J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet105/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

    Bu sahifa navigatsiya:
  • LIBOR
14.3-jadval
Foiz derivativlarining tasnifi

Moliyaviy derivativlar

To'g'ridan to'g'ri shartnoma

Opsion

Foiz svopi

Forvardlar: Forvard foiz keli- shuvlari va foiz fyu- chersi

Vanil opsionlar: foiz fyuchersiga opsion- lar, foiz kafolatlari,
< va <
lidagi shartnomalar, svopsion, obligatsi- yaga opsionlar

Ekzotik opsionlar: o'rtacha opsionlar, chegaralan- gan opsion- tar

Tarkibiy mahsu- lotlar

Forvard foiz kelishuvlari (forward rate agreement, FRA, shuningdek, ular Futures rate agreement shaklida ham uchray­ di) - hosila moliyaviy vosita hisoblanib, kelishilgan muddatga aniq foiz stavka mablag'ini bir tomon ikkinchi tomondan egal­ lashi to'g'risidagi shartnomadir. Shuningdek, u qat'iy belgilangan (fiksirlangan) va suzib yuruvchi foiz stavkali aktivlar bo'yicha to'lovlarni almashtirish to'g'risidagi shartnoma ham hisoblanadi. Hisob-kitob shartnomaning nominal summasidan kelib chiqiladi va to'lovlarni almashuv haqiqatda amalga oshirilmaydi. FRAni tuzayotganda savdolar tashkilotchisiga marjinal badallar va kafo-


lat uchun to'lovlar amalga oshirilmaydi. Shartnoma ishtirokchilari uni amalga oshirish sanasiga (settlements day) bitimda ko'rsatilgan va oldindan kelishilgan foiz stavkasining joriy qiymatidan farqli summasini to'lab berish majburiyatini oladi. Masalan, ikki tomon uch oylik FRA tuzdilar, bitim ijrosini amalga oshirish besh oy­ dan so'ng boshlanadi. Besh oy o'tgandan so'ng tomonlardan biri boshqa tomonga fiksirlangan va suzib yuruvchi (odatda LIBOR bo'yicha) foiz stavkalar o'rtasidagi farqni uch oylik hisob-kitob bo'yicha to'lab beradi. Ushbu operatsiyani mohiyatini yanada kengroq tushuntirish uchun boshqa bir misol keltiramiz. Mi­ joz A bankdan l min AQSH dollari miqdorida 6 oy muddatga kredit olgan bo'lib, unga ustama foiz dastlabki uch oyda yillik

  1. foiz, qolgan 3 oyda esa LIBOR stavka bo'yicha to'lanadi.

LI BOR stavka bo'yicha riskdan himoyalanish uchun mijoz B bank bilan yillik 9,5 foiz fiksirlangan stavkada forvard foiz kelishuvini tuzdi. Uch oydan so'ng kredit qayta baholanadi va forvard foiz kelishuvi amalga oshiriladi. Uch oydan keyin LIBOR stavka yillik IO foizni tashkil etsin, mijoz A bankka I min AQSH dollaridan IO foiz to'laydi. Lekin uning zarari forvard foiz kelishuvi orqali B bank tomonidan 9,5 foiz bo'yicha qoplab beriladi. Shunday qilib, B bank mijozga foiz farqida quyidagi summani to'lab beradi:
1000000· (IO%l ;9":%)t - 1 y = 1250 AQSH dollari
FRA davr boshida amalga oshiriladi, ya'ni 1250 AQSH dol­ lari mijoz krediti to'lovining keyingi uch oyi boshlanganda B bank tomonidan to'lab beriladi va ushbu summani mijoz 3 oyga A bankka qayta investitsiya qilishi mumkin.
FRA turli banklar orasida foiz riskni xedjirlash uchun keng qo'llaniladi. FRA ishtirokchilar o'rtasida to'g'ridan to'g'ri tu­ ziladi, faqat birjadan tashqarida foydalaniladi va ko'plab birjadan tashqari foiz derivativlari asos bo'lib xizmat qiladi.
Foiz svopi (interest rate swap, IRS) birjadan tashqari foiz de­
rivativlarining keng tarqalgan turlaridan biridir. Foiz svopi (inte-
rest rate swap, IRS) - oldindan kelishilgan shartli summadagi aniq foiz to'lovlarini almashish to'g'risidagi ikki tomon orasidagi hosila moliyaviy vosita shaklidagi bitim, shartnoma hisoblanadi. Ya'ni, har biri aniq bir summadan hisoblanuvchi turli muddatli foiz stavkalar qarz majburiyatlarini almashtirish to'g'risidagi shart­ nomadir. Svop operatsiyasi qarzdorga fiksirlangan stavkali qarzla­ rini suzuvchi stavkali qarzlarga almashtirish imkonini beradi va aksincha, ya'ni, ushbu bitimda ma'lum bir sanada bir tomon ik­ kinchi tomonning qat'iy belgilangan (fiksirlangan) foiz stavkadagi aniq summasini to'lab beradi va ikkinchi tomondan suzuvchi foiz stavkadagi (masalan, LIBOR, TIBOR, UZIBOR foiz stavkasida­ gi) to'lovlarni qabul qilib oladi. Fizik summa almashinilmaydi, faqat foiz to'lovlar o'zaro o'tkazib beriladi, ya'ni odatda amali­ yotda bunday to'lovlar o'zaro tenglashtirilib, tomonlardan biri foiz stavkalar o'rtasidagi farqni to'lab beradi. Foiz svoplari ham FRA­ lar kabi faqat birjadan tashqarida muomalada bo'ladi.
Foiz svoplari kreditlarning fiksirlangan va suzib yuruvchi stavkalari o'zaro almashtirish orqali aktiv va passiv operatsiyalar­ ni xedjirlashda foydalaniladi. Moliya bozorida foiz svoplari yuqori likvidli moliyaviy vositalardan hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida, ular bilan bog'liq spekulyativ operatsiyalarni amalga oshirishga zamin yatatib beradi.
Foiz svopi bilan bog'liq bitimlarda har bir tomon ikkinchi tomon foydasiga fiksirlangan va suzib yuruvchi foiz stavkadagi to'lovlarni belgilangan valutalarda amalga oshirish majburiyatini oladi. Fiksirlangan yoki suzib yoruvchi foiz stavkalar asosiy shartli summaga (masalan, I min AQSH dollariga) ko'paytiriladi va nati­ jalar o'zaro almashtiriladi. Asosiy shartli summa faqat almashtiri­ ladigan foiz to'lovlari miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi.
Fiksirlangan stavka (misoldagi 10 foiz) svop stavkasi hisobla­ nadi va foiz svop bitimini tuzayotganda uning sof joriy qiymati nolga teng (NPV=O) bo'ladi. Agar tomonlardan biri svop stavka­ ga qo'shimcha foiz to'lash istagi bo'lsa, unda suzuvchi stavkaga ham ushbu miqdordagi foiz qo'shiladi. Masalan, suzib yuruv-
chi «LIBOR+l» foiz stavkasi fiksirlangan 10 foizga teng bo'lsa, bir tomonning istagi 10+2 bo'lsa, suzib yuruvchi stavka ham
<Foiz svoplar birjadan tashqarida tuziladigan bitimlar hisob­ lansada, u o'z ishtirokchilarining turli ehtiyojlarini qanoatlantirib kelmoqda. Uning keng tarqalgan turlari quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi:

  • turli valutalardagi fiksirlangan foiz stavkalar almashinuvi (fixed - for - fixed);

  • bir yoki turli valutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga almashtirish (fixed - for - floating);

  • bir yoki turli valutalardagi suzib yuruvchi foiz stavkalar al­ mashinuvi (floating - for - floating).

Turli valutalardagi fiksirlangan foiz stavkalar almashinuvi (fixed - for - fixed). Ushbu foiz svop bitimi turli valutalardagi fiksirlangan foiz stavkalarni ma'lum bir muddatga o'zaro al­ mashtiradi. Masalan, siz 100 min so'mlik kreditga yillik 24 foiz ustama foiz to'lasangiz, USD/UZS = 1000 bo'lganda, ushbu svop bitimi orqali JOO ming AQSH dollariga teng kredit bo'yicha 25 foiz28 ustama haqini to'lashingiz mumkin va aksincha.
Bir valutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga almashtirish (fixed - for - floating). Tomonlardan biri ma'lum bir summadagi va muddatdagi fiksirlangan (yoki suzib yuruvchi) foiz stavkasidagi bir xii valutada bo'lgan to'lovlarini suzib yuruvchi (fiksirlangan) foiz stavkasiga almashtiradi.
Turli valutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga almashtirish (fixed - for - floating). Tomonlardan biri ma'lum bir summadagi va muddatdagi fiksirlangan (yoki suzib yuruvchi) foiz stavkasidagi turli valutalarda bo'lgan to'lovlarini



28 Bunda 25 foiz shartli ravishda olindi. Bitimda odatda, 24 va undan yuqori foiz stavkalar qo'llanilishi lozim. Chunki foiz stavkalar orasidagi farqning valu­ tadagi ifodasi tashabbuskor investordan konragentga o'tadi va uning foydasi hisoblanadi. Shuningdek, barcha svop bitimlarida odatda tashabbuskor o'z kontragentini ma'lum bir haq evaziga bitimni tuzishga undaydi.
valuta kursini hisobga olgan holda suzib yuruvchi (fiksirlangan) foiz stavkasiga almashtiradi. Masalan, siz ushbu bitim orqali 150 min so'mlik kredit bo'yicha UZIBOR stavkasida har cho­ rakda amalga oshiriladigan foiz to'lovlarni 100 ming AQSH dollarlik kredit bo'yicha yillik 12 foiz fiksirlangan stavkada har chorakda amalga oshiriladigan to'lovlarga valuta kursi USD/UZS = 1500 bo'lganda almashtirish imkoniyati mavjud. Bunda ma'lum bir belgilangan sanadagi valuta kursidan, yoki svop bitimi tuzilayotganda amalda bo'lgan valuta kursidan foy­ dalanish mumkin. Shuningdek, bitimda faqat foiz to'lovlari al­ mashtiriladi, asosiy qarz summasi esa almashtirilmaydi.
Boshqa bir misol qilib, 10 ming AQSH dollarlik kredit bo'yicha yillik 6 foizdan fiksirlangan stavkada oylik ustama to'lovlarini amalga oshiruvchi, shuningdek, 16 min so'mlik investitsiyasi­ dan UZIBOR+5 stavkada oylik daromad oluvchi kompaniyani olish mumkin. Kompaniya moliya bozorida kelajakda UZIBOR stavkaning pasayishi va USD/UZS kursining ko'tarilish ehti­ molidan o'zini himoyalash maqsadida o'z daromadlarini AQSH dollariga olishni rejalashtirgan. U o'z rejasini amalga oshirishi uchun turli valutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruv­ chi foiz stavkaga almashtirish bo'yicha svop bitimini tuzishi yetarli hisoblanadi. Natijada kompaniya UZIBOR+5 stavkada

  1. ming AQSH dollarlik kreditga oylik foiz to'lovlarini amal­ ga oshiradi va o'zining 16 min so'mlik investitsiyasidan valuta kursi va foiz stavkasi o'zgarishidan himoyalagan holda 2 foiz qo'shimcha daromadini qat'iy belgilab, fiksirlangan stavkada 8 foiz yillik daromad ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bitimda valuta kursi USD/UZS = 1600 etib belgilangan.

Bir valutalardagi suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinu­ vi (floating - for - floating). Tomonlardan biri ma'lum bir valutadagi suzib yuruvchi foiz stavkasida aniqlangan summani boshqa bir suzib yuruvchi foiz stavkasidagi summaga almashti­ radi. Bitimni tuzishda muddat, asosiy qarzning foiz to'lovlarini aniqlashda foydalaniladigan shartli summa inobatga olinadi.
Floating - for - floating svoplar bir turdagi suzib yuruvchi foiz stavka bo'yicha turli sanalarda amalga oshiriladigan foizli to'lovlar o'rtasida va biznes kunlari belgilanishidagi turli yondashuvlarni oldini olish uchun ham tuzilishi mumkin. Bu turdagi svoplar amaliyotda spekulyativ operatsiyalar uchun qo'llanilmasada, bi­ roq korxona va tashkitotlar aktivlar va passivlarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Turli valutalardagi suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinuvi (floating - for - floating). Tomonlardan biri ma'lum bir valutada­ gi suzib yuruvchi foiz stavkasida aniqlangan summani boshqa bir valutada aniqlanuvchi suzib yuruvchi foiz stavkasidagi summaga almashtiradi. Bitimni tuzishda muddat, turli valutalar o'rtasidagi kurs, asosiy qarzning foiz to'lovlarini aniqlashda foydalaniladigan shartli summa inobatga olinadi. Bu jarayonni quyidagi misollar orqali to'liq o'zlashtirish mumkin. Aytaylik, siz har chorakda 3 yil muddatga olingan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi kreditga USD LI BOR 1M suzib yuruvchi stavka bo'yicha foiz to'lovlarini amalga oshirasiz. Turli sabablar bilan siz o'z foiz to'lovlaringizni boshqa bir valutadagi suzib yuruvchi foiz stavkaga, masalan, Tl BOR 3M ga o'tkazmoqchisiz. Bunda siz turli valutalarda­ gi suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinuvi ta'minlovchi foiz svopidan foydalanib o'z rejangizni amalga oshirasiz. Albatta bunda kredit muddati va valuta kursini inobatga olasiz. Bi­ tim tuzish kunida valuta kursi yoki hisoblangan forvard kursi

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling