J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari
kontragentini m aium bir haq evaziga bitimni tuzishga undaydi
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Takrorlash uchun savollar
- Djon K . Xallning «OnuMOHbi, (jiioHepcbi n npyrne iipon3BoitH bie (|)HHaHcoBbie HHCTpyMeHTbi» (8-e H3flaiiHe /Op
- Test savollari
- 15-bob. 0 ‘ZBEKISTONNING XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIGA INTEGRATSIYALASHUVI
- 15.1. 0 ‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat va uning asosiy tamoyillari
kontragentini m aium bir haq evaziga bitimni tuzishga undaydi. 374
valuta kursini hisobga olgan holda suzib yuruvchi (fiksirlangan) foiz stavkasiga almashtiradi. Masalan, siz ushbu bitim orqali 150 mln so‘mlik kredit bo‘yicha UZIBOR stavkasida har cho- rakda amalga oshiriladigan foiz to‘lovlarni 100 ming AQSH dollarlik kredit bo‘yicha yillik 12 foiz fiksirlangan stavkada har chorakda amalga oshiriladigan to‘lovlarga valuta kursi USD/UZS = 1500 bo‘lganda almashtirish imkoniyati mavjud. Bunda ma’lum bir belgilangan sanadagi valuta kursidan, yoki svop bitimi tuzilayotganda amalda bo'lgan valuta kursidan foy- dalanish mumkin. Shuningdek, bitimda faqat foiz to‘lovlari al- mashtiriladi, asosiy qarz summasi esa almashtirilmaydi. Boshqa bir misol qilib, 10 ming AQSH dollarlik kredit bo‘yicha yillik 6 foizdan fiksirlangan stavkada oylik ustama to‘lovlarini amalga oshiruvchi, shuningdek, 16 mln so‘mlik investitsiyasi- dan UZIBOR+5 stavkada oylik daromad oluvchi kompaniyani olish mumkin. Kompaniya moliya bozorida kelajakda UZIBOR stavkaning pasayishi va USD/UZS kursining ko‘tarilish ehti- molidan o‘zini himoyalash maqsadida o‘z daromadlarini AQSH dollariga olishni rejalashtirgan. U o‘z rejasini amalga oshirishi uchun turli valutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruv- chi foiz stavkaga almashtirish bo‘yicha svop bitimini tuzishi yetarli hisoblanadi. Natijada kompaniya UZIBOR+5 stavkada 10 ming AQSH dollarlik kreditga oylik foiz to‘lovlarini amal- ga oshiradi va o‘zining 16 mln so'mlik investitsiyasidan valuta kursi va foiz stavkasi o‘zgarishidan himoyalagan holda 2 foiz qo‘shimcha daromadini qafiy belgilab, fiksirlangan stavkada 8 foiz yillik daromad ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bitimda valuta kursi USD/UZS = 1600 etib belgilangan. Bir valutalardagi suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinu- vi (floating — for — floating). Tomonlardan biri ma’lum bir valutadagi suzib yuruvchi foiz stavkasida aniqlangan summani boshqa bir suzib yuruvchi foiz stavkasidagi summaga almashti- radi. Bitimni tuzishda muddat, asosiy qarzning foiz to‘lovlarini aniqlashda foydalaniladigan shartli summa inobatga olinadi. 375
Floating — for — floating svoplar bir turdagi suzib yuruvchi foiz stavka bo‘yicha turli sanalarda amalga oshiriladigan foizli to‘lovlar o‘rtasida va biznes kunlari belgilanishidagi turli yondashuvlarni oldini olish uchun ham tuzilishi mumkin. Bu turdagi svoplar amaliyotda spekulyativ operatsiyalar uchun qo'llanilmasada, bi- roq korxona va tashkitotlar aktivlar va passivlarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turli valutalardagi suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinuvi (floating — for — floating). Tomonlardan biri ma’lum birvalutada- gi suzib yuruvchi foiz stavkasida aniqlangan summani boshqa bir valutada aniqlanuvchi suzib yuruvchi foiz stavkasidagi summaga almashtiradi. Bitimni tuzishda muddat, turli valutalar o‘rtasidagi kurs, asosiy qarzning foiz to‘lovlarini aniqlashda foydalaniladigan shartli summa inobatga olinadi. Bu jarayonni quyidagi misollar orqali to'liq o‘zlashtirish mumkin. Aytaylik, siz har chorakda 3 yil muddatga olingan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi kreditga USD LIBOR 1M suzib yuruvchi stavka bo‘yicha foiz to‘lovlarini amalga oshirasiz. Turli sabablar bilan siz o‘z foiz to‘lovlaringizni boshqa bir valutadagi suzib yuruvchi foiz stavkaga, masalan, TIBOR 3M ga o‘tkazmoqchisiz. Bunda siz turli valutalarda- gi suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinuvi ta’minlovchi foiz svopidan foydalanib o‘z rejangizni amalga oshirasiz. Albatta bunda kredit muddati va valuta kursini inobatga olasiz. Bi- tim tuzish kunida valuta kursi yoki hisoblangan forvard kursi USD/JPY = 120 bo‘lsa, 10 ming AQSH dollaridagi kredit 1,2 mlrd Yaponiya yeniga teng boiadi va ushbu summa har cho- rakda TIBOR 3M stavkadagi foiz toiovlari uchun asos hisobla- nadi.
Boshqa bir misol qilib, Yaponiyada o‘z faoliyatini yurituv- chi AQSH kompaniyasini olish mumkin. Kompaniyaga faoli- yatini rivojlantirish uchun 100 mln AQSH dollari zarur boisa, u mablagiarni jalb etishning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Qarz mablagiarini boshqarishni o‘z zim- masiga qoldirish uchun kompaniya o‘z faoliyatini fond bozori 376
orqali moliyalashtirish shakllaridan birini, aytaylik obligatsiya- lar chiqarish yo‘lini tanlagani ma’qul hisoblanadi. Biroq bunda ham u turli moliyaviy-iqtisodiy xavf-xatarlarga duchor bo‘lishi mumkin, ya’ni Yaponiya fond bozorida kompaniya yangi ishtirokchi bo‘lganligi va uning nufuzi pastligi bois obligatsiya- lar sotilmasligi, shuningdek, Yaponiyada chiqarilgan obligatsi- yalarni ishonchli sug‘urtalash dasturining mavjud emasligi va boshqalarni olish mumkin. Bunday muammolarni bartaraf etish uchun obligatsiyalarni AQSH bozoriga chiqarib sotish kompani- ya uchun afzal hisoblanadi. Lekin bu vaziyatda ham ba'zi bir muammolar uchraydi. Masalan, valuta kursi va foiz stavkalar o‘rtasidagi farqlardan yuzaga keluvchi xavf-xatarlar. Valuta kursi riskini forvard bitimlari orqali bartaraf etish mumkin bo‘sada, ammo forvard bitimining o‘zi ham foiz stavkalar orqali aniqla- nishi kompaniyaning foiz riskini toiiq bartaraf eta olmaydi. Foiz va valuta risklarini xedjirlashning turli usullari boiishiga qaramasdan, ularning eng oddiy usuli bu turli valutalardagi suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinuvi (floating — for — floating), ya’ni foiz svop bitimlarini tuzish hisoblanadi. Shunday qilib, kompaniya AQSH dollarida obligatsiyalar chiqaradi va ularni ushbu valutada svoplaydi. Natijada kompaniya o‘zi chiqargan ob- ligatsiyalar daromadlarini suzib yuruvchi foiz stavkalar bo‘yicha AQSH dollarida to‘lash majburiyatini oladi, ammo svop bitimi orqali Yaponiya yenidagi suzib yuruvchi foiz stavkalar bo'yicha daromadlarni to‘lab boradi. Pul bozoridagi foiz fyucherslariga opsionlar (option on mo- ney market interest rate future). Bunday opsion o‘z egasiga aniq bir narx bo‘yicha foiz fyuchersini sotib olish yoki sotish huqu- qini beradi. Ular faqat birjalarda muomalada bo‘ladi, masalan, LIFFEda. Yevrodollar va YEURIBOR bo‘yicha qisqa muddatli funt sterling fyucherslariga opsionlardan amaliyotda keng foy- dalaniladi. Foiz kafolatlari, «shift» va «pol» shaklidagi shartnomalar (interest rate guarantee, cap, floor). FRAlarga opsionlar «foiz 377
kafolati» (IRG) yoki «foiz kapleti» (interest rate caplet) deb nom olgan. FRAlarga yevropacha koll opsion yoki «1RG qarz- dor» kredit oluvchiga ssuda bo'yicha kelajakda maksimal foiz stavkani qat’iy belgilash huquqini taqdim etadi. FRAlarga put opsion yoki «IRG kreditor» aksincha kredit beruvchiga ssuda bo'yicha kelajakda minimal foiz stavkani qat’iy belgilash huqu- qini taqdim etadi. «Shift» (inglizcha «cap» — shapka, bosh kiyim) foiz shart- nomalari kelishilgan maksimal stavka va aktivlar bo'yicha suzib yuruvchi foiz stavkasi orasidagi farqni to‘lash uchun tuziladi. Bunday opsion shartnomasini tuzish orqali qarzdor o‘z majburi- yatlari bo'yicha foizlarni oshish riskidan xoli bo‘ladi. «Pol» (inglizcha «floor» — pol (yer yuzida o‘rnatilgan taxtali qoplama)) foiz shartnomalari esa aksincha, kelishilgan minimal stavka va aktivlar bo‘yicha suzib yuruvchi foiz stavkasi orasidagi farqni to‘lashni talab qiladi, ya’ni kafolatlaydi. Bu shakldagi op- sionni tuzish orqali kreditor (qarz bergan shaxs) taqdim etgan krediti bo‘yicha foiz stavkasi tushish riskidan himoyalanadi. «Shift» va «pol» shartnomalarining kombinatsiyasi «kol- lar» (inglizcha «collar» — bo‘yinbog‘) nomlanadi. Foiz stavka- siga tuzilgan bunday opsion investorni foiz stavkalarning kes- kin tebranishidan himoyalaydi, ya’ni ma'lum muddat davomida foiz stavkalarning maksimal va minimal chegarada tebranishini ta'minlaydi. Tayanch so‘z va iboralar Moliyaviy derivativlar, bazis aktivlari, forvard, fyuchers, op- sion, svop, moliya injiniringi, moliyaviy innovatsiyalar, aktiv- lar bilan ta'minlangan qimmatli qog‘ozlar, kredit derivativlari, konvertirlanadigan qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar, depozitar tilxatlar, REPO, kredit notalari, kredit defolt svopi, foiz deriva- tivlari, foiz svopi, foiz kafolatlari, «shift» va «pol» shaklidagi opsionlar. 378
Takrorlash uchun savollar: 1. Moliyaviy derivativlar mohiyati va ularga xos xususiyatlami aytib bering? 2. Hosila moliyaviy vositalarning asosiy bazis aktivlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz. 3. Derivativlarning rivojlanish bosqichlarini gapirib bering. 4. Hosila moliyaviy vositalarning qanday asosiy turiari bor? 5. Forvard shartnoma va unday foydalanishning ahamiyati qanday? 6. Fyuchers qanday qimmatli qog‘oz, u to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 7. Opsion qanday bitim, uning qanday asosiy turlari bor? 8. Svop operatsiyalari qanday amalga oshiriladi? 9. Moliya injiniringi mahsulotlari, moliyaviy innovatsiyalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 10. Aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog'ozlarning qan- day turlarini bilasiz? 11. Kredit derivativlarining mohiyatini aytib bering. 12. Konvertirlanadigan qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 13. Amerika va global depozitar tilxatlar to‘g‘risida aytib be- ring.
14. REPO operatsiyasini amalga oshirish tartibi qanday? 15. Mamlakatimizda iqtisodiyotida ruxsat etilgan hosila moli- yaviy vositalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 16. Kredit notalari qanday hosila moliyaviy vosita? 17. Kredit defolt svopi nima maqsadda ishlatilishi to‘g‘risida aytib bering. 18. Foiz derivativlarining tasnifi to‘g‘risida nimalarni bila- siz?
19. Foiz kafolatlari, «shift» va «pol» shaklidagi shartnomalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 379
Mustaqil o'rganish uchun topshiriqlar 1. Moliyaviy derivativlarda qollaniladigan kurslarni hisoblash formulalarini topib, o‘zaro qiyoslang va umumiy qonuniyatlarni aniqlang. 2. Moliyaviy derivativlarning umumiylikdan xususiylikka to- mon yo‘nalish bo‘yicha klasterini tuzing. 3. Moliyaviy derivativlarning foydalanish maqsadlarini baliq skletiga o‘xshatib tasvirlang. 4.
2013, 1072 c.) kitobidan moliyaviy derivativlarni baholash usulla- rini chuqur tahlil qiling va derivativlarga xos grafiklarni tasvirlang. 5. Moliyaviy derivativlaring har bir turi bo‘yicha shartnoma yoki qimmatli qog‘oz shakllari o‘z bilimingiz asosida tuzing va belgilangan standart shakllar bilan ularni taqqoslang. Test savollari 1. Forfard shartnomasidagi uzun va qisqa pozitsiyalar o‘rtasidagi farq nima? A) Bazis aktivlarni sotib oluvchi uzun pozitsiyaga, sotuvchi qisqa pozitsiyaga ega bo‘ladi. B) Bazis aktivlarni sotuvchi uzun pozitsiyaga, sotib oluvchi qisqa pozitsiyaga ega bo‘ladi. C) Bunday pozitsiyalar mavjud emas. D) Talablar qisqa, majburiyatlar esa uzun pozitsiya. 2. Keltirilgan izohlarga mos ketma-ketlikdagi javobni tan- lang: 1) riskni kamaytirish; 2) bozordagi narxning kelajakdagi o‘zgarishlari bashoratidan foyda olish; 3) ikki yoki bir necha moliyaviy vositalardan foydalangan holda bir turdagi aktivlarni ham sotish, ham sotib olish orqali foyda olish. A) xedjirlash, spekulyatsiya, artibraj. 380
B) spekulyatsiya, xedjirlash, artibraj. C) artibraj, xedjirlash, spekulyatsiya. D) xedjirlash, artibraj, spekulyatsiya. 3. Ijro bahosi 50 AQSH dollarlik uzun pozitsiyali forvard shartnomasidan ijro bahosi shunday bo'lgan uzun pozitsiyali «koll» opsion o‘rtasida qanday farq bor? A) forvard shartnomasini amalga oshirish majburiy, opsion shartnomasida esa ixtiyoriy, ya'ni xaridorga huquq bor. B) forvard shartnomasining mazkur holati sotib oluvchi to- monidan, «koll» opsion shartnomasidagi uzun pozitsiya esa sotuv- chi tomonidan shakllantirilgan. C) har ikkalasida ham uzun pozitsiya bo‘lgani uchun hech qanday farq yo‘q. D) ijro bahosi bo‘yicha xaridor aktivlarni forvard shartnomasi bo‘yicha sotishga, «koll» opsion bo‘yicha sotib olishga majbur. 4. «Koll» va «put» opsion bitimlari o‘rtasidagi farq to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating. A) o‘z egasiga bazisidagi aktivlarni belgilangan narx bo‘yicha sotib olish huquqini «koll» opsion taqdim etadi, sotish huquqini esa «put» opsion beradi. B) o‘z egasiga bazisidagi aktivlarni belgilangan narx bo‘yicha sotib olish majburiyatini «koll» opsion taqdim etadi, sotish maj- buriyatini esa «put» opsion beradi. C) aktivlar narxi tushayotganda bozorda «koll» opsion ko‘payadi, aksincha esa «put» opsion. D) «Koll» opsion faqat Yevropada, «Put» opsion esa Ameri- kada foydalaniladi. 5. Savdogar forvard shartnomasi bo‘yicha 100 ming funt ster- lingni 1GBP = 1,500USD valuta kursi bo‘yicha sotishda qisqa pozitsiyaga ega. Shartnomaning ijro etish paytida valutalarni ayirboshlash kursi 1) 1,490 2) 1,520 ga teng bo‘lsa savdogarning foydasini aniqlang. A) $1000 foyda va $2000 zarar. B) $500 foyda va $1500 zarar. 381
C) $7500 foyda va $10000 zarar. D) $1500 foyda va $3000 zarar. 6. Savdogar fyuchers shartnomasi bo‘yicha 50 ming to‘p gaz- lamani oldingan kelishilgan 1 to‘p gazlama = 100USD bo'yicha sotishda qisqa pozitsiyaga ega. Shartnomaning ijro etish paytida 1 to‘p gazlamaning narxi 1) $95 2) $103 ga teng bo‘lsa savdogar- ning foydasini aniqlang. A) $250000 foyda va $150000 zarar. B) $500000 foyda va $550000 zarar. C) $150000 foyda va $100000 zarar. D) $900000 foyda va $750000 zarar. 7. Siz «Maxwell» kompaniyasining 100 dona aksiyasini 40 AQSH dollaridan sotishga amerikacha uch oylik opsion shart- nomasini imzoladingiz. Ushbu aksiyalarning 1 donasini birjadagi joriy narxi 41 AQSH dollariga teng. Ushbu holatda siz qanday ish yuritar edingiz, o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin bo'lgan foyda va zararingizni aniqlang. A) Bitimni amalga oshirmasdim, chunki $100 zarar ko‘raman B) Shartnoma shartlariga ko‘ra bitimni $100 zarar bilan bo‘lsa ham amalga oshirishga majburman. C) Opsionni amalga oshirardim, chunki $100 foyda ko'raman. D) Ayni paytda hech qanday foyda yoki zarar to‘g‘risida ga- pirib boimaydi, chunki shartnoma olidindan belgilangan ayni bir sanada amalga oshiriladi. U sanadagi maiumotlar masala shar- tida keltirilmagan. 8. Faraz qilaylik, ayni paytda oltinning 1 unsiyasining bahosi 500 AQSH dollari. Bugungi sharoit bo‘yicha oltinni 1 yildan ke- yin yetkazib berish bo'yicha hisoblangan forvard kursi 700 AQSH dollariga teng. Arbitrajyor yillik 10% li kredit olib, ushbu shartlar asosida foyda olishi mumkinmi? A) Mumkin, 30% yoki unsiyasiga 150 dollardan foyda oladi. B) Mumkin emas, chunki kredit foiz stavkasi forvard kursiga nisbatan qimmat. 382
C) Mumkin, 10% yoki unsiyasiga 50 dollardan foyda oladi. D) Mumkin emas, chunki forvard kursi har kuni hisoblan- ganligi uchun pasayib ketishi mumkin. 9. Tasavvur qiling, ma'lum bir kompaniya aksiyasining nar- xini har 20 kunga 5% ga oshadi deb bashorat qildingiz. Aksiya- ning joriy narxi $29, uch oylik «koll» opsionning ijro narxi $30 bo‘lib, u bozorda $2,9 dan sotilmoqda. Ushbu holatda opsionni sotib olish foydalimi? A) Foydali, siz opsionni sotib olish natijasida $0,7 foyda qilasiz. B) Foydali, siz opsionni sotib olish natijasida $0,5 foyda qilasiz. C) Foydasiz, siz opsionni sotib olish natijasida $1 zarar qila- siz.
D) Foydasiz, siz opsionni sotib olish natijasida $2,45 zarar qilasiz.
10. «MAXI» shveysariya kompaniyasi aksiyasining narxi 500 shveysariya frankiga teng. Xususiy investor Jek ushbu kom- paniyaning bankrotga uchrashi to‘g‘risidagi maxfiy axborotga ega bo‘ldi va aksiyasini narxi tushadi degan xulosaga kelib, kom- paniya aksiyalaridan tashkil topgan va ijro bahosi 450 shveysariya franki, muddati 3 oy bo‘lgan 250 ta put opsionni 30 frankdan (premiya (mukofot)) sotib oldi. Agar 3 oydan keyin aksiya bahosi: 1) 400 ChF; 2) 500 ChF; 3) 600 ChF bo‘lsa, har bir holat uchun Jekning foyda zararla- rini aniqlang. A) Narx 400 ChF bo‘lganda Jek 5000 ChF foyda oladi, qol- gan holatlarda esa 7500 ChF zarar qiladi. B) Har bir holatda 7500 ChF zarar qiladi, foyda nolga teng bo‘ladi. C) Narx 400 ChF bo‘lganda Jek 20 ChF foyda oladi, qolgan holatlarda esa 30 ChF zarar qiladi. D) Har bir holatda 30 ChF zarar qiladi, foyda nolga teng bo'ladi. 383
15-bob. 0 ‘ZBEKISTONNING XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIGA INTEGRATSIYALASHUVI 15.1. 0 ‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat va uning asosiy tamoyillari. 15.2. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor
yo‘nalishlari. 15.3. 0 ‘zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. 15.4. 0 ‘zbekistonning xalqaro valuta-kredit tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari. 15.5. 0 ‘zbekistonning integratsion birlashmalardagi faoli- yati.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin o‘zining mustaqil tashqi siyosatini, shu jumladan, tashqi iqti- sodiy siyosatini yurita boshladi. Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosati eng avvalo, milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilgan holda xalqaro moliya munosabatlarida faol ishtirok etishga qa- ratilgan. Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatla- rini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o‘sishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqargan holda jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga erishishda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashki- lotlar bilan o‘zaro foydali hamkorlik o'rnatishga, bunday ham- 384
korlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tu- shuniladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatning subyekti sifatida 0 ‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga: — tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonun asoslarini belgilash; — tashqi iqtisodiy siyosatni, shu jumladan valuta-kredit siyo- satini ishlab chiqish va amalga oshirish, 0 ‘zbekiston Respublikasi valuta fondini shakllantirish va undan foydalanish; — tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tu- zish va ularni ijro etish; — 0 ‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida respub- likaning, uning yuridik shaxslari va fuqarolarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish; — respublika hududida chet ellik investorlar faoliyati uchun huquqiy kafolatlarni belgilash; — 0 ‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro iqtisodiy tashki- lotlar va birlashmalarda vakillik qilish; — 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadi- gan boshqa vakolatlar kiradi. Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar sifatida quyidagilar belgilangan: — birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashti- rish borasida aniq maqsadni ko‘zlab o‘tkazish, tovarlarni eksport va import qilishda xorijiy sarmoyadorlar o‘z daromadlaridan er- kin foydalanishlarida birmuncha imtiyozli tartibni joriy etish; — ikkinchidan, xorijiy sarmoyadorlarni, asosan bevosita kapi- tal mablag‘lar tarzidagi sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart- sharoitlarni yanada takomillashtirish; — uchinchidan, 0 ‘zbekistonga jahon darajasidagi texnologi- yalarni olib keladigan, xalq xo‘jaligining zamonaviy strukturasini vujudga keltirishda yordam beradigan sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o‘tkazish; 385
— to‘rtinchidan, mablagiarni eng ustuvor sohalarga — respub- lika mustaqilligini ta’minlaydigan agrar sektorni, yoqilgi-energe- tika kompleksini hamda boshqa bazaviy tarmoqlarni rivojlanti- rishga qodir, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga sarflash29. Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asos- lari yaratildi. Bular jumlasiga, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi, «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi, «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish cho- ralari to‘g‘risida»gi, «Boj tarifi to‘g‘risida»gi, «Eksport nazorati to"g‘risida»gi Qonunlarni hamda «Chet el investitsiyalari bilan loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish cho- ra-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Eksport mahsuloti ishlab chiqaruv- chilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, «To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi- ni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarini kiritish mumkin. 0 ‘zbekistofi Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: — barcha davlatlar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘zaro manfaatliligi; — tomonlarning tengligi; -- tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha sheriklarning ichki ish- lariga aralashmaslik; — xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan bitimlar bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarni halol va aniq bajarish prinsiplari; — hamma tomonidan e'tirof etilgan boshqa xalqaro normalar, qoidalar va shartlarga rioya etish. Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling