J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari


Download 1.93 Mb.
bet102/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari


I

Forvard shartnomalari

2

Fyuchers shartnomalari

kelajakdagi foiz stavkasiga ke- lishuv (FRA); kredit forvard- lari; kredit sprediga forvardlar; aksiya, obligatsiya va h.k.larga
forvardlar

foizlarga, valutalarga, in- dekslarga, fyucherslar






Opsion shartnomalari




Svoplar




koll; put; stellaj (stredll);




valutaviy (ayirboshlanadigan valutalarga) svop; defolt (kredit defolt) svopi; foiz svopi; aktiv- larga svoplar; yalpi daromadga svoplar; qayta joylangan aktiv- larga svoplar; dinamik kredit svoplar; oraliq (ichki) opsionga svoplar; defolt savatiga yoki birinchi defolt ko'rinishidagi svoplar; bankrotlik svoplari; kredit sprediga svoplar






strengl; strep; strip; spred;







kep (shift); flor (pol); kollar;







varrant; imzolargan huquq;







varrant; amerika; yevropa;







chaqirib olinadigan obligatsi-




3

yalarga opsion; opsionlarga

4




opsion (compound opions);







oraliq (ichki) opsionlar (cal-







lable and putable FRNs); de-







folt (kredit defolt) opsion;







kredit sprediga; reytingiga op-







sion; aktivlarga kredit svop-







sionlari; indekslarga opsion




5

Moliya injiniringi mahsulot-
lari (moliyaviy innovatsiyalar)

6

Kredit derivativlari

svopsion; o'rta qiymatli yoki osiyo svopsion (average rate swaptions or asian swaptions); aktivlar bilan ta'minlangan qimmatli qog'ozlar (asset backed securities); kredit (ob- I igatsiyalari)lar (collateralized loan obligation (CLO)), ob- ligatsiya majburiyatlari (col- lateralized bond obligation (CBO)) bilan ta'minlangan aktivlar

akkreditiv (letter of credit (LC)); obiigatsiyalarni sug'urtalash shartnomasi (bond insurance); spredlok (spreadlocks); suveren qarzlar (kreditlar), korporativ kreditlar, bank qarzlari (kredit- lari) bilan bog'liq derivativlar; kreditlar bilan bog'liq notalar (credit-linked notes (CLNs)); qayta joylashti rilgan notalar (repackaged notes); <•Nol-bir,> tarkibli (zero-one structures)
notalar

7

Hosila moliyaviy vositalarning boshqa turlari

konvertirlanadigan obligatsiyalar; depozitar tilxatlar; REPO

Jahon birjalarida 60 tadan ko'p turli tovarlar fyuchers shart­ nomalari orqali savdo qilinadi. Ushbu mahsulotlarni shartli ra­ vishda 4 guruhga bo'lish mumkin, ya'ni birichi qishloq xo'jalik va metall mahsulotlari, ikkinchi qimmatli qog'ozlar (asosan ob­ ligatsiyalar), uchinchi xorijiy valutalar hamda to'rtinchi guruhi birja indekslariga bazisida tuziladigan fyucherslar.


Opsion shartnomalari - shartnomaviy qimmatli qog'oz bo'lib, uni sotib olgan xaridor opsion bazasidagi aktivlarni oldindan belgilangan narx bo'yicha muayyan muddat davomida opsion­ ni sotuvchisiga sotish (put) yoki sotuvchisidan sotib olish (koll) huquqiga opsionni sotuvchisiga oldingan to'langan haq (mukofot) evaziga ega bo'ladi, shuningdek, opsionning sotuvchisi esa, xari­ dor tomonidan unga to'langan hag evaziga xaridorning opsionda belgilangan shartlarini bajarishga majbur bo'ladi.
Jahon bozorida opsionlarning belgilangan muddatida ijro etish bo'yicha ikki. ya'ni amerika va yevropacha turi keng tarqalgan. Amerikacha opsionda opsion belgilangan muddat davomida ix-
tiyoriy kunda ijro etilishi mumkin. Yevropacha opsion oldindan aniq belgilangan kun yoki sanada ijro etiladi.
Odatda, opsion shartnomalari beshta turli guruhga mansub tovarlar bilan tuziladi. Birinchi - valuta, ikkinchi - qimmat­ Ji qog'ozlar, uchinchi - foiz stavkalar (bank krediti va depoziti bo'yicha), to'rtinchi - birja indekslari, beshinchi guruh - hosila moliyaviy vositalar.
Foiz stavkasi asosida tuzilgan opsionlar mazkur turdagi opsion xaridoriga foiz stavkalarini aniq belgilangan darajasidan pasayib yoki ko'tarilib ketmasligini kafolatlaydi.
Opsionlarning turli kombinatsion shakllari.
Streddl (stellaj bitim) - koll va put opsionlar kombinatsiya­ si bo'lib, ma'lum muddat davomida, bazis aktivlarining oldin­ dan belgilangan bitta narx asosida, ikki barobar ko'p mukofot pulini to'lash evaziga, opsion aktivlarini sotish yoki sotib olish huquqiga ega bo'lishdir. Bunday opsonlar narxlar turg'un hol­ atda, ya'ni baholardagi o'zgarishlar juda kam bo'lsagina moliya bozorida ko'p uchraydi. Chunki sotuvchi bunday opsionlarning narxi o'zgarmaydi deb umid qiladi.
Streng! ham koll va put opsionlar kombinatsiyasi bo'Iib, ma'lum muddat davomida, bazis aktivlarining oldindan belgilan­ gan minimum va maksimum narxlari asosida, ikki barobar ko'p mukofot pulini to'lash evaziga, opsion aktivlarini sotish yoki sotib olish huquqiga ega bo'lishdir. Bunda opsion bazisidagi aktivlar narxi ma'lum bir kichik tebranish yo'lagi asosida o'zgaradi, deb umid qiladi.
Strep bu bitta put va ikkita koll opsion birlashmasidan tashkil topgan opsion bo'lib, ijro bahosi bitta yoki turlicha bo'lishi mum­ kin. Bu kabi opsionlar bazis aktivlar narxi pasayishi kutilayot­ ganda ko'payib boradi.
Strip bu bitta koll va ikkita put opsion birlashmasidan tashkil topgan opsion bo'lib, bunda ham ijro bahosi bitta yoki turlicha bo'lishi mumkin. Bu kabi opsionlar bazis aktivlar narxi oshishi kutilayotganda ko'payib boradi.
Qimmatli qog'ozlar bo'yicha opsionlarning bir turi varrant hi­ soblanadi. Varrant o'z egasiga kompaniyaning ma'lum miqdordagi qimmatli qog'ozlarini oldindan belgilangan narx bo'yicha egal­ lash huquqini taqdim etadi.
Hosila moliyaviy vositalarga opsionlarning turli ko'rinishlarini amaliyotda uchratish mumkin. Masalan, fyuchers shartnomala­ riga opsion, svop shartnomalariga opsion (svop-opsion (svop­ sion)), bazasi opsion shartnomalari bo'lgan opsion (ikkilamchi opsion va h.k.).
Svopsion (swaption) - svoplar bitimlariga tuzilgan opsionlarni bildiradi. Svopsion o'z egasiga kelajakdagi ma'lum bir sanaga fik­ sirlangan (strayk) stavka bo'yicha maxsus shartlar asosida foiz svop bitimiga qo'shilish huquqini (majburiyatini emas) taqdim etadi. Bozorda ko'plab svopsion turlari muomalada bo'ladi. Asosiylari quyidagi sharnomalar hisoblanadi:
ikki, besh va o'n yillik svoplarga uch oylik va yillik opsion-
lar;
ikki va besh yillik svoplarga ikki va besh yillik opsionlar;

  • o'n yillik svoplarga o'n yillik opsionlar;

  • o'n besh yillik svoplarga o'n besh yillik opsionlar. Svopsionlarning qolgan turlari bozorda kam uchraydi. Odat­

da, svopsionda sotuvchi va sotib oluvchilar quyidagilarni kelishib oladilar:

  • svopsion premiyasi (mukofoti, narxi);

  • stavkasi (svopsiondagi svop bitimning fiksirlangan stavkasi);

  • davomiyligi (odatda asosiy svop bitimi boshlanish sanasi ikki ish kun oldin tugatiladi);

  • asosiy svop sanasi;

  • summasi;

  • qo'shimcha komission xarajatlar va chegirmalar;

  • asosiy svop to'lovlari bo'yicha hisob-kitoblar chastotasi, davri.

Agar svopsion svop bitimi bo'yicha o'rniga fiksirlangan to'lovlarni olish huquqini taqdim etsa <svopsioni>> (svopsion put), aksincha esa, ya'ni agar suzuvchi foiz stavkalardagi to'lovlarni olib, fiksirlangan foiz stavkalar bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish huquqini taqdim etsa <> (svopsion koll) deb yuritiladi.
Svoplar - shartnomada belgilangan shartlar bo'yicha kelajak­ dagi to'Jovlarni yoki turli aktivlarni almashtirish to'g'risidagi ikki tomon o'rtasidagi kelishuv. Odatda, bu kabi operatsiyalar bank va mijoz o'rtasida o'zlarining qarz va kredit majburiyatlarini al­ mashtirish bo'yicha tuziladi.
Svoplar ko'p sonli ishtirokchilar orqali amalga oshiriladi. Bunda banklar odatda oddiy vositachi yoki moliyaviy institut ro­ lini bajarishadi. Svoplarning shartlarini standartlashuvi ularning ikkilamchi bozori shakllanishiga olib kelgan, xususan valutalar bo'yicha svoplar bozori. Biroq, svoplarning ikkilamchi bozori jami bozorning atigi 5% ni tashkil etadi.
Qimmatli qog'ozlar bo'yicha svoplar investitsiya institutlariga nafaqat o'zlarining fond aktivlarini optimallashtirish (diversifi­ katsiyalash), balki ma'lum bir emitentning aksiyadorlar umu­ miy yig'ilishi o'tkaziladigan sanada qimmatli qog'ozlar paketini vaqtinchalik egallab turish maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin.
Svoplarning yuzaga kelishi kompensatsion (qoplangan) yoki parallel qarzlar taraqqiyoti bilan bog'liq. XX asrning 60-70-yil­ larida mazkur operatsiyalarni standartlashtirish boshlandi. Bu esa 1981-yilda svop qoidalari bo'yicha standartlashgan IBM va Ja­ hon banki o'rtasida dastlabki valuta bitimi tuzilishiga olib keldi. Shundan bu kabi operatsiyalar rivojlana boshladi.
Moliya injiniringi mahsulotlari (moliyaviy innovatsiyalar). Moliya injiniringi bu yangi (innovatsion) moliyaviy vositalar va jarayonlarning loyihasini tuzish, ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, shuningdek, moliya sohasidagi muammolarni yechish­ ning yangicha yo'llarini izlab topishdir.
O'rta qiymatli yoki osiyo svopsion (average rate swaptions or asian swaptions). Sunday opsion asosidagi tovar (aktivlar)ning ba-
hosi ma'lum muddat davomida o'rta qiymatda hisoblab boriladi. Natijada, ushbu mahsulot o'z mijozini shartnomadagi bazis ak­ tivlar narxlarining keskin kunlik o'zgarishlaridan himoyalaydi.
Aktivlar bilan ta'minlangan qimmatli qog'ozlar (asset backed securities). Hozirgi kunda aktivlar sekyuritizatsiyasiga asoslangan qimmatli qog'ozlarning ko'plab turlari mavjud bo'lib, ularning ayrimlarini quyida keltiramiz:

  • CDO (collaterized debt obligation) - qarzli majburiyatlar (obligatsiyalar va kreditlar) bilan ta'minlangan obligatsiyalar;

  • CLO (collateralized loan obligation) - kreditlar bilan ta'minlangan obligatsiyalar;

  • CVO (collateralized bond obligations) - qarz qimmatli qog'ozlari hisobiga ta'minlangan obligatsiyalar;

  • ABS (asset-backed securities) - aktivlar bilan ta'minlangan qimmatli qog'ozlar (avtokreditlar, iste'mol kreditlari, kredit kar­ tochkalar, lizing shartnomalari, kichik va o'rta biznesga kredit­ lar, kelajakda rejalashtirilgan tushumlarni (masalan, xizmatlar to'lovini olish bo'yicha tilxatlar) ham qamrab oladi);

  • MBS (mortage-backed securities) - uy-joy, ipotekaga, ko'chmas mulkka asoslangan qimmatli qog'ozlar;

  • CFO (collateralized fund obligations) - investitsiya fondlari (xususiy aksiya va xedj fondlar) aktivlari bilan ta'minlangan qim­ matli qog'ozlar;

  • CDS (credit default swap) - investorni kredit qaytmasligi­ dan kafolatlovchi qimmatli qog'ozlar.

Kredit derivativlari - kredit risklarini oldi-sotdi qilish orqali moliyaviy oqimlar qayta taqsimotini ta'minlovchi bozor muno­ sabatlari tizimidir. Kredit riskidan himoyalanish maqsadida turli moliyaviy vositalar orqali oldi-sotdi operatsiyalarini yetakchi moliyaviy markazlarda amalga oshirilishi kredit derivativlari bo­ zorini o'zida namoyon etadi.
Kredit derivativlari ko'p funksiyali moliyaviy vosita hisobla­ nadi. Ular quyidagi vazifalarni bajarishadi:
kredit risklaridan xedjirlash;

  • risklarni deversifikatsiyalash;

  • qarz olish shartlarini yaxshilash;

  • daromadlilik darajasini oshirish;

  • obligatsiyalarni qayta guruhlash;

  • trasaksion xarajatlarni kamaytirish.

Kredit derivativlari o'zining yetarlicha murakkabligi bilan 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi chuqurlashishiga hamda jadallashishiga olib kelgan asosiy sabablardan biri bo'ldi. Fikrimizcha, kredit derivativlar bozorida inqirozni yuzaga keli­ shiga asosiy sabab quyidagilardan iborat.
Birinchidan, berilgan kreditlar hajmiga nisbatan kredit de­ rivativlar orqali tuzilgan bitimlar hajmi bir necha barobar ortiq bo'lgan.
lkkinchidan, ushbu bozor shaffofligining mavjud emasligi, natijada mavjud risklar va bunday vositalar hajmini baholash im­ konining yo'qligi.
Uchinchidan, kredit derivativlar bilan bog'liq operatsiyalar­ ga juda ko'p sonli ishtirokchilar jalb etilganligi. Ko'p bosqichli o'zaro bog'liq operatsiyalar chizmasi uning ishtirokchilariga bun­ day moliyaviy mahsulotni to'liq anglab olish imkonini bermadi va ularni sotib oluvchilar to'liq reyting agentliklari bahosiga isho­ nishga majbur bo'ldilar.
Hosila moliyaviy vositalarning boshqa turlari: Konvertirlanadigan qimmatli qog'ozlar, obligatsiyalar. Kon­
vertirlanadigan qimmatli qog'ozlar ularni chiqargan emitent­ ning oddiy aksiyalariga yoki boshqa qimmatli qog'ozlarini av­ valdan belgilangan ma'lum miqdoriga hech qanday to'lovlarsiz almashtirish imkonini beruvchi qimmatli qog'ozlardir. Bu jara­ yonda konversiya koeffitsienti bitta konvertirlanadigan qimmatli qog'ozga to'g'ri keladigan oddiy aksiyalar miqdorini anglatadi. Konversion kurs emitent qimmatli qog'ozlarini almashtirish pay­ tida foydalaniladigan oddiy aksiyalar yoki qimmatli qog'ozlarning oldindan belgilangan, e'lon qilingan kursidir. Konversion qiymat konvertirlanadigan qimmatli qog'ozlarni emitentning oddiy ak-
siyalariga yoki boshqa qimmatli qog'ozlariga almashtirish yoki oldi-sotdi qilish qiymati hisoblanadi. Konvertirlanadigan qim­ matli qog'ozlar joriy kursining konversion kursdan oshishi nati­ jasida konversion qiymatdan ko'rilgan foyda konversion mukofot (premiya) deyiladi.
Depozitar tilxatlar. Global aksiya transmilliy kompaniyalar­ ning oddiy aksiyasi hisoblanib, bir vaqtning o'zida bir qancha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo'ladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling