mamlakatlarning  mintaqaviy jihat- 

dan  o‘zaro yaqinligi. Jahondagi  integratsion birlashmalarning ak- 

sariyati  mintaqaviy jihatdan bir-biriga  yaqin joylashgan,  transport 

aloqalariga  ega  bo'lgan  bir  necha  qo‘shni  mamlakatlar  guruhi 

orqali  shakllangan;

—  integratsion hudud doirasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarida 

mamlakatlardagi  mavjud  muammolarning umumiyligi.

Jahon  iqtisodiyotida  shakllangan  ko‘plab  integratsion  birlash- 

malar  deyarli  bir-biriga  o‘xshash  vazifalarni  amalga  oshirishni 

maqsad  qiladi.  Bular jumlasiga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:

—  keng  kolamdagi  iqtisodiy  afzalliklardan  foydalanish.  Iqti- 

sodiy  integratsion  hudud  doirasida bozorlar hajmini  kengaytirish, 

ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish,  mahsulotlar,  xomashyo 

resurslarining  erkin  harakati  uchun  sharoit  yaratish  va  boshqalar. 

Bu  holat  mamlakatlar  iqtisodiyotiga  investitsiyalarni jalb  etishni 

yanada  rag‘batlantiradi;

—  qulay  tashqi  siyosiy  muhitni  yaratish.  Ko‘plab  integratsion 

birlashmalarning  muhim  maqsadi  ularda  ishtirok  etuvchi  mam- 

lakatlarning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy va boshqa  sohalarda  bir- 

biri  bilan  o‘zaro  manfaatli  hamkorlik  qilishni  nazarda  tutadi;

—  savdo  rnunosabatlarini  rivojlantirishga  doir chora-tadbirlar- 

ni hamkorlikda  amalga  oshirish;

—  milliy  iqtisodiyot  tarmoqlarini  rivojlantirish  hamda  iqti- 

sodiyotni  tuzilmaviy  qayta  qurishga  ko‘maklashish.

Ta'kidlash  lozimki,  iqtisodiy  integratsiya  ishtirokchi  mam- 

lakatlar  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasining  yaxshilanishi, 

milliy iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishi  uchun  sha- 

roit  yaratadi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling