Viy tadqiqotlar va ularning turlari


Download 23.06 Kb.
bet1/2
Sana04.01.2023
Hajmi23.06 Kb.
#1078763
  1   2
Bog'liq
2-MA\'RUZA (1)


MA’RUZA № 2
MAVZU:AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR VA ULARNING TURLARI

REJA:

  1. O’simliklarning mineral oziqlanishi mexanizmi.

  2. Dehqonchilikda oziq moddalar aylanishi.

  3. O’g’itlardan oqilona foydalanish yo’llari, o’g’itlar va boshqa kimyoviy vositalarning ekologiya, inson salomatligi, mahsulotlar sifatiga ta’siri.

Agrokimyo fani qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda o’simlik, tuproq va o’g’it o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadigan fan.
U o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarni hal qilishda quyidagi muammolar ustida ish olib boradi:
> o’simliklarning mineral oziqlanishi mexanizmini o’rganadi;
> tuproqlar unumdorligining o’zgarib borishini aniqlaydi;
> dehqonchilikda oziq moddalar aylanishini o’rganadi;
> o’g’itlardan oqilona foydalanish yo’llarini belgilaydi.
> o’g’itlar va boshqa kimyoviy vositalarning ekologiya, inson salomatligi, mahsulotlar sifatiga ta’sirini aniqlaydi. Ayni masalalarni hal qilishda agrokimyo fani biologiya, fizika, kimyo, matematika kabi aniq fanlarga suyangani holda, o’zining maxsus tadqiqot usullaridan foydalanadi. Agrokimyoviy tadqiqotlar qo’yilgan maqsad va vazifalaridan kelib chiqqani holda laboratoriya, vegetasiya, lizimetr va dala tajribalari ko’rinishida amalga oshiriladi. Umuman olganda, har qanday ilmiy-izlanishlar nazariy yo’l bilan yoki eksperiment shaklida amalga oshiriladi. Agrokimyo fanidagi o’rganiladigan muammolarning turli-tuman va murakkab bo’lishi nazariy tushunchalar va eksperimentlar o’rtasida keskin chegara qo’yishii qiyinlashtiradi, yoki boshqacha aytganda, tadqiqotning bu ikki turini bir-biridan ajratib, yakkalab o’rganib bo’lmaydi. Agrokimyoviy tadqiqotlarda nazariy fikr va mulohazalar kuzatish va tajribalar uchun asos bo’lishi bilan bir qatorda, eksperimentlarning natijalarini umumlashtirish, nazariyaning rivojlanshiga turtki bo’ladi. Agrokimyo fani muayyan muammoning nazariy asoslarini ishlab chiqishda ilmiy tadqiqotlarning kuzatish va tajriba kabi ko’rinishlaridan keng foydalanadi. Kuzatish - hodisaning (masalan, o’simliklarning rivojlanishi, iqlim elementlaridagi o’zgarishlar va ,h.k.) tadqiqotchini qiziqtirgan tomonlarini miqdor yoki sifat jihatidan hisobga olish, uning holati, belgisi yoki xossalarini batafsil qayd qilib borishdir. Hodisaning belgi yoki hossalarini kuzatish va hisobga olishda o’lchashning turlituman imkoniyatlaridan foydalaniladi. Masalan, kuzatish ishlari ob-havoni kuzatish stansiyalarida havo va tuproq harorati, yog’in-sochin miqsori, shamolning yo’nalishi va ku~ chini aniqlash, dehqonchilikda ekinlarning begona o’tlar bilan ifloslanganlik darajasini belgilash, tuproqdagi namlik va oziq moddalar miqdorini aniqlash tarzida amalga oshirilishi mumkin. Barcha hollarda ham kuzatish bizga hodisaning miqdoriy yoki sifat ko’rsatkichlarini ko’rsatadi xolos, lekin ularning mohiyatini izohlab bermaydi. Shuning uchun kuzatish agrokimyoviy taqiqotlarda o’zicha mustaqil tadbir bo’lmasdan, o’ziga nisbatan murakkab usul - tajribattt tarkibiy qismi hisoblanadi. Tajribada tadqiqotchi kerakli omil va hodisani sun’iy ravishda yaratadi yoki uning sababi, kelib chiqishi hamda mohiyatini batafsil tushuntirish maqsadida shart-sharoitlarini o’zgartiradi. Lozim bo’lganda uni qismlarga bo’lib (analiz), o’rni kelganda umumlashtirib (sintez) o’rganadi. Aytilganlardan ko’rinib turibdiki, kuzatishga qaraganda tajriba bir qator ustunliklarga ega. shu bois u barcha tabiiy fanlarda keng qo’llaniladi.
Tadqiqotlarni rejalashtirish va tashkil qilish Rejalashtirish-tadqiqotlar oldiga qo’yilgan eng qiyin va mas’uliyatli vazifa bo’lib, u uz ichiga quyidagi bo’limlarni oladi:
> ilmiy izlanish muammosidan kelib chiqqan holda mavzu va mavzuchalarni tanlash; > tadqiqotning maqsadi, vazifalari va obyektini aniqlash;
> masalaning o’rganilganlik darajasini tanqidiy o’rganish;
> ishchi taxmin (gipoteza) ni yaratish;
> tadqiqotning dasturi va uslubiyotini tuzish.
Muammo - o’rganiladigan nazariy yoki amaliy masala.
Mavzu - muammo yoki muammoli masalaning bir qismini yechish uchun belgilanadigan topshiriq. Tadqiqotning mavzusi aniq, lo’nda tarzda bayon qilinishi va o’z ichiga izlanishlar mazmunini qamrab olishi hamda shu kun va kelajak talablariga to’la javob berishi kerak. O’rganiladigan masala muammosidan kelib chiqqan holda mavzu o’z navbatida mavzucha va bo’limlarga bo’linishi mumkin.
Tadqiqotning maqsadi - ish nima uchun amalga oshirilayotganligini ko’rsatishi, tadqiqotning hajmi va murakkabligidan qat’iy nazar bitta jumla bilan ifodalanishi lozim.

Download 23.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling