Transmilliy bank - jahon ssuda kapitali va moliya-kredit xiz matlari bozorida faol qatnashish imkonini beruvchi kapitalga ega yirik banklar tushuniladi.
Transmilliy korporatsiyalar - bosh kompaniya bir mamlakat kapitaliga tegishli bo'lib, filiallari esa dunyo bo'ylab tarqalib ket gan kompaniyalar.
Transmilliylashuv indeksi - TMKning xorijdagi tovar va xiz matlar ishlab chiqarishga jalb etilganlik darajasidir.
Treyderlar- moliyaviy instrumentlarning kurslari o'zgarishidan foydalangan holda bir yoki bir nechta shartnomalar asosida foyda olishni ko'zlagan jahon moliya bozori ishtirokchilari.
Transfertlar - iqtisodiy boylik, bir tomonlama tartibda ikkin chi tomon ishtirokini ta'minlash.
To'lov balansi - mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo'ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valuta tushumlari va to'lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi.
To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar (TIXI) - xorijiy kapital ning uzoq muddatli kiritilishi bo'lib, investor tashkil qilayotgan firma aksiyalari yoki aksioner kapitaliga to'la ega bo'lish yoki kamida o'n foizi xo'jalik faoliyatining ta'sirchan nazorat qilinishini ta'minlaydi. To'liq iqtisodiy integratsiya - yagona iqtisodiy siyosat yuritish, umumiy valuta va milliy boshqaruvdan yuqori tashkilotlarni joriy
etish.
To'lov sanasi - bitim bo'yicha sherik o'sha kunga qadar valutani o'tkazib berishi, ya'ni to'lovni amalga oshirishi lozim bo'lgan sana.
Uzun pozitsiya - xorijiy valutaga nisbatan kurs xatar (tavakkal)
laridan iborat talablar.
Umumiy bozor - a'zo mamlakatlar o'rtasida tovarlar, xizmat lar, ishchi kuchi va kapitalning erkin harakatini ta'minlashga eri shishga harakat qilayotgan mamlakatlar guruhi.
Umumiy pozitsiya - to'lovlarning turli muddatlari hisobga olinmaydigan sof valutaviy yoki foizli pozitsiya.
Valuta - tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalarning boshqa shakl larida ishtirok etuvchi mamlakat milliy pul birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |