J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari


Download 1.93 Mb.
bet101/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari


Forvard shartnomalari — kelishilgan shartlar asosida, kela- jakda, shartnomadagi bazis aktivlarni yetkazib berish bo'yicha ikki tomon o‘rtasida tuzilgan bitim. Forvard shartnomalar indi- vidual xususiyatga ega bo‘lib, birjalarda muomalada bo‘lmaydi, ya'ni birjadan tashqaridagi savdolarda ayirboshlanadi. Forvard shartnomalari, fyuchers bitimlari kabi tomonlarga bazis aktiv- larni sotish va sotib olish majburiyatini yuklaydi. Forvard shart- nomalari tomonlar o‘rtasida erkin holda tuziladi. Shuningdek, mazkur shartnomalar korxonalarga o‘zlarining uzoq muddatli davriy oraliqda yirik miqdordagi xarajatlarini rejalashtirish ham- da kelajakda ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxini xedjirlash imkonini beradi.
Forvard shartnomalarida qo‘llaniladigan kursni avvaldan hisoblashning bir qator formulalari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi va oddiysi quyidacha:

Bunda: F —forvard kursi; S —spot (joriy) kurs; r —risksiz da- romadning foiz stavkasi (odatda, bunda banklarning depozit foiz stavkasi yoki davlat qimmatli qog‘ozlari foiz stavkalari olinadi) (bu ko'rsatkich koeffitsient ko‘rinishida olinadi, masalan, 10 foiz 0,1 koeffitsient, 14 foiz —0,14 va h.k.); t —forvard shartnomasi- ning amal qilish muddati, kun hisobida.


Agar forvard shartnomasidagi aktivlar bo‘yicha dividendlar yoki foiz to‘lovlari amalga oshirilsa, unda forvard kursini hisob- lash biroz murakkablashib, quyidagi ko‘rinishni oladi:

Bunda: Div —dividend.


351
Fyuchers shartnomalari kelajakdagi ma'lum bir sanada, oldin­ dan kelishilgan narx bo'yicha, aniq miqdordagi mahsulotlar (ba­ zis aktivlar)ni tomonlar tomonidan sotish yoki sotib olish maj­ buriyatini belgilovchi standartlashgan birja bitimlaridir.


Fyuchers shartnomasini tovarlarni haqiqatda yetkazib be­ rishni nazarda tutishi ham mumkin. Jahon amaliyotida fyuchers shartnomalari bo'yicha haqiqatda tovarlarni tomonlar o'rtasida o'zaro ayirboshlash jami fyuchers bitimlarining atigi 5% ni tash­ kil etadi. Birjalarning hisob palatalari orqali fyuchers shartno­ malarini hech bir shartlarsiz amalga oshirilishini, bajarilishini ta'minlash ularni yuqori likvidli moliyaviy aktivlarga aylantir­ gan.
14.1-jadval

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling