J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor


Download 1.93 Mb.
bet111/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo'nalishlari

Keyingi yillarda O'zbekistonning xalqaro hamjamiyatda hamda iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei oshib bormoqda. Bunda davlatimiz hukumati tomonidan mamlakatni ijtimoiy­ iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo'llarining aniq va to'g'ri ko'rsatib berilganligi bu yo'ldagi yu­ tuq hamda marralarning salmoqli bo'lishiga imkoniyat yarat­ moqda.
Ma'lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojla­ nishining muhim vositasi bo'lib hisoblanadi. U mamlakatning jahon hamjamiyatiga bo'lgan aloqasini ifodalab, uning istiqbo­ lini belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali mam­ lakat ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishi­ ga erishiladi. Mamlakat eksporti hamda importining qiymati o'rtasidagi farq, ya'ni saldo tashqi iqtisodiy faoliyat samarador­ ligining muhim iqtisodiy ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich milliy daromad darajasiga ko'p tomonlama ta'sir eta­ di. Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli o'zgarish ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda mam­ lakatimizda keskin raqobatlashuv sharoitida ishlab chiqarilayot­ gan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo'lishi va mustahkam o'rin egallashi uchun bir gator chora-tad­ birlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o'rnini qoplash va eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Mazkur dasturning maqsadi, mav-
jud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to'liq va sarnarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport hajmining barqaror o'sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yara­ tishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo'nalishlarga keng jalb qilish, ularga kafo­ lat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faol iyatn i takomillashtirish va rivojlantirishda quyidagilarni ustuvor yo'nalishlar sifatida keltirish mumkin:

  • Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni shakllan­ tirish;

  • eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ish­ lash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo'shma kor­ xonalarni rivojlantirish zarur. Eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo'llash bilan bir qatorda importning salmog'ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o'tkazish, o'zimiz ishlab chiqarishimiz mumkin bo'lgan tovarlar va mahsu­ lotlarning chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib bo­ rish talab qilinadi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo'jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o'rnatishda, o'z mahsulotini chet ellarda sotishda ko'proq erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmun­ cha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko'zlab siyosat o'tkazish;

  • xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amalga oshirilayot­ gan sanoat loyihalarning bir-biriga bog'liqligini ta'minlash, ular o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish hamkorlik va in­ fratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o'rnini bosuvchi va eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirishga erishish;

  • olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya siyo­ satini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy hududlarda, balki chekka tumanlarda ham yirik sanoat obyektlari qurishni keng yo'lga qo'yish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini ixtisos­ lashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug'urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos ke­ ladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujud­ ga keltirish;

  • xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hi­ sob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo'nalishlarini izchil tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjami­ yatida munosib o'rin egallashiga imkon beradi.
O'zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlanti­ rish bo'yicha yaqin kelajakka mo'Ijallangan strategiyasining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, eksportni rag'batlantirish uchun avvalo, barqa­ ror makroiqtisodiy sharoit yaratish, inflyatsiya sur'atini prognoz darajasida ushlab turish, valuta almashtirish kurslarining keskin tebranishlariga yo'l qo'ymaslik;
ikkinchidan, xo'jalik yurituvchi subyektlarning mulk shakli­ dan qat'i nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish uchun bir xii imkoniyatga ega bo'lishlarini ta'minlash;
uchinchidan, yetuk mutaxassislarni tayyorlash va qayta tay­ yorlash borasidagi islohotlarni davom ettirish;
to'rtinchidan, eksport salohiyatini rag'batlantirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarida yuqori texnologiyalardan foydala­ nish ko'lamini kengaytirish;
beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish.


    1. Download 1.93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling