Ko'pmillatli korporatsiyalar - bosh kompaniya ikki va undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo'lib, xorijiy bo'limlari turli mam lakatlarda joylashgan korporatsiyalar.
Libor - <> tushunchasining qisqartmasi (abbre viaturasi), Londonning yetakchi banklari har kuni teng dara jadagi banklar uchun o'z valutaviy kredit stavkalarini ma'lum qiladilar.
Likvidlilik - foydalanishda (ixtiyorda) bo'lgan naqd mablag'lar va tezda pul mablag'lariga aylanadigan aktivlar.
Limitlangan topshiriqnoma (cheklangan narxli e'lon) - bitim amalga oshirilishi mumkin bo'lgan topshiriqni maksimal yoki minimal kursda valutani sotib olish yohud sotish uchun top shiriqnoma.
Lombard krediti - tijorat banklari Markaziy Bankdan o'zlarining portfelidan qimmatbaho qog'ozlarni garovga qo'yish orqali kredit olish bu lombard krediti hisoblanadi.
MERKOSUR - Janubiy Amerika umumiy bozori yoki Janu
biy konus mamlakatlari umumiy bozori.
Marja - sotib olish va sotish kurslari o'rtasidagi farq. Mijozlik bitimlarida banklararo kurslar va mijozlar bilan hisob-kitob qili nadigan kurslar hamda foiz stavkalari o'rtasidagi farqni belgilash uchun qo'llanadi.
Milliy valuta tizimi - ma'lum bir mamlakat hududida valuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga solish bilan bog'liq tadbir lar majmuasini ifodalaydi.
Mintaqaviy valuta tizimi - muayyan bir mintaqa doirasidagi mamlakatlar tashabbusiga ko'ra tashkil etilgan valuta tizimini ifodalaydi.
Minimal zaxiralar - tijorat banklari Markaziy Bankda ushlab turishlari shart bo'lgan pullar. Minimal zaxiralar darajasi Marka ziy Bank tomonidan muayyan depozit bitimlar miqdoridagi qat'iy foiz ulushida o'rnatiladi.
Milliy valutaning pariteti - milliy valuta qiymatining xori jiy valuta qiymatiga nisbati bo'lib, u hisoblanadigan ko'rsatkich hisoblanadi va milliy valuta kursini belgilash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |