J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Moliyaviy investitsiyalar


Download 1.93 Mb.
bet120/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Moliyaviy investitsiyalar - mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish bilan bog'liq bo'lgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog'ozlar orqali qo'yilmalar kiritish.
Moliya-sanoat guruhlari - ishlab chiqarish, xo'jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatlar samaradorligini ta'minlash maqsadida markaz­ lashgan boshqaruvga ega bo'lgan va o'zlarining resurslarini (ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat, nomoddiy va boshqalar) birlashtirgan ishlab chiqarish, savdo korxonalari va moliya-kredit institutlarini o'z ichiga olgan mustaqil yuridik shaxslaming integratsiyasi shakli. Nisbiy afzallik - manfaat, foyda. U tashqi savdoga a'zo mam­ lakatlaming turli mahsulotlarni sotishdan oladigan daromadlari
tushuniladi.
Neft mahsulotlari eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti (OPEK) - Xalqaro hukumatlar o'rtasida tuzilgan tashkilot. U Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari hududlaridagi neftni qazib olish va eksport qilish, ulaming narxlarini belgilash mas­ salarini amalga oshirish bo'yicha 1960-yilda tashkil etilgan.
NAFTA - 1992-yilda AQSH, Kanada va Meksika o'rtasida
tuzilgan Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasi.
Nostro hisobvarag'i A bankning korrespondentlik hisobvarag'i, B banki uni A bankining pozitsiyasidan yuritadi.
Oltin demonetizatsiyasi - oltinning pul funksiyalarini bajar­ ishdan asta-sekin mahrum etish jarayoni.
Ochiq iqtisodiyot - tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlangan, mil­ liy iqtisodiyotning nisbiy ustunliklariga tayanib, jahon xo'jaligi tizimiga integratsiyalashib boruvchi iqtisodiyot.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) - 1966-yilda tashkil etilgan bo'lib, asosiy maqsadi qit'aning rivojlanayotgan mamlakatla­ riga iqtisodiy rivojlanishda ko'maklashish, hududiy hamkorlikni rag'batlantirish, a'zo mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling