O’g’it berish mashinalari


Download 7.05 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi7.05 Kb.
#1797312
Bog'liq
Qishloq ho\'jaligi mashinalarini takomillashtirish istiqbollari

“Qishloq ho’jaligi ishlarini tashkil etish texnologiyasi fanidan taqdimot Mavzu: ” Qishloq ho'jaligi mashinalarini takomillashtirish istiqbollari” Bajardi:Xalilova M

Reja:


2
3
O’g’it berish mashinalari
1
Mineral o’g’itlarni sochish mashinalari
O’g'it sepish mashinalarini takomillashtirish

O’simliklarning oziqlanishini yaxshilash uchun tuproqga o’g'it solinadi. o’g'itlar organik va mineral o’g'itlarga bo’linadi. Organik o’g'itlar go’ng, torf, torf-shaltoq va torf- fekaliy kompasti shaklida ishlatiladi.


O’g’itlar muxim xususiyatlariga ko’ra 3 xil bo’ladi.
1) organik 2) mineral 3) bakterial
Ekishdan keyingi o’g’itlash o’simliklarning vegetasiya davrida amalga oshiriladi va u kultivator oziqlantirgichlar yordamida tuproq tagiga beriladi.

Mineral o’g’it berib ekinni oziklantirish uchun kul tivatorga unga likopsimon o’g’itlash apparatlari o’rnatiladi.


O’g’itlash apparati bunker 2, ustki sidirgich 3, konusli tsilindr 4, xalqasimon shesternya 5, asos 6, tushirgich 7, nov 8, qopqoqlardan iborat.
Likop 9 bilan asos 6 orasida aylanasimon tirgish 11 paydo bo’ladi. Tirkish 11 orgali o’g’it, nov 8 ga tushib turadi.
Likop 9, asos 6 ichiga payvand qilinib, uning urtasidagi teshikka tushirgich 7 va ustuncha 10 o’rnatilgan.

O’g’it berish mashinalariga qo’yiladigan agrotexnika talablari

1. Mineral o’g’it sochish bir tekis amalga oshirilishi kerak.

2. O’g’it berish normasi belgilangan normadan 5 dan ko’p bo’lmasligi kerak.

3. Qotib qolgan mineral o'g'itlarni maydalab elakdan o’tkazish kerak.

4. O’g'it sepilgandan keyin 12 soatgacha muddatda tuproqga ko’milishi kerak.

5. O’g’it sepish apparatlarining notekisligi 8% dan ko’p bo’lmasligi kerak.

6. O’g’itlar o’simlikning o’suv fazasiga mos ravishda agrotexnik muddatlarda berilishi kerak.

Tayyorlangan mineral o’g'itni NRU-0,5, MVU-0,5, l-RMG-4, RUM-8, RUM-16 rusumli mashinalar yordamida dalaga sochiladi va tuproqga ishlov berish qurollari yordamida tuproqga aralashtirib ko’miladi.


Sochish mashinalarining asosiy ishchi organlari tarelkali va markazdan qochma bo’ladi.

1-RMG-4 mineral o’g’it sochish mashinasi bir o’qli yarim tirkama bo’lib, mineral o’g’itlarni sochishga mo’ljallangan.

Suyuq o'g'itlarni dalaga chiqarish uchun ZJV-3,2, RJU-3,6, RJT-4, RJT-8, MJT-6, MJT-16 va MJT-23 rusumli mashinalardan foydalaniladi.


Bu mashinalardan gerbisidlarning ishchi eritmalari va zaharli ximikatlar, torf-gung va boshqa kompostlar tayyorlashda, suyuq materiallarni tashishda, mashinalarni yuvishda va qishloq joylarda yong'inni o’chirishda foydalanish mumkin.

Suyuq organik o’g'itlarni, organik va mineral o’g'itlarning namligi 92% dan yuqori bo’lgan aralashmasini tuproqga ko’mish uchun AVV-F-2,8 agregatni qo’llash mumkin.


Bu agregat MJT-10 mashinasi asosida yaratilgan bo’lib, orqa qismida o’g'itni tuproqga ko’mib ketuvchi moslamasi borligi bilan farq qiladi.

  O’g’it sochish apparatlari


O’g’it sochish apparatlari katta kulamdagi organik va mineral o’g’itni me`yorlab, tuproqqa ishlov berishdan oldin yer yuzasiga yoppasiga sepish uchun ishlatiladi.
Sepilgan o’g’it keyinchalik plug, kul tivator, diskli tirma kabi kurollar yordamida tuproqqa aralashtiriladi.

Mineral o’g’itni yerga solishga tayyorlaydigan mashinalar.


O’g’itni yerga solish uchun tayyorlashda qopdagi qotib qolgan mineral o’g’it, agregat bunkeriga solinadi. Tebranib turadigan ta`minlagich 2, ularni bir-biriga teskari aylanayotgan baraban 3 lar orasidagi tirqishga uzatadi.

O’g’it seyalkalarining soddalashtirilgan sxemasi ko’rsatilgan. Bunday seyalka donalangan (granulalangan) hamda kukunlangan mineral o’g’itlarni g’alla, sabzavot ekilgan va yaylov uchun ajratilgan yerlarga sepadi.

Kerakli miqdorda o’g’it sochishni ta`minlash uchun o’g’it tarnovi yoki to’kuvchi plankaning tebranish amplitudasi o’zgartirilishi lozim. Bunday mashina o’g’itni 10...11 m kenglikdagi yerga sochib beradi.

Rotorli organik o’g’it sochish apparati gorizontal o’q atrofida aylanadigan uzun rotor, baraban yoki biterlar ko’rinishida yasaladi. Ularning ustiga turli shakldagi parrak yoki kurakchalar o’rnatiladi.

Adabiyotlar:

  • A. Xamidov. Qishloq xo’jalik mashinalarini loyixalash. Toshkent, 1994
  • M.Shoumarova, T. Abdillaev. Qishloq xo’jaligi mashinalari. Toshkent, O’qituvchi, 2002.
  • M.Shoumarova, T. Abdillaev. G’alla kombayni va paxta terish mashinalari. Toshkent, 2000
  • Listopad G.E. Sel skoxozyaystvenno’e i meliorativno’e mashino’. Moskva, 1989
  • Shoumarova M, Abdillaev T. Qishloq xo’jalik mashinalari. Toshkent, O’qituvchi, 2000

Download 7.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling