J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet116/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

ASOSIY TUSHUNCHALAR


Aktiv to'Iov balansi - to'lov balansida tushumlar summasi to'lovlar summasidan ortiq bo'ladi.
Arbitrajchilar - bir vaqtning o'zida turli bozorlarda, turli narx­ lar asosida moliyaviy resursni sotib olish va sotish orqali foyda ko'radigan jahon moliya bozori ishtirokchilari.
Asean - 1967-yilda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin to­ monidan tashkil etilgan Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari as­ sotsiatsiyasi.
Autrayt forvard kursi - bitim tuzilgan kunda qayd etiladi va uning ijro kuni uchun haqiqiy.
BRIK - barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlariga, jahon iqtisodi­ yoti va savdosida katta ulushga ega Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoydan iborat mamlakatlar guruhi.
Bojxona ittifoqi - o'zaro savdodagi to'siqlarni bekor qilgan va a'zo
bo'lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari asosida umumiy tashqi savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar guruhi.
BENILYUKS - 1960-yilda Belgiya, Niderlandiya va Lyuk­ semburg o'rtasida imzolangan iqtisodiy ittifoq.
Birja - strandartlar yoki namunalar asosida savdo qilinadigan ommaviy tovarlarning muntazam ulgurji bozori yoki qimmatli qog'ozlar, oltin, chet el valutalari (fond birjasi) bozori.
Bevosita kotirovka - Milliy valuta birliklarida ifodalangan xorijiy valuta birligining narxi.
Devalvatsiya - bu milliy valuta kursining chet el valuta kur­ siga nisbatan rasman qonuniy asosda pasaytirilishi.
Deviz siyosati - bu davlat organlarining chet el valutalarini sotish yoki sotib olish orqali milliy valuta kursiga ta'sir etish si­ yosatiga aytiladi.
Devizlar - banklarning xorijdajoylashtirilgan xorijiy valutada­
gi aktivlari, shuningdek, chet elda to'lanishi lozim bo'lgan xorijiy valutadagi cheklar va veksellar.
Demping - savdo siyosatining moliyaviy metodi bo'lib, tovarni tashqi bozorga mamlakatda mavjud normal bahoga qaraganda past baholarda eksportga chiqarish.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling