J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


O'zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga


Download 1.93 Mb.
bet112/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

O'zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi

Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohala­ ridan biri bo'lib, turli mamlakatlar bilan ilmiy-texnik, madaniy aloqalarni yo'lga qo'yish ular o'rtasida diplomatik munosabat­ lar o'rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi vo­ sitadir.
Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o'rin egallash, eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur islohotlar doirasida mamlakatimizda eksport qiluv­ chilar faoliyatini rag'batlantirish uchun gator imtiyozlar yaratib berilgan. Ushbu imtiyozlar quyidagilarda namoyon bo'ladi:

  • qo'shilgan qiymat solig'iga imtiyozlar;

  • aksiz solig'iga imtiyozlar;

  • daromad solig'iga imtiyozlar;

  • mulk solig'iga imtiyozlar.

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlarni chet el valutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi, ya'ni bu eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarish­ da foydalanilgan moddiy resurslar uchun qo'shilgan qiymat solig'i summasini to'lashdan ozod etilishini anglatadi.
Quyidagilarga esa aksiz solig'i solinmaydi:

  • aksiz to'lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan akt­ siz to'lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

  • keyinchalik O'zbekiston Respublikasining bojxona hududi­ dan olib chiqib ketilishi sharti bilan <> bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqa-

rilgan qayta ishlash mahsuli bo'lgan aktsiz to'lanadigan tovarlarni topshirishga (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 230-mod­ da).
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyunda­ gi PF-2613-sonli <Farmoniga muvofiq, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi kor­ xonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni mulkchilik shaklidan qat'i nazar, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, amal­ dagi soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga mo'ljallangan raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirishga shunday imtiyozlarning rag'batlantiruvchi ta'sirini kuchaytirish maqsa­ dida, eksport qiluvchi korxonalar uchun foyda solig'i va mulk solig'ini to'lash tartibi umumiy sotish hajmida o'zi ishlab chiqar­ gan va erkin almashtiriladigan valutaga sotilgan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportidagi (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko'rsatilgan joydan qat'i nazar) ulushiga bog'liq holda quyidagicha belgilan­ gan:

  • eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo'lganida belgilangan foyda solig'i va mulk solig'i stavkalari 30 foizga ka­ maytiriladi;

  • eksport ulushi 30 va undan ko'proq foiz bo'lganida belgi­ langan foyda solig'i va mulk solig'i stavkalari 50 foizga kamayt­ iriladi.

Mazkur imtiyozlar erkin almashtiriladigan valutaga xomashyo mahsulotlari - paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qim­ matbaho, rangli va qora metallar eksport qiluvchi savdo-vosita­ chilik korxonalariga, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq qilinmaydi.
Mikrofirma va kichik korxonalar, o'zi ishlab chiqargan mah­ sulotlar eksportidan olingan xorijiy valutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod etiladi, tabiiy gaz eksporti va tranzitini amalga oshiruvchi korxonalar bundan mustasno.
lshlab chiqarish korxonalariga tovarlarini eksport qilish uchun o'z ishlab chiqarish mahsulotlarini reklama qilish va tashqi bo­ zorning marketing tadqiqotlarini olib borish maqsadida xorijda savdo uylari hamda vakolatxonalar ochishga ruxsat beriladi.
Tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug'urtalash polisini taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet eldagi korxona nomiga:

  • o'z ishlab chiqargan mahsulot ustav jamg'armasida eksport­ chining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi kor­ xona nomiga eksport qilinganda yetkazib berilishi mumkin;

  • bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab 180 kun mo­ baynida eksportchi shartnomalar (kontraktlar) asosida chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqilgan tovarlar bo'yicha valuta tushu­ m i tushishini yoxud ushbu tovarlarning O'zbekiston Respublikasi hududiga qaytarishni ta'minlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 201 l-2015-yillar davrida O'zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko'lamini chuqurlashtirish va kengaytirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish mezonlarini va baholash tizimini belgilash va amalga oshirish chora-tadbirlari Davlat dasturiga muvofiq, xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, tovarlarni elektron deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan. Mazkur hujjat loyihasi Davlat Bojxona Qo'mitasi tomonidan ish­ lab chiqilgan bo'lib, hozirgi vaqtda manfaatdor vazirlik va tashki­ lotlar tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yan­ vardagi PF-3557-sonli <> Farmoyishining bajarilishi yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi
Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilgan va Oliy Majlisga ko'rib chiqish uchun kiritilgan. Bojxona qonunchi­ ligidan foydalanishni mazkur qonun loyihasi bilan birxillashti­ rish va soddalashtirish maqsadida, amaldagi Bojxona kodeksi va O'zbekiston Respublikasining <> Qonuni birlashtirilgan hamda xalqaro norma va standartlar bilan muvofiqlashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgust­ dagi PQ-1604-son «Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbir­ lari to'g'risida>> Qaroriga muvofiq, tovarlarni eksport qilishda to'lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlarining amaldagiga qaraganda o'rtacha 2 marotabaga kamaytirishni nazarda tutuvchi yangi stavkalari tasdiqlangan.
Mazkur Qarorga muvofiq belgilanganki, 2011-yilning 1-ok­ tabridan boshlab tovarlar, ishlar va xizmatlarni eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun davlat bojxona xizmati organlarida eksport kontraktlarini hisobga qo'yish tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bevosita bojxona postlari­ da amalga oshiriladi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlan­ gan ro'yxatga muvofiq xomashyo tovarlari eksportidan tashqari). Shunday qilib, 2011-yil l-oktabrdan boshlab, eksport qiluvchi korxonalar uchun bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiya qilish, sertifikatlashtirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati va tovar­ larning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qatnashadigan boshqa tashkilotlar faoliyatining bir vaqtning o'zida amalga oshirilishini ta'minlaydigan <> tamoyili asosida mexanizmi faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, mazkur Qarorga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tovarlarini eksport qilishga ix­ tisoslashtirilgan «O'ztadbirkoreksport,> tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilgan va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgi­ langan:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ularning tovarlarini to'g'ridan to'g'ri eksport qilish shartnomalari bo'yicha, shuningdek, xorijda tashkil etiladigan savdo uylari orqali sotishda ko'maklashish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulot­ larini eksport qilishga doir amaldagi shartnomalar garovi asosi­ dan eksportdan oldingi moliyalashtirishni tashkil etish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari buyurt­ malariga ko'ra respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni yetkazib berish;

  • eksport mahsulotlarini sertifikatlashtirishda kichik biznes korxonalariga ko'maklashish, reklama tadbirlarini o'tkazish, xalqaro yarmarkalar va ko'rgazmalarni tashkil etish va qatna­ shish, manfaatdor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekt­ larini axborot va maslahat xizmatlari bilan ta'minlash.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-av­ gustdagi PQ-1604-sonli <«Birjadan tashqari valuta bozorini yanada rivojlantirish va mus­ tahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida» 2000-yil 29-iyunda­ gi 245-sonli Qarori 5-bandiga o'zgartirishlar kiritilgan va bu chet el valuta tushumi tushishini kechiktirgan eksport qiluvchi tashkilotlarga jarima sanksiyalarini yengillashtirishni nazarda tutadi. Jumladan, chet eldan valuta tushumi tushishining bel­ gilangan muddatlari o'tgandan keyin 30 bank kunidan ko'proq muddatga kechikishiga yo'l qo'ygan eksportchiga (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun - 60 bank kuni) nisbatan soliq organlari tomonidan quyidagi sanksiyalar qo'llaniladi:

  • valuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kun­ gacha kechikkanda - tushmagan valuta mablag'lari summasiga nisbatan IO foiz ekvivalentda;

  • valuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda - tushmagan valuta mablag'lari sum­ masiga nisbatan 20 foiz ekvivalentda;

  • valuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda - tushmagan valuta mablag'lari summasiga nisbatan qo'shimcha ravishda 70 foiz ekvivalentda;

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-de­ kabrdagi PF-4399-sonli «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartishlar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g' risida►> Farmoniga mu­ vofiq tovuq go'shtini eksport qilishni taqiqlash bekor qilingan.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-sonli <gi Qaroriga muvofiq, ma­ halliy tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalarga qu­ yidagi huquqlar beriladi:

  • xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy dav­ latlar hukumatlari, boshqa norezidentlar mablag'lari hisobidan O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan loyiha­ Iar bo'yicha xalqaro tenderlarda xorijiy qatnashchilar bilan teng sharoitlarda, jumladan ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga chet el valutasida shartnomalar tuzgan holda ishtirok etish;

  • O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tu­ tilgan o'zida ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga to'g'ridan to'g'ri bitimlar shartida norezidentlar bilan xorijiy valutada shartnomalar tuzish.

Belgilanadiki, mazkur bandda ko'rsatilgan shartnomalar faqat xizmat ko'rsatayotgan vakolatli bankda hisobga qo'yilgan va eksport qiluvchi korxonalardek soliq imtiyozlari berilgan holda eksport shartnomalariga tenglashtiriladi.
Bunda, mazkur Qarorga binoan belgilab qo'yilganki, 2012- yil 1-apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarish­ larni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valuta kredit­ lari bo'yicha asosiy qarzni qaytarishga joriy to'lovlar bo'yicha yo'naJtiriladigan valuta tushumi qismini vakolatli banklarga maj­ buriy sotishdan asosiy qarz batamom to'lab bo'linadigan mud­ datga qadar ozod qili nadi.
Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o'tkazish, shuningdek, laboratoriya testlari va sinovlarini o'tkazish kom­ plekslarini xarid qilishga yo'naltiriladigan mablag'larga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to'lovi bo'yicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tatbiq etilsin.
Mazkur qarorga binoan tijorat banklariga eksport operatsi­ yalari bo'yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirishning chek­ langan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport operatsiyalari bo'yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish tavsiya etilsin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-sonli «lshbilarmonlik muhitini yanada tubdan yax­ shilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tad­ birlari to'g'risida,>gi Farmoniga muvofiq, 2012-yilning 1-avgus­ tidan boshlab, tadbirkorlik faoliyati (shuningdek, eksportchilar) uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga yo'naltirilgan aniq me'yor va chora-tadbirlar joriy qilingan. Mazkur Farmonga bi­ noan, qonunchilikni takomillashtirish va ishbilarmonlik muhi­ tini yanada tubdan yaxshilashga hamda tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga yo'naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha 2013-2014-yillarda joriy etilgan kompleks chora-tadbir­ lar Dasturi tasdiqlangan.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan tashqi savdo siyosatining oqilona tarzda yuritilayotganligi tashqi iqtisodiy aloqalarning
jadal sur'atlarda rivojlanishini ta'minlamoqda. Ushbu barqaror rivojlanish sur'atlarini ta'minlash mamlakatimizning xalqaro moliya munosabatlari tizimida munosib o'rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.


    1. Download 1.93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling